SURUNKALI NOSPESIFIK ENTEROKOLIT
Surunkali nospesifik enterokolit (SNEK) - ingichka va yo’qon ichak shilliq qavatining yallig’lanish-distrofik zararlanishi. Bolalarda SNEK tarqalishi hazm qilish organlari barcha kasalliklari orasida 27%ni tashkil etadi. Bolalarda ingichka va yOo’qon ichak zararlanishi ko’pincha birga keladi. Faqat ingichka ichakning zararlanishi "surunkali enterit", yo’qon ichakning zararlanishi esa -"surunkali kolit" deb ataladi.
Etiologiyasi. SNEK - polietiologik kasallik bo’lib, uning kelib chiqishida ekzogen omillar muhim rol o’ynaydi:
1) choziluvchan ichak infeksiyalari, asosan hayotining birinchi yilida otkazilgan bo’lsa, yo’ki noadekvat terapiya natijasida ichak infeksiyalarining kam simptomli kechishi;
2) uzoq parazitar ichak invaziyasi, asosan lyamblioz;
3) ovqat allergiyasi;
4) uzoq muddatda ba'zi dorilarni nazoratsiz qo’llash (salisilatlar, indometasin, kortikosteroidlar, immunodepressantlar, antibiotiklar);
5) toksik moddalar ta'siri (margumish, rux, fosfor), ionizasiyalashgan radiasiya;
6) immunotanqislik holatlar.
Patogenezi. SNEK patogenezida quyidagilar muhim ahamiyatga ega:
1) ichak shilliq qavatining yalliglanish - distrofik o’zgarishlari bilan kechuvchi immunologik himoyaning umumiy va mahalliy
zvenolarining buzilishi;
2) ichak disbakteriozi, mikroflora sifati va miqdoriy tarkibining o’zgarishi;
3) ichak asosiy funksiyasi buzilishi natijasida hazm qilish va so’rilishning buzilishi.
Tasnifi
Kelib chiqishiga ko’ra
|
Og’irlik darajasiga ko’ra
|
Davrlariga ko’ra
|
Kechishiga ko’ra
|
Morfologik
o’zgarishlar
|
Birlamchi
ikkilamchi
|
engil
o’rta og’ir
og’ir
|
Xuruj davri
Subremissiya
Remissiya
|
Monoton
Residivlanuvchi
Toxtovsiz
residivlanuvchi
Latent
|
yallig’lanishli
Atrofik
(I, II, III -dara-jali)
|
Klinik ko’rinishi. Bunda hazm qilish va sorilishning buzilishi bilan xarakterlanuvchi enteral turi hamda og’riq va dispeptik simptomlar
bilan
kechuvchi kolitik sindromlar ajratiladi.
Og’riq kindik atrofida, qorinning orta qismida, yoki butun qorin bo’ylab joylashadi:
1) intensiv, xurujsimon yo’ki monoton;
2) haddan tashhari ko’p ovqat yeganda, ovqat tarkibida yһqlar, shirinliklar ko’p bo’lsa ogriq kuchayadi.Surunkali enteritda qorinning dam bo’lishiga, mezogastral sohada yengil ogriq kuzatiladi. Surunkali enterit uchun Obrazsov simptomi xarakterlidir.
Surunkali kolitda ogriq jarayonning lokalizasiyasi va tarqalishiga bog’liq. Surunkali kolit uchun imperativ (bosh) chaqiruvlar va tenezmlar (ogriqli cha?iruvlar) xos. Defekasiyadan so’ng, gazlar ajralishidan keyin ogriqning kamayishi xarakterli, lekin ko’p qo’llarda ichakning to’liq boshamaganligi kuzatiladi.
SNEKda dispeptik buzilishlar meteorizm va diareya bilan xarakterlanadi.Surunkali enteritda najas ko’p miqdorda, botqasimon, ba'zida ko’kimtir va hazm bo’lmagan ovqat qoldiqlari bilan kuzatiladi, badboy hidli bo’ladi. Defekasiyaga chaqiruvlar ovqat vaqtida yoki ovqatdan keyin 15-20 min otgandan keyin kuzatiladi va kuchli ich ?uldirashi, qorinda og’riq bilan kechadi. Ich kelishi kuniga 5-6 marta. Surunkali enteritda ko’programmada steatoreya ustunlik qiladi (yo’q kislotalar va ishqorlar), ba'zida yodofil flora aniqlanadi.Surunkali kolit avj olish davri uchun najasnikuniga 3-5 martagacha kam miqdorda kelishi xarakterli, lekin qabziyat bilan ichketishning almashinishi xam kuzatiladi. Najas shilimshiq aralash bo’ladi. Ba'zida (eroziv jarayonda) najasda qon topiladi. Surunkali kolitning remissiya davriga qabziyat bo’lishiga xos. qorinni paypaslab korilganda, ingichka ichakda ogriq va ?uldirash aniqlanadi, ba'zida spazmga uchragan sohalar paypaslanadi. Ko’programmada - shilliq, leykositlar, eritrositlar aniqlanadi.Umumiy enteral sindromda trofik buzilishlar, moddalar almashinuvi buzilishi, poligipovitaminoz kuzatiladi. Tana vazni tanqisligi SNEK og’irlik darajasiga bog’liq. SNEKning og’ir shakllari uchun anemiya, asosan, temir sorilishining buzilishiga bog’liq bo’lgan (gipoxrom), ba'zida - oqsil va vitamin V12, folat kislotasi, V6 tanqisligi, qon yo’qo’tish kuzatiladi.
Tashqisi. SNEKni tashqislash kliniko-anamnestik ma'lumotlarga, ko’prologik, gistologik va rentgenologik tekshiruvlar natijalariga asoslangan.
Differensial tashqis. SNEKda differensial tashqis ingichka ichak kasalliklari, malabsorbsiya sindromi, yogon ichak diskineziyasi, disbakterioz bilan o’tkaziladi. Seliakiya bilan differensial tashqis o’tkazish murakkabroq hisoblanadi. Agar najasda qon topilsa, nospesifik yarali kolit, Kron kasalligi, o’tkir dizenteriya, kampilobakterioz, amebiaz va balantidiaz, ichak tuberkulezi, ichak polipozi, anorektal yoriqlar bilan differensial tashqis o’tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |