Tibbiyot instituti talabalari uchun



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/577
Sana14.02.2022
Hajmi6,49 Mb.
#448516
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   577
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

Ta’rif va tasnifi
Avtomobildan jarohatlanish deb, harakatlanuvchi avtomobilning tashqi va 
ichki qismlari, shuningdek harakatlanadigan avtomobildan yiqilib ketish tufayli 
mexanik tan jarohatlanishuviga aytiladi.
Avtomobilga texnik xizmat ko’rsatuvdagi mashina o’z joyida turgandagi 
jarohatlanishlar, avtomobil dvigatelining portlashi, balonning taranglashib yorilishi 
va boshqa jarohatlanishlar odatda avtomobildan jarohatlanishlarga kirmaydi. 
Bundan tashqari, mexanik jarohatlanishlarga, avtotransport hodisalari, mashinadan 
yong’in chiqish, benzin bilan zaharlanish, ishlagan gazlar bilan zaharlanish hamda 
avtomobilni suvga ag’darilib cho’kishi tufayli olingan jarohatlanishlar kirmaydi.
Avtomobildan jarohatlanish travmatizmning alohida turlaridan biriga kirib, 
bunda odam tanasining barcha qismlarida ko’p miqdorda turli-tuman 
jarohatlanishlar uchrab, bularni jarohatlanishlar mexanizmi va tasnifini aniq 
bilmasdan turib to’liq ma’lumotga ega bo’lish ancha qiyindir. Avtomobildan 
jarohatlanish tasnifini o’rganishda ko’pgina vatan va chet el olimlarining hissalari 
kattadir.
Hozirgi davrda A.A.Matishev, A.A.Soloxin, S.I.Xristoforov va 
V.A.Safronovlar (1968) ning avtomobil jarohatlanishlariga mo’ljallangan tasnifi 
keng tarqalgandir. Shunga ko’ra avtomobildan jarohatlanishlar quyidagi turlarga 
bo’linadi:
1) harakatlanuvchi avtomobil bilan odamning to’qnashuvidan jarohatlanish;
2) avtomobil g’ildiragini odam ustidan o’tishi tufayli jarohatlanish;
3) harakatlanuvchi avtomobildan yiqilish tufayli jarohatlanish;
4) avtomobil ichida jarohatlanish;
5) ikkala avtomobil orasida siqilish tufayli jarohatlanish yoki boshqa 
xarakatsiz predmetlar orasida jarohatlanish;
6) bir necha jarohatlarning turlari birgalikda uchrashishlari;
7) alohida turlari.
Bunday tasnif asosida avtomobildan jarohatlanish sodir bo’lgan voqeaning 
100


har xil holatlarda jarohatlanishning yuzaga kelishini ko’rsatuvchi sharoitlar yotadi.
Shunga qaramasdan avtomobildan jarohatlanish holati juda tez, har bir 
avtomobil jarohatlanishi tsiklik holatda o’tib, bir qancha birin-ketin keluvchi qisqa 
fazadan tuzilgan. Jarohatlanishning har bir fazasi jarohatlanish yuzaga kelishining 
alohida mexanizmiga to’g’ri keladi (1-jadval).
Shunday qilib, avtomobildan jarohatlanishda jarohatlanish odam tanasiga 
urilish va tanasining silkinishi, siqilishi, cho’zilishi va sirpanishi tufayli sodir 
bo’ladi, ammo fazaning miqdori, barcha ko’rsatilgan mexanizmi jarohatlanishning 
ko’rinish darajasiga bog’liq bo’ladi.
Kompleks jarohatlanishlarning yuzaga kelish mexanizmini, har bir 
avtomobildan jarohatlanish uchun xarakterli belgilarni bilish faqatgina sud 
tibbiyoti ekspertlari uchungina emas, balki travmatolog va xirurglar uchun ham 
zarurdir, chunki jabrlanuvchiga ular tomonidan tibbiy yordam ko’rsatishda o’z 
ifodasini topadi. Klinik va sud tibbiyoti ekspertizasi tashxisini solishtirishda 
transportdan jarohatlanishda hatto yuqori malakali tibbiyot muassasalarida ham 
tashxislarning anchagina foizini bir-biriga to’g’ri kelmasligi ko’zga tashlanadi.
Jarohatlanishga to’liq va aniq tashxis qo’yilmasligi vrachlar-klinitsistlarning 
bu soha bo’yicha bilimlarining etishmasligidir. Jabrlanuvchida jarohatni qidirishda 
tez va maqsadga muvofiq yo’nalish aniq ishni holati to’g’risida solishtirish asosida 
amalga oshirilishi zarur.
Bunda vrach jabrlanuvchini kasalxonaga olib kelganda qaysi avtomobildan 
jarohatlanishni o’ziga xos mexanizmi yuzaga kelishiga ahamiyat berishi kerak.
1. Harakatlanuvchi avtomobildan odamni urilishi tufayli jarohatlanish 
hozirgi davrda anchagina ko’proq uchraydi va u avtomobildan jarohatlanishning 
50-foizidan ko’pini tashkil qiladi.
Jarohatlanishning bu turida tan jarohatlarining yuzaga kelishi asosiy 
mexanizmi mashina qismlari bilan urilishi va unga binoan tananing chayqalishi 
hisoblanadi. Yo’lovchilarning avtomobil Bilan to’qnashuvi 3 variantga bo’linadi: 
bunda urilish oldingi, yonbosh yoki harakatlanuvchi mashinaning orqa yuzasi bilan 
sodir bo’ladi. Ko’pchilik hollarda avtomobilning oldingi yuzasi bilan urilish 
101


kuzatiladi. Bunga avtomobilning bamperi, radiator qoplamasi, kapotning oldingi 
qirrasi, faralar, qanoti bilan urilishlar misol bo’la oladi (21 rasm.).

Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   577




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish