136
1. Bemorga oyoqlarini osiltirib, qulay holatni yaratishda
yordam bering.
2. Kislorod ingalyasiyasini boshlang.
3. Qo’l-oyoqlarga jgut qo’yish yaxshi natija beradi, lekin
jgut faqat vena qon tomirlarni qisib, arteriyalarda puls sezilib
turishligini esda tutish lozim.
4. Jgutlarni oyoq-qo’llardan baravar yechish mumkin emas.
Belgi. Nafas yo’llarida yot jism
Nafas yo’llarining to’silib qolishi to’liq yoki qisman
bo’ladi. Qisman to’silib qolishda, agar bemor hushidan
ketmagan bo’lsa, unda yo’tal va nafas olish oralig’ida shovqinli
nafas paydo bo’ladi.
Nafas olish yo’llari to’silib qolganda birinchi yordam
(bir-biriga yordam berish)
1. Panjangizni musht qiling.
2. Mushtni qorinning yuqori qismiga to’sh suyagidan
pastroqda joylashtiring.
3. Mushtni ikkinchi qo’lingiz bilan ushlab, tepaga tezlik
bilan turting.
4. Oldinga egilib, ko’rsatilgan sohaga chetlari uchli
bo’lmagan qattiq predmet bilan bosish mumkin (stul orqasi,
panjara bilan).
Ogohlantirish:
1. Yot jismni yo’tal yordamida chiqarib tashlashda
bemorga halal berish mumkin emas; yo’tal — bu og’iz orqali
nafas chiqarishni kuchaytiradigan himoya reflektor akt.
2. Agar yo’tal bir necha daqiqa davom etsa, shoshilinch
ravishda yordam chaqiring.
3. Bemorning o’zini yolg’iz qoldirmang, unga dalda bering,
bemordan yo’talishni davom ettirishni so’rang.
4. Nafas yo’llari to’liq to’silib qolganda, bemor gapira
olmaydi, nafas ololmaydi va yo’tala olmaydi. Odatda bemor
o’ziga xos harakat qiladi: qo’li bo’ynini jon-jahdi bilan o’rab
137
oladi. Sizning vazifangiz — nafas yo’llarini tezlik bilan
tozalash.
Nafas yo’llari to’silib qolganda qorin turtkilari usuli bilan
birinchi yordam (bemor hushini yo’qotmagan)
1. Birorta odamni tezlik bilan yordamga chaqiring.
2. Zarar ko’rganning orqasiga turing.
3. Qo’lingizni uning beli atrofida chirmashtiring.
4. Panjangizni musht qilib, zarar ko’rganning qornining
tepa qismiga marham bosing (epigastral sohasi).
5. Mushtingizni ikkinchi qo’lingiz bilan ushlab oling.
6. Mushtingizni tepaga ildam turtki bilan qoringa bosib
kirgizing.
7. Turtkilarni nafas yo’llari ochilguncha yoki zarar ko’rgan
hushidan ketguncha davom ettiring.
Ortiqcha vaznli bemorlar va homilador ayollarning nafas
yo’llari to’silib qolganda ko’krak turtkilari bilan birinchi
yordam ko’rsatish (bemor hushini yo’qotmagan)
1. Birorta odamni tezlik bilan yordamga chaqiring.
2. Zarar ko’rganning orqasida turib, kaftingizni uning
qo’ltig’i tagiga va ko’krak qafasi atrofiga joylashtiring.
3. Qo’lingizni musht qilib, mush-tingizni to’sh suyagining
o’rta qismiga joylashtiring.
4. Mushtingizni ikkinchi qo’lingiz bilan ushlab oling.
5. Turtkilarni ko’krak qafasiga nafas yo’llari ochilguncha
yoki zarar ko’rgan hushidan ketguncha davom ettiring.
Do'stlaringiz bilan baham: