Shifokor kelguncha shoshilinch yordam
1. Bemorni ortiqcha sovib ketishdan asrash, issiq
kiyintirish.
2. Oyoqlariga xantalmali issiq vanna qilish.
3. Iliq ichimlik berish.
Xalq tabobati vositalari yaxshi ta’sir ko’rsatadi: pishgan
kartoshkali idish tepasida bug’ bilan nafas olinadi.
Uy ingalyatsiyasi: evkalipt barglarini maydalab (1 choy
koshik), qaynoq suv bilan damlanadi, qalin qog’ozdan voronka
yasab, damlama solingan idish keng uchi bilan yopiladi va tor
uchi bilan 10— 15 daqiqa mobaynida bug’ bilan nafas olinadi.
Fitonsid xususiyatlarga ega o’simliklarni ishlatish (piyoz,
sarimsokpiyoz): 10 ta piyoz va sarimsoq piyozni mayda
to’g’rab, sutda yumshaguncha pishiriladi, so’ngra ozgina yalpiz
sharbati va asal qo’shiladi; kun mobaynida har soatda 1 osh
qoshiqdan ichiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |