Tibbiyot Oliy o'quv yurtlari uchun o'quv adabiyoti


SURUNKALI VIRUSLI GEPATITLAR



Download 8,52 Mb.
bet198/225
Sana14.01.2022
Hajmi8,52 Mb.
#364323
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   225
Bog'liq
Tasdiqlayman

SURUNKALI VIRUSLI GEPATITLAR

Bu kasallik, klinik turg’un gepatosplenomegaliya, giperfermentemiya va disproteinemiya, ko’pincha progredient, progressirlanuvchi kechishga ega, ba'zida sirroz shakllanishigacha olib keladigan jigardagi uzoq davom etuvchi (6 oydan ko’proq) distrofik, proliferativ, yalliglanishli jarayo’n.

Surunkali virusli gepatitlar - pediatriyaning eng dolzarb ijtimoiy-tibbiy muammosi. Bu erta bolalik yoshida ular shakllanishining ancha oshishi, samarali terapiya yo’qligi va bashoratining oldindan aniqlanmasligi bilan bog’liq. Yer sharida virusli gepatitga chalingan 300 mln. bemor bor.

Jigar surunkali kasalliklari osish sababi va etiologik strukturasi dunyoning turli regionlarida har xildir. Ular xilma-xil ekologik vaziyat, ovqatlanish xakrateri, gastrointestinal infeksion va boshqa kasalliklarning yuqori tarqalganligi, lekin birinchi navbatda virusli gepatit bilan bog’langan.

O’zbekistonda surunkali virusli gepatit tarqalishi haqida aniq ma'lumo’tlar hozirgi vaqtgacha yo’q..

Erta bolalik yoshida surunkali gepatit ko’pgina qo’llarda NVU va Virusli gepatit S bilan etiologik bog’liq. Hozirgi vaqtga 7 ta virusli gepatitni: A, V, S, delta, Ye, O, F identifikasiyalovchi sezgir serologik testlar ishlab chihilgan. Ularning yuhish yollari korsatilgan: A va Ye viruslari mavjud bemorlarda oral-fekal va V, delta, S, Q, R lar uchun parenteral. Jigardagi jarayo’n surunkali bo’lishiga patogenezining xilma-xilligi aniqlangan. Surunkali virusli gepatit shakllanishi asosan organizmga V gepatiti virusi tushishida sodir bo’lishiga korsatilgan. V gepatit virusi sito’toksik emasligi aniqlangan.



Patogenezi. Surunkali virusli gepatit V da jigarning asosiy shikastlanishi elementi bo’lib gepatositlarning virusning immunokompo’tent tizimlari bilan ozaro aloqasi hisoblanadi. V gepatiti virusi persistensiyasi xojayin organizmi adekvat immun javobi yo’qligi, interferogenezning keskin pasayishi bilan bog’liq. Virusli gepatit V ning "nuqsonli" viruslari - DNK nukleo’tid ketma-ketiligi bilan farqlanuvchi mutantlar ma'lum bo’ldi, ular odam organizmiga oso’ngina kirib oladi va immun eliminasiyaga kuchsiz uchraydi. Mutantlar interferon bilan davolanishga yomon ta'sirchan. V gepatiti virusidan oqsil determinantlari bilan farq hiluvchi delta virus defektli hisoblanadi, sababi uning replikasiyasi uchun V gepatit virusi bo’lishiga zaruriydir. Delta virus V gepatit virusi bilan umumiy yuza antigeniga ega RNK-genomidan tashkil topgan. V gepatit virusi va delta virus assosiasiyalanishi ularning patogenetik po’tensiallanishiga olib keladi. Jarayonning surunkaliga o’tish xavfi kuchayadi. V- va delta infeksiyaning organizmga bir vaqtda yo’ki ketma-ket tushishiga bog’liq ravishda jigar surunkali kasalliklari kechishining turli varintlari: koinfeksiya va superinfeksiya aniqlanadi. Delta superinfeksisida V gepatit replikasiyasi bosilishi ahamiyatga ega, sababi uning antigeni defektli delta virus tomonidan o’zining replikasiyasi uchun ishlatiladi. Delta superinfeksiyada patogenetik mexanizmlarning kombinasiyasi aniqlanadi: autoimmun reaksiyalar va togri sitopatogen ta'sirlar orin oladi. Klinik delta-superinfeksiya ko’pincha ikki bosqichli gepatit bilan namoyon bo’ladi, bunda kasallikning birinchi avjga chiqqan payti gepatit V ga togri keladi, ikkinchisi esa - delta infeksiya qo’sqilishiga, shu bilan birga koinfeksiyada, ya'ni gepatit V va delta viruslarining organizmga bir vaqtda tushishida sitopatogen samara ustun keladi, autoimmun komponent esa ifodalanmagan.

Gepatit S ning klinik va morfologik xususiyatlari batafsil o’rganilgan. S virusining qondagi konsentrasiyasi past. O’tkir gepatit S, odatda latent kechishi aniqlangan, 5-10 yildan keyin esa surunkali gepatit aniqlanadi. Shunga bog’liq holda gepatit S "yo’qimli qo’til" deb nomlangan. Ko’pgina tadqiqo’tchilar, bemorlarning ko’pchiligida (60-75%) o’tkir gepatit S surunkali gepatit shakllanishi bilan tugashini tasdiqlashadi, 29% da esa - jigar sirrozi. V+D, V+S, V+D+S gepatitlarining koinfeksiyasi kasallik kechishini og’irlashtiradi. Demak, virusli etiologiyali surunkali jigar kasalliklari shakllari rivojlanishi V virusli gepatitning delta infeksiya yuilan birga kelishida yo’ki virusli gepatit S aniqlanganda sodir bo’ladi.



Tasnifi. 1994 y. bir guruh amaerika tadqiqotchilari gepatit S ning yangi virusini ajratishdi, u A ham, V ham, S ham emas o’tkir va surunkali gepatitda, ko’pincha V va S virusli gepatitlar birga kelishida, shuningdek xavf guruhi shaxslarida (narkomanlar va ko’p gemo’transfuziya oluvchi shaxslarda) aniqlanadi.

Shunday qilib, fandagi taraqqiyo’t ancha darajadagi etiologik yangi tasnif shakllanishiga imqon berdi. Surunkali gepatitning quyidagi shakllari farqlanadi.

1. Uni chaqirgan virus (V, delta, S, O, R) ko’rsatilgan yoki virus identifikasiya qilinmagan deb atalgan surunkali gepatit.

2. Autoimmun gepatit. Bu shakl immunitetning gumoral zanjiri giperproduksiyasi: gipergammaglobulinemiya, giperimmunoglobulinemiya, silliq

mushaklarga autoantitanachalar, antiyadroli tanachalar paydo bo’lishiga bilan assosiirlanadi. Autoimmun gepatitda gepatitlar virusi serologik markerlari bo’lmaydi. Bu shakllar asosan ayollarda, bolalik yoshida esa pubertant yoshidagi qizlarda uchraydi. "Surunkali autoimmun gepatit" termini tavsiya qilinmagan.


  1. Dori bilan indusirlangan surunkali gepatit.

Faolligi bo’yicha faolmas gepatit va 3 darajadagi:

a)minimal;

b) o’rtamiyona;

v) ifodalangan faollik farqlanadi.

Faollik darajasini baholash asosida morfologik o’zgarishlar ifodalanganligini aniqlash yotadi;

a) ko’priksimon nekrozlar mavjud periportal nekroz;

b)bo’lakchalar ichi degenerasiyasi;

b) portal traktdagi yallig’lanish.

Minimal darajada periportal zinasimon nekrozlar periportal zonalar bilan cheklangan, faqat portal traktlarning qisman shikastlanishi kuzatiladi, ifodalangan faollikda nekrozlar bolakchalar ichiga kiradi, qosqilib ketgan ko’priksimon nekrozlar paydo bo’ladi.

AlAT me'yoriy sathining 3 gacha oshishi jarayon faolligini minimal, 10 gacha bo’lsa – o’rtamiyona, 10 dan ko’p bo’lsa - ifodalangan faollik deb harashga imqon beradi.

Tasnifda fibrozlanish jarayonlarining ifodlanganligi va tarqalganligi: kuchsiz ifodalangan, ortamiyona va ifodalangan fibroz, bolakcha strukturasi buzilishi va jigar sirrozi shakllanishi bo’yicha kasallik bosqichini baholash kozda tutilgan.

Shunday qilib, yangi tasnifda "surunkali faol gepatit" va "surunkali persistirlovchi gepatit" tashxislari yo’q. Zamonaviy tasnifda surunkali persistirlovchi gepatit termini "minimal yo’ki o’rtamiyona darajada ifodalangan surunkali virusli gepatit" bilan, surunkali faol gepatit esa autoimmun gepatit yo’ki keskin ifodalangan yo’ki o’rtamiyona darajadagi surunkali virusli gepatit bilan almashtiriladi.




Download 8,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   225




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish