ARBOVIRUS KASALLIKLARI
Arbovirus kasalliklari - umurtqali xayvonlarda istiqomat qiladigan qonso'rar xashoratlar orqali tarqaladigan viruslar qo'zg'atadigan bir nechta kasalliklar guruxidir. Ular yer yuzida keng tarqalgan bo'lib, ko'proq tabiiy o'choqli infeksiya sifatida uchraydi. Arbovirusli kasalliklar orasida gemorragik isitmalar, virusli ensefalitlar, sariqlik isitma, pappatachi va Denge isitmalari muxim o'rin tutadi.
GEMORRAGIK ISITMALAR (GI)
Gemorragik isitmalar — isitma, kuchln intoksikatsiya aa gemorragik alomatlar bilan ifodalanuvchi, arboviruslar qo'zg'atadigan yuqumli kasalliklar.
Gemorragik isitmalar juda qadim zamonlardai (masalan. Jurjoniy — 1110 y.) malum bo'lsada ularni aniqlash va o'rganish, asosan XX-asrning 40-yillaridan boshlandi. Qadimiy o'zbeklar bu kasallikni "qora xalak" deb atab kelishgan.
Gemorragik isitmalar epidemiologik hususiyatlariga qarab uch guruhga bo'linadi:
1 Kanalar orqali yuqadigan GIlar (Qirim-Kongo GM va unga o'hshash kechadigan O'zbekiston GI, Omsk GI va b,).
2. Chivan orqali yuqadigan GI-lar (sariqlik isitma, Denge, Chikungunya va Rift-Valdi GI-lari).
3. Koktagioz zoonoz GI-lar (buyrak sindromi bilan o'tadigan GI, Argentina GI-si, Marburg isitmasi va b.).
Bizda Qrim-Kongo GI-si guruxiga mansub, biroq undan o'zining og'ir kechishi va boshqa ayrim xususiyatlari bilan farqlanishi O'zbekiston (O'rta-Osiyo) gemorragik isig'masi uchraydi.
O'ZBEKISTON GEMORRAGIK ISITMASI
O'zbekiston isitmasi - quchli intoksikatsiya, isitma, gemorragik alomatlar va ichki azolarning zararlanishi bilan namoyon bo'ladigan, ko'pincha og'ir kechadigan o'tkir yuqumli kasallik.
O'zbekistonda gemorragik isitmalarni urganish T.I.Mixaylov, N.I.Xodukin, A.L.Katsenovich, I.D.Itskovach, I.K.Musaboyev va boshqlarning (1946-1955 y.) nomlari bilan bog'liq. So'ngga yillarda A.M.Meliyev boshchiligida bir guruh olimlar tomonidan chuqur o'rganilgan.
Etiologayasi va epidemiologiyasi. O'zbekiston gamorragik isitmasining qo'zg'atuvchisi arboviruslar avlodiga mansub bo'lgan vazotrop viruslardir. Bu virusning tabiiy rezervuarlari va tashuvchilari iksod kanalar hisoblanadi. Iksod kanalari asosan qoramollar va otlarda parazitlik qiladilar. Bu kanalar tog'g yaqindagi adirlar, tepalik va pastliklarda kup uchraydi, cho'llarda esa uchramaydi. Ular asosan molxona omborlarning devorlaridagi kovaklarda yashaydi.
O'lkamizning ayrim hududlarida gemoraggik isitma sporadik holda uchraydi (epidemiyasi bo'lmaydi), Kasallik asosan molxona, otxona, fermalar va ular yaqinidagi omborlarda ishlovchi va ayniqsa ushanday joylarda yotib qoluvchi odamlarda kuzatiladi. Bu kasallik mart oyidan sentabr oyigacha bo'lgan davrda kuzatiladi, chunki shu davrda iksod kanalari faol bo'ladi.
O'zbekiston gemorragik isitmasi odamga asosan zararlangan kanalar chiqqanda, shuningdek teri, yoki shilliq qavatlarga bemor qoni tekkanda yuqadi. Shuning uchun bunday bemorlarni sharvarish qilayotgan va davolash muolajalari o'tkazayotgan, yoki bamor qoni bilan ishlayotgan shaxslar, ayniqsa tibbiyot xodimlari, barcha ehtiyot choralariga qat'iy rioya qilishlari kerak.
O'zbekiston gemorragik isitmasi boshqa ko'pchilik gemorragik isitmalardan o'ziniig kontagoizligi, nisbatan og'ir kechishi va ko'p o'lim berishi bilan farqlanadi.
