Balg‘am
Balg‘am (lot. sputum) deb yo‘tal vaqtida patologiyasi o‘zgargan traxeya, bronx va o‘pka shilliq qavatida ajraladigan sekretsiyaning so‘lak va shuningdek burun bo‘shlig‘i shilliq qavati va burun atrofi bo‘shlig‘ining sekretsiya aralashmasiga aytiladi.
Balg‘am xususiyatlari - miqdori, rangi, hidi, konsistensiyasi (suyuq, quruq, yopishqoq), tarkibi(qon, yiring va boshqa aralashmalar) kasalliklarga va boshqa laboratoriya va instrumental tekshirish usullari natijalariga bog‘liq bo’lib, nafas olish tizimi va boshqa organlar kasalliklarini diagnostikasida katta ahamiyatga ega.
Balg‘amning sutkalik miqdori - surunkali bronxitda bir necha millilitrdan , bronxoektatik kasalliklar, o‘pka absessini bronxga qarab yorilishi, o‘pka gangrenasida 1-1.5 l.gacha etishi mumkin.
Balg‘amni xarakteriga ko’ra kuyidagi ko‘rinishlari mavjud:
SHilliqli balg‘am (sputum mucosum) - rangsiz, tiniq, yopishqoq, deyarli hujayra qoldiqlari bo‘lmaydigan balg‘am.
Seroz balg‘am (sputum serosum) – o‘pka shishida ajraladigan suyuq ko‘pikli balg‘am.
Yiringli balg‘am (sputum purulentum) - o‘zida yiring saqlaydigan balg‘am (o‘ziga xos, xususan o’pka absessini bronx bo’shlig’iga yorilishi natijasida ).
CHirigan balg‘am (sputum putridum) – chirindi xidi keladigan yiringli balg‘am.
Qonli balg‘am (sputum sanguinolentum) – o‘zida qon aralashlarini saqlaydigan balg‘am (masalan, o‘pka rakida nafas yo‘llarining biridan qon ketishi).
"Zangli" balg‘am (sputum rubiginosum) - balg‘am kon aralash, zang rangida bo‘ladi bu tarkibida gemoglabin bo‘lishi natijasida yuzaga keladi (masalan, pnevmoniyada, silda paydo bo‘ladi).
Marjonsimon balg‘am - balg‘am tarkibida yumaloq ulanish,
atipik hujayralar va detritdan tashkil topgan (masalan, yassi to‘qimali bronx rakida kuzatiladi).
Detrit (lot. detritus – eyilib ketgan) - to‘qimalarning parchalangan mahsuloti.
Uch qavatli balg‘am – balg‘am ko‘p miqdorda, yiringli, himoyalangan uchta qatlam bo‘lib ajraladigan balg‘am : yuqoridagisi - kulrang ko‘pikli, o‘rtadagisi - sersuv tiniq, pastdagisi - kir kulrang-yashil rangda, yiring va nekrozga uchragan to‘qima qoldiqlarini o‘z ichiga oladi (o‘pka gangrenasida kuzatiladi).
Balg‘am borligida tibbiyot hamshirasi tozalikga rioya qilishi va tupikdonni o‘z vaqtidagi bo‘shatishni ta’minlash lozim. Bemor muntazam drenaj holatida turishini kuzatish zarur, masalan, Kvinke holatida, kunda bir necha marotaba har 20-30 min.da balg‘am ko‘chishiga imkoniyat beradi. Bu muolajani postural drenaj deb aytiladi.
Kvinke holati (Genrix Kvinke, Quincke H., 1842-1922, nemis terapevti) – bemor krovatda oyoqni pastki qismini ko‘tarib yotish holati.
Postural drenaj (lot. positura - holat; frans. drainage - quritish) – bemorni drenaj qilish holatini berish, qachonki suyuqlik (balg‘am) og‘irlik kuchi ta’sirida oqadi.
Bemorga drenaj holatini berish
Maqsad:balg’am ajralishini yengillashtirish( bronxit, o'pka abstsessi, bronxoektaz va boshqalarda )
Tayyorgarlik tartibi: balg'am uchun idishni(tupikdon) uning 1/3 hajmiga xloramin B to’ldirib)bemorga oson bo’lishi uchun bemorning yoniga qo’ying
Variant-1
Bemorning orqasi bilan yotgan holatida uni tana o’qida 3600 ga doimiy aylantirib turish kerak
Bemorni har 450 ga burganda bemordan chuqur nafas olishi so’raladi va yo’tal tutganda unga yaxshilab yo’talishi so’raladi.
Jarayonni 3-6 marta takrorlash kerak.
2-variant (ibodat qiluvchi musulmonning holati):
- Bemordan tiz cho'kish va oldinga egilishini so'raladi (tizza-tirsak holatini olish).
- Bemorga buni 6-8 marta takrorlashi so’raladi, 1 daqiqaga tanaffus qilib, so'ng yana 6-8 marta takrorlanadi (6 sikldan oshmasligi kerak).
Bemorga kuniga 5-6 marta buyurilgan ushbu amaliyotga amal qiling.
• 3-variant:
Bemorga 6-8 marta navbat bilan (o'ngda yoki chap tomonida yotib) boshini va qo’lini yotoqdan osiltirib qo'yishi (yotoq ostidagi oyoq kiyimni qidirish holati) tushuntiriladi. Bemor ushbu muolajani kunda 5-6 marta bajarishi kerak.
Variant 4 (Kvinke holati):
Bemor yotgan krovatning pastki oyoq qismi bosh tomoniga nisbatan 20-30 sm balandlikka ko’tariladi.
Ushbu muolaja bir necha bor 20-30daqiqa bajariladi va orasida 10-15 daqiqa dam olinadi.
Postural drenajlash jarayonining oxirida bemorga qulay vaziyatni olishga yordam beriladi, balg’amni va tupikdonni dezinfektsiyalanadi va muolajani bajarilganligini hamda bemorning muolajaga reaksiyasini kasallik tarixiga kiritiladi.
Agar balg'am biron bir drenajlash holatida ajralmasa , ularni qo'llash samarasiz.
Ko'krak qafasi sohasidagi qon va limfa sirkulyasiyasini yaxshilash uchun bemorlarga uning massaji ko’rsatiladi va o’pka ventilyatsiyasini yaxshilash uchun – nafas gimnastikasi buyuriladi. Shuningdek, bemor bor joyda kuniga kamida 4 marotaba xonani ventilyatsiya qilish va 18-22 °C atrofida havo haroratini saqlab turish kerak. Bemorni shifokorning retseptlariga rioya qilishini kuzatib borish kerak. Antibiotiklar va sulfanamidlarni qabul qilishda bemorda buyrak toshlarini shakllanishiga yo'l qo'ymaslik uchun yetarli miqdorda ko’proq suyuqlik berilishi kerak
Atrofdagilarni kasallanishini oldini olish maqsadida hamshira bemorga balg'am bilan tog’ri munosabatda bo’lishni tushuntirishi kerak:
• sog'lom odamlar yaqinida yo’talmaslik.
•yo'tal paytida qo'li yoki ro'molcha bilan og'zingizni yopish kerak.
• yerga balg’amni tupurmaslik,chunki u balg’am qurib chang bilan birga ko’tarilib atrofdagilarni zararlashi mumkin. Singapurda bu tog’risida qonun qabul qilingan,ya’ni ko’chada yoki xonada tupurgan odamlarga nisbatan 500 $ jarima solinadi.
Balg’amni maxsus usti mahkam yopqichli tupikdonga yeg’ish zarur, uning tubida 0,5% xloramin B bo’lishi shart.
Balg’amni har doim kuzatib borish,har kungi miqdorini qog’ozga yozish zarur.Tupikdonni xloramin B bilan dezinfeksiya qilish kerak.Sil kasalligi bilan kasallangan bemorlar balg’amini yoqiladi yoki kanalizatsiyaga zararsizlantirilgandan so’ng oqizib yuboriladi. Balg’amni vizual tekshirib boriladi, agar qon paydo bo’lsa zudlik bilan shifokorga xabar beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |