Nazorat savollar
Operatsiyadan keyingi davr to’g’risida tushuncha.
Operatsiyadan keyingi davrda bemor bolalarni parvarishlash qoidalari qanday?
Operatsiyadan keyingi davrda bemor bolalarni kuzatish.
Operatsiyadan keyingi yarani parvalishlash qoidalari qanday?
Kolostomiyani parvarishlash qoidalari qanday?
Tsistostomiyani parvarishlash qoidalari qanday?
OPERATSIYADAN KEYINGI DAVRDA BEMORLARNI OVQATLANTIRISH CHORA - TADBIRLARI, OVQAT TARQATISH VA OVQATLANTIRISH USULLARI
Xirurgik bemorlarni to’laqonli, sifatli ovqatlanishi davolanishda asosiy rol o’ynaydi. Ovqatlanishni to’laqonli bo’lmasligi jaroxat bitishini qiyinlashtiradi va shifoxona ichi infeksiyasiga qarshi kurash kiyin kechishiga sababchi bo’ladi. Sifatli va vitaminga boy ovqat ratsioni operatsiyadan keyingi paytda organizmni infeksiyaga tolerantligini va immunitetini oshiradi. Xirurgik bemorlarni to’laqonli, sifatli ovqatlantirishni turini tashkil qilish xar bir shifokorni burchidir. Xirurgik bemorlarni to’laqonli ovqatlantirish organizmning energetik va plastik ehtiyojini oshiradi. Bunday ovqatlantirish kasallik paytida organizmni energiya sarfini to’laqonlik bilan to’ldiradi. Organizmni ovqatga kunlik talabi solishtirilsa, sutka davomida oqsil 13-17%, yog’ 30-35%, uglevodlar 50-55% ni tashkil etadi. Kasallikni turiga qarab ovqatlanish ratsionini va ovqatlantirish yo’li tanlaniladi. Organizimga 2 xil yo’l bilan ovqat yetkazib berish yo’li bor - tabiiy va sun’iy. Shifokor tabiiy ovqatlanishda ovqatlanish dietasini va ovqat stol nomerini belgilaydi. Ovqatlantirish dieta stolini jahonda bir xil N.I.Pevzner bo’yicha 15ta nomerlari bor. Bu dieta nomerlari xar biri o’z tarkibiga, uni pishirish turiga, energiya va vitaminga boyligiga qarab, organizmga singishiga va qarshi kursatmasiga qarab beriladi. Bir xil xirurgik operatsiyalardan keyin va bir qancha kasalliklarda tabiiy yo’l bilan ovqatlantirish ilojisi bo’lmaydi, shu payt sun’iy ovqatlantiriladi: enteral (zond orqali yoki stoma orqali) yo’l; parenteral yo’l va aralash yo’l bilan ovqatlantirish.
Enteral (zond orqali) ovqatlantirish – oshqazon yoki ingichka ichakga qo’yilgan zond naycha orqali ovqatantirish tushuniladi. Zond bilan ovqatlantirishni xirurgik kasalliklarda ko’rsatma: bosh miya travmasi bilan hushidan ketganda; og’ir intoksikatsiya paytida; og’iz bo’shlig’ida, hiqildoqda va qizilo’ngachda to’sqinlik bo’lganda (o’smalar va chandiqli kuyishlar, torayishlar). Organizimda (sepsis, kuyish kasalligi va ko’p travmalarda) katabolizm mexanizmi oshganda; hamma anoreksiyalarda.
Zond bilan oqatlantirilganda suyuq ovqatlar (sut, bulyonlar, soklar), aralash yengil hazm bo’ladigan (quritilgan sut, shakar, kraxmal) yoki maydalangan (go’sht, baliq, tvorogdan) tashkil topadi. Zond kuyish imkoni bo’lmaganda (qizlo’ngach o’smalarida) oshqozonga gastrostomiya qo’yiladi. Sun’iy yasalgan oshqazon teshigidan (gastrostoma) trubka orqali ovqatlantiriladi. Gastrostomadan operatsiyaning ikkinchi kunlaridan suyuq ovqat ko’rinishida ovqatlantiriladi. Xar 2- 3 soat ichida 100-150 ml gastrostomaga trubka qo’yib Jane shpritsida yoki varonka orqali yuboriladi. Ovqatlantirgandan so’ng trubkani suvda yuviladi va trubkaga qisqich qo’yiladi. 5-7 kun o’tgandan so’ng ovqatlar kasha ko’rinishda 400-500 ml 4-5 martagacha ovqatlantiriladi.
Operatsiyadan keyingi davrda asosan organizmdan yo’qotilgan oqsillar, elektrolitlar va metobolizmni korreksiya qilish yotadi. Organizm qabul qilyotgan ozuqadan kaloriyani xisoblash uchun kam miqdorda dekstroza ishlatiladi, bemorda giperglikemiya bo’lmasligi uchun yog’larni, triglitsiridlarni va yog’ kislotalarni beriladi. Operatsiya paytida va abdominal og’ir operatsiyalarida OITga har xil yo’l bilan ovqatlantiriladi (gastrostomiya va entrostomiya).
Do'stlaringiz bilan baham: |