Klinikasi. Kasallik kechishida 4 davr kuzatiladi: yashirsh davri, boshlang'ich davri, gemorragik belgalar davri va sog'ayish davri.
Kasallikning yashirin davri 3-6 kun. Boshlang'ich davri bir necha soatdan 3 kungacha davom atib, asosan isitma va umumiy intoksikatsiya alomatlari bilan namoyon bo'ladi. Kasallik odatda tusatdan et uvishishiga, qaltirash va tana haroratiniig 38-39°S darajagacha ko'tarilishi bilan o'tkir boshlanadi. Ba'zan a'zoyi-badani, boshi, oyoq-qo'llari, beli qaqshab og'riydi, darmonsizlanadi, yuzi, tomog'i va ko'z konyuktivalari qizaradi Ishtahasi yo'qoladi, ba'zan ko'ngli aynab qusadi va ichi suyuq keladi. Davom etayotgan isitma va intoksikatsiya alomatlari jarayonida gemorragik belgilar paydo bo'lishi bilan kasallikning navbatdagi — gemorragik davri boshlanadi. Bu davrda terida petexial toshmalar toshadi, burun va milklar qonaydi, og'ir hollarda buyrak, oshqozon, ichak, bachadon va o'pkadan qon kelada. Kasallikning og'ir, yoki yengalligi qon ketishiiing ko'p ozligiga qarab aniqlanadi.
Bemor qon aralash safro bilan qayd qilishi va ichidan ham qon kelishi kasallikning og'irligadan darak beradi. Ichki a'zolarga qon quyilishi kasallikning 5-7 kunlarida o'limga olib kelishi mumkin.
Bu kasallikda isitma o'rtacha 7-8 kun davom etadi, kupincha qush to'lqinli bo'ladi. Bemorda taxikardiya, gipotoniya, jigar, ba'zan, taloqning ham kattalashishi kuzatiladi. Siydikda — albuminuriya, mikrogematuriya aniqlanadi. Kasallik og'ir kechganda bemorda meningeal belgilar kuzatiladi. Homilador ayollarda bola tashlash hollari uchraydi. Kasallik yengil, yoki gemorragik belgilarsiz o'tishi ham mumkin. Kasallik yengil o'tganda intoksikatsiya va gemorragik belgilari asta-sekin pasayib borib, 2-3 xafta davomida yo'qoladi. Kasallikdan sog'ayishi bir necha xafta cho'ziladi.
O'zbekiston gemorragik isitmasida o'lim 30-35% ni tashkil etadi. O'lim asosan intoksikatsiya sababli yurak-qon tomirlar faoliyatining yetishmovchiligi xamda qon ketishi va ichki a'zolarga ko'p qon quyishlar oqibatida sodir bo'ladi.
Tashxisi. Kasallikni o'z vaqtida aniqlash epidemiologik anamnezni to'g'ri baxolash muxim axamiyatga ega. Laboratoriya tekshiruvlardan: qonda gipoxrom anemiya, leykopeniya, nisbiy limfotstoz, neytropeniya, aneozifiliya va trombotsitopeniya bo'lishi gemorragik isitmalarga xosdir. Leykopeniya va trombopeniya darajasi kasallikning og'ir-yengilligini ifodolaydi. Qonda umumiy oksil va globulinlar kamayib ketadi.
Kasallik tashxisi, albatta virusni aniqlash va spetsifik antitelolar titri ortishini aniqlashga asoslanmog'i kerak. Bemorlardan olingan materialda (qon yoki orqa miya suyuqligi) virusni aniqlash uchun flyuoressensiyalanuvchi antitelolar usuli va bilvosita gemagglyuginatsiya reaksiyasidan foydalaniladi.
Serologik reaksiyalar: komplementni biriktirish reaksiyasi, neytralizatsiya reaksiyasi va boshqalar bemor qonida spetsifik antitelolarni aniqlashga asoslangan bo'lib, ularni juft zardob usulida (birinchi marta qon kasallik boshlanishida — o'tkir davrida, ikkinchi marta — 2-3 xafta o'ggach, rekonvalessensiya davrida olishda) tekshiriladi.
Lavolash. Davolashning spetsifik usullari bo'lmaganligi tufayli, o'tkaziladigan tadbirlar asosan infeksion-toksik shok va gemorragiyani bartaraf etish xamda yurak-qon tomir sistemasi faoliyatini yaxshilashga, shuningdek yiringli septik asoratlar oldini olishga qaratilmog'i kerak.
Bemor tezlikda kasalxonaga yotqizilib, kasallikning boshlang'ich va avj olish davrida hamda rekonvalessentlik davrining birinchi 2 haftasida qatyiy yotish rejimida ushlanadi. Parhyezi — yengil hazm bo'ladigan, yuqori kaloriyali va vitaminlarga boy ovqatlardan iborat bo'ladi. Suyuqlik (meva va sabzavot sharbatlari, ma'danli suvlar) ko'p beriladi.
Etiotrop davolash sifatida kasallikning birinchi 10 kunida (virusemiya davrida) ilgari kasallanib tuzalgan kishilar konining zardobi, yoki plazmasi 150-200 ml mikdorida mushak orasiga, og'ir kechganda 400-600 ml vena tomiriga yuboriladi.
Davolashning dastlabki kunlaridan boshlab, gemorragiyani oldini olish va to'xtatish maqsadida, askorbin kislotasi (sutkada 500-600 mg), rutin 0.01 3 marta, vitamin K va V guruh vetaminlar, shuningdek qon va plazmani bo'lib-bo'lib quyish, jelatina, kalsiy xlorid va boshqalar keng qo'llanadi.
Intoksikatsiya va suvsizlanishga qarshi gemodez, poliglyukin, albumin, plazma va boshqa suyuqliklar venaga, yoki klizma yo'li bilan yuboriladi. Sutka davomida yuboriladigan suyuqlik mikdori 500 ml dan 2 litrgacha bo'ladi. Intoksikatsiya kuchli bo'lganda qon quyish va kortikosteroidlar yaxshi samara beradi.
Bemorni qunt bilan parvarish kilish va to'g'ri ovqatlantirning ahamiyati katta. Kasallik avj olgan davrda hayvonot oqsillari va yog'lar chegaralanadi, kefir, qatik, tvorog, kisel, sharbatlar, sho'rva, suyuq bo'tqalar beriladi. Mushak og'riqlarida illiq vannalar, uyqusizlikda osoyishta rejim, taqroriy qusish va hiqichoq tutganda me'dani 2% li natriy bikorbanat eritmasi bilan yuvish, anestezin, novokain va yalpiz preparatlaridan ichirish, venaga 10% li natriy xlorid eritmasi va teri ostiga 1 ml 2.5% li aminazin yuborish yaxshi natija beradi. Og'iz-tomoq sohasida bo'ladigan ikkilamchi asoratlar oldini olish maqsadida og'iz bo'shlig'ini parvarishlash, uni dezinfeksiyalovchi eritmalar bilan chayish, so'lak ajralishini kuchaytirish uchun qotgan non chaynash tavsiya etiladi. Bemorda ikkilamchi bakterial asoratlar paydo bo'lgani taqdirda antibiotiklar tayinlanadi.
Poofilaktikasi. Kasallik uchraydigan tabiiy o'choqlarda kanalarni yo'qotish, buning uchun uy hayvonlari terisi bahor va yoz oylarida haftada bir marta xlorofos bilan tozalab turilishi, ko'ringan kanalarni esa yig'ib, yoqib yuborish o'sha hududda yashovchi aholi o'rtasida tushuntirish ishlari olib borish gemorragik isitma oldini olishda asosiy tadbir hisoblanadi.
Kasallik gumon qilingani- zahoti bemor kasalxonada aloxidalanadi va uning axlati, qusig'i va boshqa chiqindilari bir soat davomida 1% li xloramin yoki 3% lizol eritmasida saqlanadi, ichki kiyimi, idish-tovoqlari va boshqa buyumlari 30 daqiqa davomida qaynatiladi.
Bemordan ajralayotgan qon atrofdagilar uchun o'ta xavfli ekanligini unutmaslik kerak. Binobarin bemorni parvarishlovchi va davolovchi barcha (tibbiyot) xodimlari extiyot choralariga qatyiy amal qilishlari: rezina qulqop, og'iz-burushi doka niqob tutib va himoyalovchi ko'zoynak taqib ishlashlari zarur.
Gemorragik isitmani boshidan kechirgan har bir bemor, lozim bo'lib qolganida boshqalarni davolashga qon olish maqsadida, mahlliy SENM da alohida ro'yxatga olib qo'yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |