Muolaja. Burun bo’shlig’ni yuvish
Po’stloqlar ko’p va shilliq qavat quruq bo’lganda, burunni
nam usul bilan tozalash lozim. Yuvish uchun suv yoki sust
dezinfekasiyalovchi
eritmalar
(furasilin,
borat
kislota)
ishlatiladi; foydalanishdan avval uni tana haroratigacha isitish
zarur. Eritma burun bo’shlig’iga pulverizator yordamida
purkaladi, burun bo’shlig’iga oz miqdordagi suyuqlikni quyish
mumkin. Quyilgan suyuklik og’iz orqali to’kiladi va bemorning
qo’lidagi lotokka yig’iladi. Burunni yuvib bo’lgandan so’ng,
bemor burunning bir tomonini yopib, burunni qoqishi lozim;
burunni ikki tomondan bir vaqtning o’zida qoqish mumkin
emas, chunki infeksiya burundan eshitish nayi orqali o’rta
quloqda tushishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |