2. Organizmga
infitsirlangan
qon
tushishi:
Tibbiy
shpritslarini sterillamasdan ko’p ishlatish, kam miqdordagi
qonni bir odamdan boshqa odamga o’tishi va buning
oqibatida OIV bilan zararlanishga olib kelishi mumkin.
Shuning uchun OIV narkomanlar orasida keng tarqalishi
kuzatiladi. Ular bitta shpritsdan bir nechtasi foydalanishi
oqibatida OIV bilan zararlanish extimoli juda katta. Har
bir ishlatilgan shpritsdan sterillanmagan holda qayta
ishlatish, bu zararlangan odamdan keyingi shu shpritsni
ishlatgan odamga virus o’tishi aniq. Shpritsda yoki ninada
qoladigan qon 80%ga xatarli hisoblanadi. Zararlangan qon
faqatgina shprits yoki ninada emas, balki narkotik
tayyorlashda ishlatiladigan boshqa uskunalarda ham,
narkotik moddaning o’zida ham bo’lishi mumkin.
Kompaniyada in’yeksion narkotiklarni qabul va iste’mol
qilish – bu o’yin «rus ruletkasi» ham deyiladi. Umumiy
ninani bir marta ishlatish ham OIV-infeksiyasi bilan
zararlanishga
olib
kelishi
mumkin.
Infitsirlangan
bemorning qoni infitsirlanmagan odam yarasiga tushishi
natijasida ham OIV-infeksiyasi bilan zararlanish mumkin.
OIV-infeksiyasi
tozalanmagan,
sterillanmagan
quloq
teshuvchi,
tatirovka
qo’yish
uchun
ishlatiladigan
instrumentlar orqali ham o’tishi mumkin. Bu maqsadda
ishlatiladigan ninalar, har bir o’tkazilgan seansdan so’ng
sterilizatsiya qilinishi shart. Tish yuvish shetkasi, soqol
577
oladigan britvalar ham alohida bo’lishi kerak. Donor qonini
quyishdan oldin antitel OIV ga tekshirilgan bo’lishi shart.
OIV bilan zararlangan bemorlar donor bo’lishlari mumkin
emas.
3. Infitsirlangan onadan bolaga o’tishi: Infitsirlangan onadan
bolaga o’tishi mumkin: homiladorlik paytida yoki
tug’adigan paytda. Statistikada, zararlanish o’rtacha 25-
50% ni tashkil etadi. Virusning onadan bolaga o’tishi
ko’krak bilan emizgan vaqtida ham o’tishi mumkin.
Homiladorlik paytida erta ro’yxatga olish, erta test
o’tkazish, OIV-infitsirlanganligini vaqtida bilish bu juda
katta rol o’ynaydi. Onani OIV-infitsirlanganligini
bilgandanoq, majburiy tartibda, tekin profilaktik davolash
o’tkaziladi, homiladorlikning 28 haftasigacha, tug’ish
paytida va tug’ishdan keyin. Tug’ilgan chaqaloq ham
profilaktik davo muolajalarini oladi, bu esa bolaning
zararlanish yoki infitsirlanish foizini OIV-infitsirlangan
onasidan o’tishini 25-50% dano 2% gacha kamaytiradi.
OIV infeksiyasi bilan zararlanish mumkin bo’lan biologik
suyuqlik:
• Qon;
• Sperma;
• Qindan ajralma;
• Qon bilan aralash har xil suyuqlik;
• OIV bor kultura va kultural muxit;
• Sinovial suyuqlik;
• Tserebrospinal suyuqlik;
• Plevral suyuqlik;
• Perikardial suyuqlik;
• Amniotik suyuqlik.
OIV yuqmaydi:
OITS bilan zararlangan bemorning kiyimini kiysa, shaxsiy
buyumlaridan foydalansa;
578
OITS bilan zararlangan bemor bilan bir xonada tursa yoki
bir xonada yotsa;
OITS bilan zararlangan bemor bola bilan o’ynasa;
OITS bilan zararlangan bemor bilan bitta vannada,
basseynda, daryo yoki orolda cho’milsa;
OITS bilan zararlangan bemor bilan bitta transportda yursa;
OITS bilan zararlangan bemor bilan siz tomonga yo’talsa
yoki aksirsa;
OITS bilan zararlangan bemorga oddiy gigenik qoidalariga
rioya qilgan holda qarasa;
OITS bilan zararlangan bemorga oddiy extiyot choralarini
ko’rgan holda birinchi tibbiy yordam ko’rsatsa.
Kasallik belgilari: Inkubatsion (yashirin) davri 2-3
xaftadan 3 oygacha davom etishi mumkin. Undan keyin 1/3
bemorlarda kasallikning o’tkir fazasi boshlanadi (xarorat
ko’tarilishi, tomog’ida og’riq, limfa tugunlarining kattalashishi,
toshma toshishi mumkmn, umumiy xolsizlik), bular 2-4
xaftadan keyin davolanishsiz o’tib ketadi. 2/3 zararlangan
bemorlarda esa bu davr yashirin o’tadi. Bundan keyin uzoq
muddatda kasallikning belgilari sezilmaydi (virus tashuvchi).
Keyinchalik bemorda bir qancha klinik belgilar paydo bo’lib,
vrachda OIV-infeksiya borligiga shubxa paydo bo’ladi. O’rtacha
infektsiyalangandan to OIV-infektsiyasi terminal stadiyasigacha
10-15 yil davrni oladi. Ba’zi bir holatlarda kasallik bir oy
muddatda OITS ga transformatsiyalanadi, ba’zi xolatlarda esa
yillab bo’lishi mumkin. O’lim holatiga olib keladigan asosiy
sabablaridan biri, ko’pincha opportunistik infeksiya va Kaposhi
sarkomasi bo’lsa, OIV/OITS bemorlarda esa narkomanlarda
tuberkulez kasalligi bo’lishi mumkin.
OIV-infektsisiga
tashxis
qonni
maxsus
tekshirish
natijalaridan keyin tasdiqlanadi, ko’p holatlarda zararlangandan
so’ng 3 oylardan keyin natijasi ma’lum bo’ladi. OIV-
infektsiyaga tekshiruv anonim o’tkaziladi.
579
OIV-infeksiyaga tekshirish ko’rsatma hisoblanadi:
• 1 oy davomida tana haroratini oshishi;
• 1 oydan ortiq suyuq ich kelishi;
• sababsiz tana vazni 10% ga va undan ortiq kamayishi;
• uzoq,
qaytalanuvchi
yoki
oddiy
davolanishga
berilmaydigan o’pka yalig’lanishi;
• 1 oydan ortiq davr mobayinidagi yo’tal;
• 2 dan ortiq gurux limfa tugunlari 1 oydan ortiq davr
kattalashishi ;
• oldindan sog’lom odamlarda aqli zayfligining kuzatilishi.
Kasallikdan ogoxlantirish asosiy usullari:
Jinsiy aloqa qilishda OIV-infeksiyasi bilan zararlanishni
ogoxlantirish:
– Tartibsiz va tasodifiy jinsiy aloqadan qochish;
– Har qanday jinsiy aloqada yuqori sifatli prezervativdan
foydalanish.
OIV ni parenteral o’tish yo’lini ogoxlantirish
narkotik moddalar ist’mol qilishdan cheklash;
manikyurda, pedikyurda, pirsingda, tatuajda ko’p marotaba
ishlatiladigan instrumentlarni dezinfeksiya va sterilizatsiya
qilish;
og’iz bo’shliqi shilliq qavatiga qon tushguday bo’lsa, og’iz
bo’shliqini 70 % etil spirti bilan chayish tavsiya qilinadi;
qon ketishlarda birichi tibbiy yordam ko’rsatishda bir marta
ishlatadigan rezina qo’lqoplardan foydalanish tavsiya
etiladi, terining ochiq joylarni, ko’zni qon tushishidan
himoya qilish tavsiya qilinadi, har bir qonni zararlanishi
katta xovf deb qaralishi lozim.
OIV ni vertical o’tish yo’lini ogohlantiris:
Xozirgi harakat qilayotgan qonunlar bo’yicha xar bir
homilador ayol OIV-infektsiyaga tekshirishdan o’tishi lozim.
Agar virus borligi aniqlansa, xomila ichi infektsiyasini oldini
olish uchun profilaktik maxsus dori darmonlar bilan davolash
tavsiya qilinadi.
580
Do'stlaringiz bilan baham: |