151
Yurak-tomir sistemasi kasalliklarida shishlar yurakning
yetarli darajada ishlamayotganligi, qon aylanishi katta
doirasining venalari to’lib ketishi, qonning suyuq qismi
tomirlardan atrofdagi to’qimalarga chiqishi oqibatida paydo
bo’ladi. Bemorlarda jigar kattalashadi, teri osti kletchatkasining
shishlari, bo’shliq istisqosi (qorin, plevra bo’shlig’i) paydo
bo’ladi. Shishlarning rivojlanishiga suyuqlik to’planib qolishi
sabab bo’ladi, bu ajralayotgan siydik miqdorning kamayishi va
vaznning og’irlashib ketishida namoyon bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: