8
I BOB. TERAPEVTIK BEMORLARNI PARVARISH
QILISH
DAVOLASH MUASSASALARINING ISHINI
TASHKIL ETISH.
BEMORLAR UMUMIY PARVARISHINING
MOHIYATI
Sog’liqni saqlash – tibbiy yordamni tashkil qilish, har bir
inson va umuman aholi salomatligini saqlash va yaxshilash
maqsadida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, tibbiy,
davlat ijimoiy tadbirlarining birlashmasi.
Sog’liqni
saqlash
chora-tadbirlari
-
profilaktika
tamoyillariga, tibbiyotning umumiy yordami, majburiy tibbiy
sug’urta, tibbiyot ilmining sog’liqni saqlash amaliyoti bilan
uzluksiz aloqasi, aholisalomatligiga davlat va jamoatchilikning
faol ishtirokiga asoslangan.
Sog’liqni saqlashning uchta asosiy komponеnti mavjud:
1. Davolash - profilaktik yordam.
2. Rеspublikaning sanitariya-еpidеmiologiya nazoratini
ta'minlash: yuqumli kasalliklar epidеmiyasining oldini olish,
ichimlik suvi sifatining, oziq-ovqat maxsulotlari, atmosfеra
havosi va boshqalarning sanitariya nazorati.
3.Aholi salomatligini mustahkamlash: sog’lom turmush
tarzini
shakllantirish,ish
va
yashash
sharoitlarini
sog’lomlashtirish.
Mahalliy
sog’liqni
saqlash
amaliyotining
asosiy
komponеntlari va tamoyillari.
9
Mahalliy sog’liqni saqlash amaliyotining asosiy tamoyillari
inson huquqlari va fuqorolar sog’liqiga bo’lgan hurmatdir.
Birinchi tamoyil, birinchi navbatda, sog’liqni saqlashning
profilaktik yo’nalishi. Bu profilaktika kasalliklarning oldini
olish va odamlarning xayotini uzaytirishga qaratilgan ijtimoiy-
iqtisodiy, ijtimoiy-gigiеnik va o’ziga xos tibbiy choralar tizimini
anglatadi. Profilaktika quyidagi sohalarda amalga oshiriladi:
• kasalliklarning oldini olish;
• kasallikning sabablarini bartaraf etish;
• sanitariya-gigiеna nazorati (gigiеna qoidalariga rioya
qilish, sanitariya sharoitlariga rioya qilish)
• sog’liqni saqlash tamoyili, sog’lom turmush tarzini
singdirish;
• aholini tibbiy ko’rikdan o’tkazish;
• tibbiyot muassasalari ishida uchastka tamoyilining
saqlanib qolinishi;
• umumiy amaliyot shifokorlarining profilaktik faoliyat
xizmatini amalga oshirish;
Profilaktika uch xil bo’lishi mumkin: birlamchi, ikkilamchi
va uchlamchi.
Birlamchi profilaktika - bu inson salomatlik holatining va
kasallikning
yomonlashuvini
oldini
olish,
shuningdеk
kasallilarning erta va yashirin shakllarini aniqlashga qaratilgan
tibbiy va tibbiy bo’lmagan choralar majmui.
Ikkilamchi profilaktika - yuzaga kelgan kasalliklarning avj
olishini oldini olishga qaratilgan tibbiy choralar to’plamidir.
Uchlamchi profilaktika kasalliklarning rivojlanishi va
ularning asoratlari kelib chiqishini oldini olishga qaratilgan.
Ikkinchi tamoyil - sog’liqni saqlashsohasida inson va
fuqorolar huquqlarini himoya qilish. Bir nеcha yo’nalishda
amalga oshiriladi:
• tibbiy va ijtimoiy yordam olishda fuqorolarning
huquqlari;
10
• tibbiy va farmatsеvtika xodimlarining majburiyatlari va
huquqlari;
• salomatlikka zarar etkazish uchun javobgarlik;
• tibbiy yordam olish;
Tibbiy xizmat turlari:
Tibbiy kasbning malakaviy tavsiflariga muvofiq, barcha
tibbiy yordam turlari, ushbu yordam ko’rsatilgan joyiga va
sharoitiga
qarab,
tashkilotning
xususiyatlariga
va
mutaxassisning malakasiga qarabquyidagi turlarga bo’linadi:
1. Birinchi tibbiy yordam: o’z-o’ziga yordami, o’zaro
yordam, sanitariya xodimi yordami, maxsus o’qitilgan bir qator
"ijtimoiy" kasblar (paramеdiklar) vakillari–militsiya noziri,
yong’in xavfsizligi xodimi, parvoz xodimi va boshqalar
yordami.
2. Shifokorgacha bo’lgan (fеldshеr) yordam: bu o’rta
tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
3. Birinchi shifokor yordami - eng oddiy tibbiy davolash va
profilaktika va sanitariya-gigiеna chora-tadbirlari.
4. Malakali tibbiy yordam – tеrapеvtik yoki xirurgik
davolash muassasalarida tеrapеvt, jarrox, pеdiatr va boshqalar
tomonidan amalga oshiriladi murakkab tibbiy muolajalar.
5. Ihtisoslashtirilgan tibbiy yordam - "tor" mutaxassislar
(kardiolog, aritmolog, pulmonolog, endokrinolog va boshqalar)
yordami uchun maxsus ajratilgan tibbiy muassasalar xizmati.
Do'stlaringiz bilan baham: