Tibbiyot kasbiga kirish


BEMORLARNING SHAXSIY GIGIYENASI



Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet433/485
Sana03.09.2021
Hajmi4,42 Mb.
#163615
1   ...   429   430   431   432   433   434   435   436   ...   485
Bog'liq
Китоб ТКК (4)

 

BEMORLARNING SHAXSIY GIGIYENASI 

Og’ir bemorlar og’iz bo’lig’ini parvarishlash 



Maqsad: og’ir bemorlar og’iz bo’shlig’idagi karash, shilliq, 

mikroorganizm va ovqat qoldiqlaridan tozalash. 



Ko’rsatma: Bemorning yotoq rejimda ekanligi. 

Zarur  ashyolar:  Zarur  miqdorda  paxta  shariklari;  steril 

mralya  sal’fetkalari;  steril  pinset  va  shpatel’;  ikkita  buyrak 

shaklidagi  idish  (lotok)  –  toza  va  ishlatilgan  shariklar  va 

sal’fetkalar  uchun;  och  pushti  rangdagi  kaliy  permanganat 

eritmasi  yoki  2%  li  natriy  bikarbonat  yoki  0,9%  li  natriy  xlor 

eritmasi (fiziologik eritma) yoki 3% li vodorod perikis eritmasi; 

rezinali  balonchik  yoki  og’iz  bo’shlig’ini  yuvish  uchun  Jane 

shpritsi; glitseyerin yoki vazelin moyi. 



Bajarish tartibi:  

1. Tibbiy hamshira qo’lini sovun bilan yuvadi. 

2. Bemorning boshi funksional krovat yoki yostiqlar yordamida 

biroz  ko’tariladi.  Ko’krak  sohasiga  sochiq  qo’yiladi,  bemor 

qo’liga  buyrak  shaklidagi  idish  (lotok)  beriladi  yoki  lotokni 

bo’lim bekasi uning jag’ ostiga ushlab turadi.   

3. Pinset  bilan  paxtali  sharik  olinadi,  bunda  pinsetning  o’tkir 

uchi  paxtaning  ichida  ekanligiga  ishon  hosil  qilish  zarur. 

Paxtali  sharik  kaliy  permanganat  eritmasiga  namlanadi  (yoki 

boshqa dezinfeksiyalovchi eritmaga). 

4. Bemorga og’zini ochish buyuriladi. 



509 

 

5. Chap qo’lga shpatel’ olinadi, bemor lunjini tortgan holda 



bemorning tishlari tashqi va ichki yuzalari, tishlarning 

chaynov yuzalari paxtali shariklar bir necha marta 

almashtirgan holda (bunda infeksiya bir tishdan ikkinchi 

tishga o’tishi oldi olinadi) artiladi.  

6. Muolaja oxirida bemorga qaynatib iliqlashtirilgan suv yoki 

kaliy permanganat eritmasi og’zini chayqash uchun beriladi. 

7. Agar bemor og’zini o’zi yuva olmasa, unda rezina balon yoki 

Jane shpritsi bilan bemor og’zi chayiladi. 

Manipulyatsiya quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi: 

- bemorning boshi bo’g’ilib qolmasligi uchun biroz 

ko’tarilgan holatga keltiriladi; 

- bemor boshi yon tomonga o’giriladi; 

- bemorning yonoq sohasiga sochiq qo’yiladi, og’iz 

burchagiga esa buyraksimon idish (lotok) joylashtiriladi; 

- rezina balon yoki Jane shpritsiga yuqorida keltirilgan 

biror dezinfeksiyalovchi eritmalar olinadi; 

- bemorga og’zini ochishni so’raladi; 

- rezina balon bilan qarama-qarshi lunjining ichki yuzasi 

yuviladi; 

- bemor boshi boshqa yon tomonga o’girilib, yoki 

yotoqning qarama-qarshi tomoniga o’tib uning ikkinchi 

lunji ichiki yuzasi xuddi shu tartibda yuviladi. 

8. Bemorning  tilida  karash  aniqlansa,  unda  bemorga  tilini 

chiqarish  talab  etiladi.  Chap  qo’l  bilan  bemor  tilini  uchidan 

sal’fetkada  ushlanib,  o’ng  qo’ldagi  shpatel’  bilan  tildagi 

karash tozalanadi. Shundan so’ng qisqich bilan paxta sharigi 

olinib  antiseptik  eritmaga  namlanadi  va  bemor  tiliga  ishlov 

beriladi.  Toza  paxtali  sharik  olinadi  va  u  vazelin  moyi  yoki 

glitseringa namlanib bemor tili artiladi. 

9. Agar  bemor  lablari  yoki  og’iz  burchaklarida  terining 

yorilishlari  aniqlansa  unda  bu  sohalarni  ham  glitserin  yoki 

vazelin  moyiga  shimdirilgan  paxtali  sharik  bilan  artilib 

chiqiladi. 



510 

 

Eslatma.  Og’izdagi  mikroflora  bir  antiseptikka  moslashmasligi 

uchun  har  safar  har  xil  antiseptiklar  bilan  ishlov  berish 

maqsadga muvofiq bo’ladi. Yuqorida sanalgan antiseptiklardan 

tashqari 1:5000 nisbatdagi furatsillin eritmasi, ma’danli suvdan 

ham  foydalansa  bo’ladi.  Yotoq  yoki  yarim  yotoqdagi  bemor 

tishlari ertalab va kechqurun tozalanishi, og’iz bo’shlig’i esa har 

ovqatlanishdan keyin yuvilishi shart. 




Download 4,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   429   430   431   432   433   434   435   436   ...   485




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish