Simptom. Nafas qisishi
Yurak-tomir sistemasi funksiyasi buzilganda nafas qisishi-
karbonat angidrid gazi ortib ketganidan nafas olish markazining
qo’zgalishi bilan boglik. Karbonat angidridning ortib ketishi qon
aylanishining kichik doirasida venoz to’laqonlik oqibatida kelib
chiqadi. Jismoniy zo’riqish vaqtida yurak o’ynashi bilan bir
qatorda nafas qisishning paydo bo’lishi yurak yetishmovchiligi
boshlanayotganligining dastlabki belgilaridan biri hisoblanadi.
Qonda kislorod miqdorining kamayishi, qon oqishining
sekinlashishi va venoz to’laqonlik natijasida terining ko’kimtir
rangi — sianoz vujudga keladi. Yurak ishlashining buzilishi
oqibatida kelib chiqqan nafas qisishining kuchli xuruji yurak
astmasi deb nomlanadi («Nafas olish» bo’limiga qarang).
Do'stlaringiz bilan baham: |