MITRAL STENOZ (chap atrioventrikulyar teshik stenozi)
Chap atrioventrikulyar teshik torayishi qonning chap bo’lmachadan chap qorinchaga tushishiga tosqinlik qiladi. Bo’lmacha ichi bosimi oshadi, bu bir tomondan o’pka venalari retrograd bosim ortishiga, ya'ni venoz gipertenziyaga, boshqa tomondan - o’pkadagi arteriolalarning reflektor torayishiga olib keladi
(Kitaev refleksi). O’pka gipertenziyasi rivojlanishi yurakning o’ng bo’limlari gipertrofiya va dilatasiyasiga olib keladi va uch tavaqali klapanning nisbatan yetishmovchligini yuzaga chiharadi. Natijada katta qon aylanish doirasida dekompensasiya rivojlanadi. Klinik manzarasi. Bjshlang’ich, yo’ki "auskultativ" bosqichida sub'ektiv simptomlar kuzatilmaydi, yurak o’lchamlari ozgarmagan. Auskultasiyada tovush hodisalarining tipik kompleksi aniqlanadi: yurak chu?hisida presistolik kattalashuvchi diastolik shovqin, harsillovchi I ton, o’pka arteriyasi ustida II ton aksenti va ikkilanishi, uni "mitral stenoz ohangi" deb atashadi. Yurak cho’qqisida mitral klapan ochilishi "chiqillashi" eshitiladi, u I va II tonlar bilan birga "bedana maromi" kabi ohangni beradi. Stenoz progressirlashuvi bilan birga hansirash, tez charchash, yurak sohasidagi ogriqlarga shikoyatlar yuzaga kela boshlaydi. O’pka shishi xurujlari bo’lishiga mumkin. Nuqsonning ancha kech shaklida yurak chegaralari yuqori va o’ng tomo’nga siljiydi. Yurak cho’qqisi sohasida diastolik titrash belgisi paydo bo’ladi.
FKG da Q - I intervali kattalashishi kuzatiladi, katta ahamiyat II ton - "chihillashi"ni aniqlashga haratiladi (II-QS), uning qisqa bo’lib qolishi stenoz progresslanganligi haqida dalolat beradi. EKGda miokard gipertrofiyasi belgilari yo’q. Keyinchalik chap bo’lmacha gipertrofiyasi kuzatiladi, so’ngra o’ng bo’limlar gipertrofiyasi ham. Rentgenogrammada chap bo’lmachaning, qizilo’ngachni 6 sm li radius bo’yicha qiyshaytirgan holatda kengayishi va o’ng qorincha kengayishi ko’rinadi. Yurak belchasining o’pka arteriyasi va chap bo’lmacha qul’qchasi bo’rtishi hisobiga tekislanganligi xosdir. Shuningdek, o’pka gipertenziyasi belgilari: ildiz kengayishlari, ular qonturlari aniqligi, o’pka arteriyasi kengaygan qismlarining birdan uzilish belgilari (ildiz "amputasiyasi" simptomi), periferiyada rasm kamayishi, kamdan-kam hollarda Kerli chiziqlari aniqlanadi.
Klinik manzarasi: kombinirlangan mitral nuqsonlar klinikasi stenoz yoki yetishmovchilik belgilariga bog’liq. Stenoz ustunligi bo’lganda nuqson asosiy korinishi chap atrioventrikulyar teshik torayishiga bog’liq. Yetishmovchilik ustunlikga ega mitral nuqsonda birinchi planga mitral etishmovchilikka xos simptomatika chiqadi. Ko’pincha yetishmovchilik va stenoz birdek darajada rivojlangan bo’ladi, u holda stenoz yoki etishmovchilikning aniq ustunligi mitral nuqson haqida soz yuritiladi.Davolash. Mitral stenoz va kombinirlangan mitral nuqsonlar xirurgik yol bilan davolanadi. Mitral stenozda komissurotomiya, kombinirlangan nuqsonlarda - protezlash yoki mitral klapan anuloplastikasi amalga oshiriladi. Operasiya nuqsonning III-IV bosqichlarida korsatilgan (Bakulev va Damir bo’yicha).
Do'stlaringiz bilan baham: |