Tibbyot xodimining OIV-infeksiya va kommunaktiv
kompetentligi
OIV-infeksiya – bu kassallik bo’lib, inson hulqi bilan
bog’liq. Epedemik holatni o’zgartirish uchun, bu kasallikka
nisbatan insonni hulqini yaxshi tomonga o’zgartirish lozim
bo’ladi. Birinchi navbatda tibbiyot xodimlari hulqini o’zgartirish
kerak. OIV/OITS ni muavffaqiyatli profilaktikasi uchun tibbiyot
xodimlaridan har kunlik kun tartibida to’xtamasdan, takror va
takror OIV-infeksiyasi to’g’risida to’g’ri maslahatlar berishligi
lozim bo’ladi. Tibbiyot xodimi bilan bemor orasidagi ishonch bu
tibbiy yordam berish asosi bo’lishi kerak. Eng kerakligi shuki,
psixologik yaxshi muhit hosil qilish, bu maxsus tibbiy yordam
ko’rsatishda bemorlarni jalb qilishda va ushlab turishda qo’l
keladi. Tibbiyot xodimi va patsiyent o’rtasidagi bir biriga
ishonch patsiyentlarda ochiqchasiga OIV-infeksiyasi to’g’risida
ma’lumotlarga ega va muloqatga tayyor bo’ladi.
Patsiyentning shaxsiy kommunikatsiyasi uning sog’ligiga
va xulqining o’zgartirishga, tibbiyot xodimi bilan o’zaro
aloqasiga bog’liq bo’ladi «tibbiyot hodimi – patsiyent»,
«tibbiyot hodimi – patsiyent oilasi», «patsiyent – shu kasallikka
chalingan yana bir patsiyent», «tibbiyot hodimi va uning
komandasidan yana bir a’zo va patsiyent».
OIV-infeksisiga
chalingan insonlar yordam so’rab
(maslaxatga va tekshiruvga va davolanishga), psixologik
stressda bo’lishadi va oilasi yoki aholi tomonidan tayziqqa
uchrashi mumkin. Bunday holatlarda patsiyentning tibbiyot
xodimi bilan sifat kommunikatsiyasi asosiy rol o’ynaydi.
Tibbiyot mutaxasislari bunda patsiyentning ba’zi bir o’zini
tutish holatlariga e’tibor bermasdan, patsiyentga nisbatan maxfiy
ma’lumotlarni saqlash kerak bo’ladi, patsiyentni yaxshilab
eshitib, uni ruxiy ko’tarib, uning savollariga aniq javob berib
qo’llab quvatlash kerak bo’ladi.
OIV-infeksiyasi bilan yashayotgan insonlar, ko’pincha
o’ziga kerak tibbiy yordam olishda har xil to’sqinliklarga
581
uchrashi mumkin. Sigmatizatsiyadagi qo’rquv patsiyentga
yordam olishda qo’shimcha to’siqlarlarga uchrashiga olib
keladi. Bu holatda ushbu to’siqlarni yengishda OIV-
infeksiyalangan inson uchun o’z xuquqlarini himoya qilishda
bilimlari, atrofidagi tibbiyot xodimlari ko’makda bo’lishi kerak.
Yuqoridagilarni inobatga olib, OIV/OITS bemorlarda yangi
klinik-psixoligik muammo yuzaga keladi va bunday holatda ular
tibbiyot hodimlari tomonidan kuzatuvga va yordamga muxtoj
bo’lib qolishadi. Bunda tibbiyot hodimlarini diplomdan keyingi
tayyorlash muammolari yuzaga keladi va shunga yarasha
mutaxasislar tayyorlashda o’zgartirishlar kiritish (birinchi
navbatda vrach va klinik psixologlar) mutaxasislar tayyorlansa
maqsadga muavffiq bo’ladi. Birinchi navbatda bu mutaxasislarni
tayyorlashda, psixologik va kommunaktiv kompetentlik hosil
qilish yotadi. Bu nimani o’z ichiga oladi? Bu nima?
Asosan
tibbiyot
hodimi
tomonidan
patsiyentning
psixologik holatini bilish, bir biri bilan muloqat vaqtida
bo’ladigan kommunaktiv holatni o’rganish, asosan tibbiy
muxitda, muammoni yengib o’tadigan yo’llarini o’rganish va
patsiyenga o’rgatish, o’zaro shaxsiy va professional vazifalarni
yechish, psixologik intervensiya asoslarini bilish – bu
patsiyentni sog’ligini yaxshi tomonga yo’naltirish va hayot
sifatini oshirish. OIV/OITS kasalligiga chalingan bemor va
uning qarindosh-urug’lari bilan ishlayotgan tibbiyot xodimi
bemor to’g’risida olingan mua’lumotlarni analiz sintez qilib, o’z
vaqtida yordam berishi, patsiyentning muammolarini joy-joyiga
qo’yib berib, davolash olib borishi lozim bo’ladi.
Demak, tibbiyot hodimi patsiyent va uning yaqin
qarindoshlarini kompleks so’ravnoma o’tkazishni, bemor ruxiy
holatini baxolashni, bemorning tibbiy psixologik va ijtimoiy
muammolarini o’rganishni taqazo etadi va albatta bu ishlar
mavjud bo’lgan axboratlarga tayangan bo’lishi shart. Tibbiyot
hodimi bemorning psixologik holatini o’rganib, uni istiqbolini
baholashi va tushinishi orqali bemor bilan samarali munosabat
582
o’rnatishi lozim. Bemor va uning yaqin qarindoshlari bilan
muloqatda bo’lganida, albatta shaxsni xurmat qilish asnosida
etik yondashuvlarini qo’llashi lozim. Bundan tashqari tibbiyot
hodimi bemorni davolashda uning yaqin qarindoshlarining roli
muxim ekanligini tushintirishi, xar bir davo bosqichlarini va
alternativ yoki muqobil usullar va maslaxatlarni izoxlab borishi
va maqsadga erishish uchun davolash usullarini qo’llash uchun
patsiyent yaqinlaridan ruxsat olishi lozim. Boshqa so’z bilan
aytganda tibbiyot xodimi patsiyentni davolashda bilimi va
maslahatlari bilan uni davo olishga unday bilishi, bemor
tomonidan ushbu kasallikni yengib o’tishiga ishonch borligini
uning ongigi singdira bilishi kerak bo’ladi. Davolashning yaxshi
effekti vrach va bemor xamkorlikda ishlaganda bo’lishini,
birgalikda kasallikka qarshi kurash olib borishni va bemorni
qo’llab quvvatlash va rag’batlantirib turishi lozim bo’ladi. Bu
sohada ishlayotgan tibbiyot xodimi shuni bilishi kerakki, uning
bilimi, xarakatlari chegaralanganligini. SHuning uchun vrach
boshqa mutaxasislar bilan ham bilimi, xarakatlari va davolash
usullarini hamkorlikda o’rganib, to’ldirib borishi lozim. Buning
bilan u maslaxatlar sifatini, bilim doirasini va va davolash
sifatini oshirib boradi, usul va uslublarini o’rganadi va tibbiyot
komandasini tashkil qiladi. Bundan tashqari vrach va klinik
psixolog bitta komanda bo’lib, OIV-infitsirlangan patsiyentlarni
davolash yo’llarini izlab, emotsional holatlarga tushib
qolmasliklari uchun, shaxsiy va profissional darajasini oshirib
borishi kerak.
OIV-infitsirlangan bemorlar bilan ishlaydigan vrachning
asosiy vazifalaridan biri shuki, u asosiy davo muolajasi, ya’ni
virusga qarshi davolash va patsiyentga kerakli ma’lumotlar
berish, dorilarni o’z vaqtida qabul qilish kerakligini, fizik va
psixik holatlarini nazorat qilib turadi. O’z vaqtida dori
darmonlarni qabul qilmasligi yomon oqibatlarga olib kelishini
va dori darmon qabul qilishda xatolar bo’lmasligi, dori qabul
qilishda sxemadan ozgina chetlashish patsiyent va vrach
583
tomonidan qilingan davolashdagi shuncha xatti xarakatni
puchga chiqarishi mumkin ekanligini, kasallikni kuchayishiga
olib kelishini uqtirish lozim bo’ladi.
OIV/OITSni kechishida shunday holat yuzaga keladiki,
bunda birinchi navbatda patsiyentga polliativ yordam kerak
bo’ladi, bu esa bemorga va uning yaqinlarini psixolagik qo’llab
quvatlash lozim bo’ladi. Birinchi navbatda qilinadigan polliativ
yordam kordinatsion kommunikatsiya aspektlari:
Atrofdagilarni jalb qilish. Atrofdagilarni jalb qilishda ularni
shunga undash kerakki, ular patsiyentni kelajakka
qo’yilgan maqsad va vazifalarni, rejalarini qo’llab
quvvatlashlari kerak bo’ladi.
Atrofdagilar patsiyentni va uning oilasini qo’llab
quvvatlashi kerak.
Atrofdagilar patsiyent o’z-o’zini boshqara bilishga undashi
kerak va uni qo’llab quvvatlaydigan guruxlarga qo’shishi
kerak bo’ladi.
Patsiyentni sog’ligini o’ylaydigan komanda tashkil qilish
(yaqin qarindoshi, yaqinlari, tibbiyot hodimi, boshqa
patsiyentlar) va ular bilan aktiv xamkorlik qilish.
Bundan tashqari statsionarda klinik aspekt kommunikatsiyasiga
yondashuv. Bular ushbu aspektlar:
Klinik, psixologik va sotsial holatni baholashni
kuchaytirish.
Patsiyentga maqsad va vazifalarni tushintirish va qo’llab
quvvatlash.
Patsiyent to’g’risidagi hamma aspekt va ma’lumotlarni
uning o’zi bilan muxokama qilish.
Davolash rejasi qancha talab qilsa, shuncha o’zgartirib
turish.
Tibbiyot hodimi spetsifik kommunikatsiya aspektlarini ham
OITS bemorlarga polliativ tibbiy yordam berayotgan davrda
qarash lozim. Bular:
584
Patsiyentni bezovtalashiga sabab va faktini bilish.
Patsiyentni klinik holatini baholash.
Patsiyentni davolanishga bo’lgan moyilligini baholash
(kerakli indikatorlarni qo’llash).
Patsiyentning sog’ligini yomonlashishga olib keladigan
faktorlar to’g’risida ma’lumot almashish.
Diagnostika va davolash rejalari xaqidagi ma’lumotlarni
klinitsistlar bilan almashish.
Muxokama tashkil qilish va bir qarorga kelishish.
Patsiyent tomonidan o’z o’zini boshqarishni kuchaytirish.
Registratsion varaqalar va davolash kartalari yuritish.
Patsiyenlarni kasallik to’g’risida o’qitishga o’rgatish.
Yaqin sotsial-ijtimoiy atrofdagilar bilan xamkorlik, ushbu
xamkorlikni tashkil qilish.
Bemor va bemor qarindoshlari bilan bemorga yordam
ko’rsatish rejasini va maqsadini muxokama qilish.
OITS bemor va uning oila a’zolari kommunikatsiya asosiy
aspeklari prinsiplari:
Bir qarorga kelishga va qo’llab quvvatlashga ko’rsatma.
Yordam ko’rsatish maqsadini muxokama qilish.
Patsiyentga tibbiyot xodimi bilan birgalikda yordam
ko’rsatish rejasini muxokama qilish. Patsiyentning oila
a’zolarini umumiy yordam ko’rsatish rejasiga yordam
ko’rsatish komandasi sifatida tibbiyot xodimlari bilan
birgalikda jalb qilish.
Vaqti vaqti bilan davolash rejasi muxokamasiga qaytib
turish va muxokamadan keyin xamkorlikda bir qarorga
kelish.
Xar bir patsiyent o’z sog’ligi to’g’risida ma’lumot olishga
intiladi. Vrach OIV/OITS bemor bilan ishlashda xar qanday
noxush vaziyatlarni davolashdagi qiyinchiliklarni bemorga
yetkazishda qiyinchilik tug’diradi, bemoga esa bu ma’lumotlarni
olish og’ir, shuning uchun vrach hamma ma’lumotlarni
585
patsentga ayta olmaydi. Shunday bo’lishiga qaramay vrach
patsiyentga xar doim patsiyent bilish kerak bo’lgan
ma’lumotlarni unga berib turishi maqsadga muavffiq bo’ladi.
Bu muammoni hal qilishda vrach boshqa tajribali vrachlar
maslaxatiga suyangan holda, og’ir holatlarda ma’lumotlar
texnologiyasini ishlab chiqqib, bunday salbiy oqibatga olib
keladigan ma’lumotlar konteksini o’rganishga to’g’ri keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |