Simptom. Burun qonashi
Burun qonashi ko’pincha burunning shilliq qavati
shikastlanganda, aksirish, tumovda paydo bo’ladi yoki qon
kasalligi, gipertoniya, jigar sirrozi kechishini qiyinlashtiradi.
Qon ko’p ketganda qon og’iz bo’shlig’iga tushib, qisman yutib
yuboriladi, natijada qon qusish va qatronsimon najas paydo
bo’lishi mumkin. Qon ketishi o’tkir kamqonlik belgilari paydo
bo’lishiga (bosh aylanishi, chanqash, rang oqarishi, puls
tezlashuvi), qon nafas olish yo’llarining aspiratsiyasiga olib
kelishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |