Ixtiyorsiz defekatsiya odatda defekatsiyani idora etuvchi
nerv tizimi zararlanganda turli kasalliklarda, bemor hushini
yo’qotganda, (miyaga qon quyilganda) yuzaga keladi. Najas
tutaolmaslik mahalliy yallig’lanishda, to’g’ri ichak sfinkterining
kuchli travmalarida kuzatilishi ham mumkin. Najasini tuta
olmaydiga bemorlar alohida palataga yotqiziladi. Bunday
bemorlarni ovqat ratsioni yuqori kaloriyali va oson so’riluvchi
bo’lishi kerak. Har ertalab bemorlarga tozalowchi klizma
qilinadi. Najas tuta olmaydigan bemorlar maxsus rezinali
tuvakka o’tirishi yoki maxsus jihozlangan krovatda yotishi
zarur. Bunday bemorlar tanasi tozaligiga alohida e’tibor berilishi
zarur. Tez-tez bemor belyolari almashtirib turishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |