Ko`krak qafasi organlari rentgenoskopiyasi
Ko`krak qafasi organlari rentgenoskopiyasi-nafas organlari
kasalliklari va yurak qon-tomir tizimi kasalliklari bilan og`rigan
bemorlarni tekshirish ahamiyatga ega.
Nafas sistemasi tekshiruvi
Rentgenoskopiya va rentgenografiya- nafas sistemasini
tekshirishda ko`p qo`llaniladigan usullardir. Rentgenologik
tekshiruv o`pka to`qimasini baholash, unda zichlashish qismini
aniqlash, plevra bo`shlig`ida suyuqlik yoki havo borligini
aniqlash imkonini beradi. Bemorni maxsus tayyorlash talab
qilinmaydi. Tekshiruv tikka turgan holda bajariladi, agar bemor
ahvoli yomon bo`lsa yotgan holatda bajariladi
Do'stlaringiz bilan baham: |