121
O’pka yalliglanishi (zotiljam)
Zotiljam (pnevmoniya) — pnevmokokk stafilokokk yoki
gripp virusi, shuningdek boshqa infeksiya qo’zg’atadigan o’tkir
yuqumli kasallik. Qo’zg’atuvchi mikroorganizm burun-
halqumda bo’ladi, lekin o’zining hayot faoliyati mahsuloti —
toksinni qonga ajratib chiqaradi, bu esa organizmning
zaxarlanish va o’pka, yurak-tomir va asab tizimining
zararlanishiga olib keladi. O’pka yalliglanishi krupoz va
o’choqli bo’ladi.
Krupoz
pnevmoniyani
Frenkel
pnevmokokklari,
stafilokokklar, gripp virusi q’o’zg’atadi. Kasallikning yuzaga
kelish
va
rivojlanishiga
odamning
qattiq
sovqotishi,
organizmning
kasallikka
qarshi
kurashish
qobiliyatini
susaytiruvchi omillar, quvvatsizlik sabab buladi. Ushbu
kasallikda o’pkaning butun bir bo’lagi zararlanadi va jarayonga
plevra (o’pkani o’rab turuvchi parda) jalb qilinadi, shu sababli
kasallik plevropnevmoniya deb ataladi. Krupoz pnevmoniya
to’satdan boshlanadi.
Belgilar:
- qattiq et uvushish;
- haroratning 38—40°C gacha tez ko’tarilishi;
- ko’krak qafasida kuchli og’riqlar;
- quvvatsizlik bosh og’rig’i, ishtaha pasayishi;
- yuz, ayniqsa lab va burun qanotlarining qizarishi;
- ongning xiralanishi, alahlash;
- harakatli qo’zgalishlar (bemorlar yotgan o’rinlaridan
sakrab turadilar, xonadan yugurib chiqishlari yoki o’zlarini
derazadan pastga tashlashlari mumkin);
- nafas qisishi (yuzaki nafas olish);
- zang tusidagi balgamli yo’tal;
- nafas olishda ko’krak qafasida og’riqlar paydo bo’ladi,
shu sababli bemor og’riyotgan tomonini avaylab, kamroq nafas
olishga harakat qiladi va og’riyotgan tomonini bosib yotadi;
- pulsning tezlashuvi, to’liqsizligi;
122
- oz mikdordagi to’q rangli, quyuq siydik.
- tez-tez yo’talish yoki ko’krakdagi qattiq og’riq sababli
uyqu buziladi, notinch va uzuq-yuluq bo’ladi;
- lablar ko’karadi, oyoq-qo’llar sovuq bo’ladi.
Bir necha soat davom etgan badan uvushishi isitma bilan
almashadi. Yo’tal avval quruq, xurujsimon, og’riqli, ozgina
balg’am bilan; balg’am miqdori ko’payishi bilan yo’tal bir oz
yengillashadi. Teri ushlab ko’rilganda issiq va quruq bo’ladi.
Nafas olish yuzaki, og’riqdan uzuq-uzuq qisqa bo’ladi. Nafas
olish tezligi og’riq, isitmaning jadalligi, intoksikatsiya
darajasiga
bog’liq
bo’ladi,
puls
tezlashgan,
tarang.
Pnevmoniyada me’da-ichak trakti ham zararlanadi. Ishtaha
yo’qoladi, chanqash, qusish, ichning dam bo’lishi (meteorizm),
qabziyat paydo bo’ladi.
Davolanmasdan, harorat 7 yoki 9 kunda tez, keskin, 40°C
dan 35°C gacha tushadi, arterial bosim keskin tushadi, puls
ipsimon, yopishoq sovuq ter bilan qoplangan teri qoplamasi
oqargan bo’ladi. Qattiq terlash kuzatiladi. Krupoz pnevmoniya
bilan og’rigan bemorlarni shoshilinch ravishda kasalxonaga
yotqizish zarur.
Shoshilinch yordam ko’rsatilmasa, tomir tonusi keskin
tushib ketishi sababli o’lim yuz berishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: