Medikamentoz terapiya. Xelikobakter infeksiya borligiga harab turli antibakterial dori vositalari taynlanadi. Ushbu mikroorganizmni bartaraf qilish "eradikasiya" deb ataladi. Gastroenterologlar tavsiyasi bo’yicha NR eradikasiyasi gastroduodenal yaralarda infeksiya aniqlangan hollarda ham qo’zish davrida, ham remissiya davrida, shuningdek atrofik gastritli bemorlarda qat'iy muharrardir. Antixelikobakter terapiya yarasiz dispepsiyalarda; nospesifik yalliglanishga harshi dorilar qollanilganda; uzoq vaqt antisekretor dorilar qabul qilingan reflyuks-ezofagitda; yara kasalligi asoratlarini operativ davolashdan keyin tavsiya etiladi. Ko’pincha bolalarda kuzatiladigan simptomsiz kechgan holatlarda, gastroenterologik bo’lmagan kasalliklar qoshilib kelganda (o’pka patologiyasi, allergik kasalliklar, endokrin tizimi patologiyalari) ham antixelikobakter terapiya belgilanadi.
Hozirgi vaqtda bolalarda va kattalarda H.pylori ni davolashning standart sxemasi (protokoli) ishlab chihilgan:
Bir haftalik uchlik terapiya "protonli pompa" ingibitorlarini (omeprazol) metronidazol va klaritromisin; yoki amoksisillini va klaritromisin; yoki amoksisillin va metronidazol bilan birga qollash.Bir haftalik uchlik terapiya vismut dori vositalarini tetrasiklin va metronidazol yoki tinidazol bilan birga qollash.
Bir haftalik "kvadro"- terapiya: omeprazol+vismut vositasi tetrasiklin va metronidazol yo’ki tinidazol bilan birga. Davolashdan keyin bir yildan so’ng bakteriyalarning paydo bo’lishiga qayta infisirlanish deb baholanadi va NR eradikasiyasi uchun yangitdan terapiya boshlanadi. Antixelikobakter terapiyani tayinlashda ichak mikroflorasini tekshirish va antibakterial davolash vaqtida hamda undan keyin biopreparatlar tayinlash majburiydir. Nr infeksiyasining oilaviy xususiyatini hisobga olgan holda terapiya kurslarini bemor bola bilan birga yashovchi barcha harindoshlariga tayinlash kerak. Yaraga harshi terapiyaning ikkinchi muhim komponenti antasidlarni va antisekretor dori vositalarini tanlash hisoblanadi. Oshqozonning kislota hosil qilish funksiyasining oshgan va saqlangan vaziyatlarida maaloks, almagel, fosfalyugel ishlatiladi. Ranitidin, famotidinni qollash samarali. Bu dorilar bazal kislota hosil bo’lishigani 12-24 soatgacha bloklaydi. Bolalar gastroenterologlari orasida "proton pompa" ingibitorlari dori vositalari borgan sari ommalashmoqda, ular fermentni bloklash hisobiga vodorod ionlari transportiga ta'sir qiladi (omeprazol, pantoprazol, lansoprazol). Terapiya kompleksiga M-xolinolitiklar guruhi dori vositalari - gastrosepin ham qosqiladi. Bu dorilar shilliqning ?imoya xossalarini oshiradi va gastrinning shikastlovchi ta'sirini pasaytiradi. Duodenal tarkibning oshqozo’nga tushishi bo’lganda enterosorbentlar: enterosgel, smekta, xolestiramin, faollashtirilgan komir ishlatiladi. OITning togri peristaltikasini tiklash maqsadida motilium qo’llaniladi. Yara kasalligini davolashning bazis terapiyasidan biri sukralfat (venter) hisoblanadi, u oshqozon va o’n ikki barmoq ichak shilliq qavati xossalarini tiklaydi. Kolloid vismut dori vositalari (de-nol, ventrisol, bismofalk va boshq.) yarali defekt mavjud bo’lganda pediatriyada keng qollaniladi.
Simptomatik sifatida protektor dori vositalari: solkoseril, aktovegin ishlatiladi. Ammo bu dorilar buzoq qonidan olinishi sababli, hozirgi vaqtda ularning qollanilishiga doir harashlar ensefalopatiya epidemiyasi (mol quturishi) xavfi sababli qayta korib chihilmoqda. Yondosh kasalliklar mavjudligiga harab qo’shimcha medikamentoz dori vositalari qo’llaniladi. Reabilitasiya bosqichida fizioterapiya, ignali refleksoterapiya, fitoterapiya, gomeopatik dori vositalari qo’llaniladi
Do'stlaringiz bilan baham: |