Tibbiyot instituti talabalari uchun


Temir yo’ldan jarohatlanish asosiy turlarining o’ziga xos xususiyatlari va



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/577
Sana14.02.2022
Hajmi6,49 Mb.
#448516
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   577
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

Temir yo’ldan jarohatlanish asosiy turlarining o’ziga xos xususiyatlari va 
sodir bo’lish mexanizmlari
1. Harakatlanuvchi temir yo’l transportining urib ketishi.
Bu temir 
yo’ldan jarohatlanishning eng ko’p uchraydigan turi hisoblanadi. Odatda, urilish 
elektrovoz, teplovoz yoki elektropoezdning bosh vagoni oldingi yuzasi bilan 
urilganda ko’zga tashlanadi. Bunda marhumning tanasini barcha qismlari – 
oyoqlaridan to boshigacha keng va og’ir jarohatlanishlar birdaniga yuzaga keladi.
Boshiga urilganda kalla suyagida ochiq mayda bo’lakchali sinishlar 
kuzatilib, ko’pincha boshining deformatsiyasi ko’rinadi. Qobirg’alarning sinishi 
ikki tomonlama ko’p joyidan bir necha chiziqlar bo’ylab sodir bo’ladi. Orqasidan 
urilaganda birdaniga orqasida kattagina qon quyilish, umurtqa pog’onasi va 
kuragining sinishi va orqa miyaning jarohatlanishi ko’zga tashlanadi. Poezd urib 
ketganda odam tanasi shuncha kuchli silkinadiki, bunda osilib turuvchi va bog’lab 
turuvchi apparatlarda qon quyilishdan tashqari ko’krak qafasi va qorin bo’shlig’i 
ichki organlarida ko’p miqdordagi yorilishlar sodir bo’ladi.
Elektropoezdning bosh vagoni oldingi yuzasi bilan urilganda xarakterli 
124


«irg’ituvchi» jarohatlanishlar chaqiradi. (Txapsaev G.K., 1966). Otuvchi qismining 
pastki qirrasi bilan urilishda boldir suyagining ko’ndalang bo’lakchali ochiq sinishi 
kuzatiladi. Pastki zinasiga urilishdan tananing son va quymuch qismida yaralar va 
shilinishlar, shuningdek chanoq suyaklarning sinishlari ko’zga tashlanadi. Tashqi 
jarohatlanishlar va suyaklar sinishining xarakterli joylashuvi jarohatlanish paytida 
odam tanasining holati va urilishining yo’nalishi haqida fikr yurgizishga imkoniyat 
tug’diradi.
Poezdning urib ketishidan odam tanasining otilib ketishida odam tanasi 
temir yo’l ko’tarmasiga yiqilishi tufayli u bo’yicha sirg’anib bosh va oyoq-
qo’llarini jarohatlanishiga olib keladi, shuningdek odam tanasi va kiyimlarining 
katta ko’lamdagi qum, graviy, toshqol va yog’lovchi moddalarning yo’ldagi ballast 
qavati zarrachalari bilan ifloslanishi ko’zga tashlanadi.
2. Temir yo’l transportining jabrlanuvchi tanasining ustidan o’tishi temir 
yo’l uchun xarakterli jarohatlarni chaqiradi. Jarohatlanishlar sodir bo’lishini asosiy 
mexanizmi – g’ildirak qirrasining qaychisimon bo’luvchi ta’siridan to’qimalarning 
ezilishi va kuchli siqilishi hisoblanadi. Buning natijasida odam tanasining 
bo’laklarga ajralishi kuzatiladi.
Ko’pincha g’ildirakning dumalab o’tish joyida terining butunligi 
buzilmaydi. Bunday hollarda uning jarohatlanishi ko’rinib, bunga bosilish tasmasi 
va hoshiyalanishi deyiladi. G’ildirakning dumalovchi yuzasi ta’siridan hosil 
bo’lgan tasma odatda rels qalpog’idan yuzaga kelgan tasmaga (6-7 sm) qaraganda 
odatda 2 marta keng (12-15 sm) bo’ladi. Bosilish va hoshiyalanish tasmasining 
qoldig’i 2-3 sm qalinlikda deyarli doimo tananing bo’lingan qismi chetida yaxshi 
ko’rinadi (30-rasm). Qornida bosilish tasmasi va hoshiyalanish ko’zga tashlanadi 
(31-rasm).
Jarohatlanishning birinchi soatlarida tasma yumshoq, oqish tusli bo’lsa, 
sutkaning oxirlarida qurish tufayli tasma qurib to’q kulrang tusli bo’lib qoladi. 
Yumshoq to’qimalar, suyaklar va ichki organlar bunday tasma joyida ezilgan va 
emirilgan bo’ladi.
Tasmaning boshida ba’zan T-shaklidagi shilinishlar (g’ildirakning birlamchi 
125


«o’ymalamog’idan» jarohatlanish) kuzatiladi. Oxirida tasma ba’zan yupqalashib, 
odam tanasidan dumalash paytida g’ildirakning sakrashi natijasida o’tkir burchak 
bilan tugallanadi (Muntyan S.S., 1966). Bu xususiyati relsda odam tanasi holati va 
odam tanasi ustidan o’tish yo’nalishini aniqlaydi. Siqish tasmasi chetlarida 
g’ildirakning yonbosh yuzasining aylanma harakati ta’sirida ifloslanish maydoni 
kuzatilishi mumkin. Ular terining hoshiyalangan qismi ko’rinishida yuzaga kelib, 
ko’pgina yoysimon shakldagi ancha chuqur tirnalishlar holida bo’ladi. Siqilish 
tasmasi va ifloslanish qismi marhumning kiyimlarida ham uchrashi mumkin.

Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   577




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish