Tibbiyot Oliy o'quv yurtlari uchun o'quv adabiyoti



Download 8,52 Mb.
bet186/225
Sana14.01.2022
Hajmi8,52 Mb.
#364323
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   225
Bog'liq
Tasdiqlayman

YuRA ning oligoartikulyar varianti

A) antinuklear omili mavjud kichik tip, RO siz va iridosiklit rivojlanishi yuqori xavfi bilan. Boshqacha "kichkina qizlar kasalligi" deb ataladi (sababi bir necha oydan 3 yoshgacha bo’lgan yoshda paydo bo’ladi). Klinik korinishi: asosan, bo’ldir-tovon va tizza bo’g’imlari zararlanadi, boshqa bo’g’imlar shikastlanishi kam uchraydi; 30-50% bemorlarda iridosiklit rivojlanadi. Artrit yaxshi sifatli kechadi, tos-son bo’g’imlari va tos kamari, odatda zararlanmagan, sakroilet ham xos emas. Qoldiq oftalmologik o’zgarishlar (shu jumladan kozi ojizlik) 10-20% bemorlarda kuzatiladi.

V) HLA B27 gistomoslik antigeni mavjud kichik tip, RO siz va iridosiklit rivojlanishi yuqori xavfi bilan. Bu guruhda oyog yirik bo’g’imlari - tizza, tos-son va dumgaza-yonbosh zararlanishi bor maktab yoshidagi o’g’il bolalar ko’pchilikni tashkil etadi. Periferik artrit, odatda yaxshi sifatli kechadi va ko’pincha tranzitor xususiyatga ega. Shu bilan birga, vaqti-vaqti bilan tos-son bo’g’imlarida va oyoq kaftidagi og’riqlar bag’oyat ifodalangan bo’ladi.

O’tkir iridosiklit 5-10% bemorlarda paydo bo’ladi. Zarur bo’lsa xlamidiy infeksiyasini, psoriazni istisno qilish kerak. YuRA ning tizimli variantlari

qisman bemorlarda bo’g’im sindromi klinik korinishida isitma, revmatoid toshma, gepatosplenomegaliya, limfadenopatiya, poliserozit, giperleykositoz, anemiya, mialgiya, artralgiya ustun keladi. Bu holat revmatoid hodisa sifatida baholanishi mumkin (Vissler-Fanqoni psevdosepsisi), uning keyinchalik YuRA ga transformasiyasi yuzaga kelishi mumkin. Isitma intermittirlanuvchi xususiyatga ega, har kuni yoki kuniga ikki mahal tana harorati 39,5°S gacha va undan ko’p ortadi, keyin tezda me'yoriy yoki subnormal sathgacha pasayadi.Revmatoid toshma o’ziga xos korinish va otkinchi qaytalanuvchi xususiyatlariga ega. Ayrim elementlari och pushti-qizil rangli, uncha katta bo’lmagan olchamdagi makulalar. Makula markazida ko’pincha ancha rangpar tusdagi zona aniqlanadi; keng toshmalar aralashgan xususiyatga ega bo’lishiga mumkin.

Ko’pincha toshma tanada va oyo’q-qo’llarning proksimal bo’limlarida paydo bo’lishiga mumkin, lekin tananing turli bo’limlarida, shuningdek qo’l va oyog’ kaft yuzalarida ham joylashishi kuzatiladi. Odatda toshma febril davrda vujudga keladi, lekin teri travmasi, issiqlik ta'siri va hatto emosiyalarda paydo bo’lishiga mumkin.YuRAning tizimli ko'rinishi odatda bir nechta oylar davomida spontan yo’qoladii, lekin ba'zida qaytalanishi mumkin. Tizimli YuRA mavjud bolalar ahvoli oxir-Oqibat artrit bilan aniqlanadi, u ba'zi bemorlarda surunkali kechish xususiyatiga ega va kasallikning umumiy belgilari yo’qolishi bilan persistesiyalanadi.YuRA ni davolash

quyidagi davolash maqsadga muvofiq: bazis terapiyaning erta boshlanishi, nosteroid yalliglanishga harshi dorilar (NYahD), sinovit holatida glyukokortikoidlarni (GK) bo’g’im ichiga yuborish, yalliglanishga harshi malham va gellar bilan mahalliy terapiya, massaj, DFK, reabilitasion tadbirlar.

Bazis terapiya dorilarini qollash chizmasi:

Metotreksat - 7,5-10 mg/m2/hafta. Davolash kursi 2 yildan kam emas. Gepatotoksik ta'sir qilishi mumkin. Plakvenil - tana vazni >33 kg bo’lganda 6,5 mg/kg/. Davolash kursi uzoq vaqtli. Asosiy nojoya ta'siri - retinopatiyalar rivojlanishi. Sulfasalazin - 30-40 mg/kg/ (dozani hisoblab belgilanganigacha oshirib borish zarur). Davolash kursi uzoq muddatli. Gepatotoksik ta'sir qilishi va sitopeniya (asosan leyko’peniyani) chaqirishi mumkin. NPVP qo’llash chizmasi:

Voltaren - kuniga 2-3 mg/kg dan. Asosiy nojoya ta'siri - oshqozon-ichak trakti shilliq qavati yaralari. Gastrosko’piya nazorati ostida ko’p yillar qabul qilish mumkin. Brufen (ibuprofen) - kuniga 30-40 mg/kg dan uzoq vaqt mobaynida (bir nechta oydan bir nechta yilgacha). Gepatotoksik ta'sir qilishi mumkin. Naproksen (naprosin) - kuniga 10-20 mg/kg dan uzoq vaqt mobaynida (bir necha oydan yillargacha). Faqat 10 yoshdan katta bolalarga tayinlash mumkin. Flugalin (flurbiprofen) - kuniga 5 mg/kg dan 2-3 oy. Kamro’q aspirin qollaniladi - kuniga 60-80 mg/kg dan, lekin kuniga 2,5-3,0 g dan ko’p emas. Davolash kursi 2-3 oy. YuRA ning tizimli variantlarini davolash

Davolash maqsadi - tizimli o’zgarishlarni, bo’g’im sindromini va inerkurrentinfeksiyani yo’qo’tish. Buning uchun quyidagilar qo'llaniladi:

1) past dozalarda metilprednizolon bilan puls-terapiya (tezda yalliglanishga harshi samaraga erishishi uchun). Dori dozasi - 5-10 mg/kg; kiritish soni har kuni 1 dan 5 gacha yoki kunora mioperikardit, isitma, pnevmonit, vaskulit, poliserozit ifodalanganligiga bog’liq holda;

2) vena ichiga yuborish uchun immunoglobulin (yo’rdamchi va "yumshoq" samaraga erishish). Dori dozasi - 0,3-1 g/kg bitta kursga; har kuni yoki kun ora;

3) antibiotiklar (tizimli korinishlarda, neytrofilli chapga siljish leykositozda, faol interkurrent infeksiyalarda). Keng spektrli dorilar maqsadga muvofiq (aminoglikozidlar - amikasin, uchinchi va to'rtinich avloddagi sefalosporinlar), ular 7-10 kun vena ichiga yoki muskul ichiga tayinlanadi; dori dozasi bemor yoshiga mos holda belgilanadi;

4) metiprednizolonni yoki disprosanni bo’g’im ichiga yuborish (ekssudat, ogriq sindromi va funksiya buzilishi mavjud bo’lganda bo’g’im sindromini bartaraf qilish, metilprednizolonli puls-terapiyaning yalliglanishga harshi samarasini uzaytirish imqonini beradi). Yirik bo’g’imlarga kiritishda dorilar dozasi - 1,0 ml; orta boimlarga - 0,5-0,7 ml; kaftning mayda bo’g’imlarga - 0,1-0,2 ml. har bir bo’g’imga GK 1-3 oyda bir martadan ko’p bo’lmagan holda yuboriladi;

5) peroral GK lar (metilprednizolonli puls-terapiya, GK larni bo’g’im ichiga kiritishning, vena ichiga yuboriladigan immunoglobulinli terapiya samarasizligida) kuniga 0,2-0,3 mg/kg dozada, lekin kuniga 0,5 mg/kg dan ko’p emas; qabul qilish davomiyligi 1 yildan ortiq emas. Peroral GK larni, ularning og’ir nojo’ya ta'sirlarini hisobga olgan holda YuRA ni uzoq vaqt davolash uchun birinchi qatordagi dori vositalari sifatida ishlatish maqsadga muvofiq emas;

6) NYaQD - eng xavfsiz vasamaralisi - voltaren, kuniga 2-3 mg/kg dozalarda; YuRA ning poliartrit va tizimli shakli mavjud RO bor bemorlarda bo’g’imlar funsiyasiga nisbatan bashorat eng yomon. Umuman olganda bashorat ijobiy.

Eng kamida 75% bemorlarda oxir-oqibat bo’g’imlarning turg’un shakl buzilishi yo’ki funksiyasi yo’qolishi kuzatilmaydigan uzoq vaqtli remissiya boshlanadi.


Download 8,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   225




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish