17-rasm. Boshi bilan balandlikdan
yiqilganda
kalla
gumbazida bo’lakchali
sinishlar.
Yassi yuzaga yiqilish.
Balandlikdan yiqilishdan tashqari, yassi yuzaga
yiqilish ham uchraydi. Ko’pincha bunday yiqilishlar ko’chada, ayniqsa qish
paytida sodir bo’ladi. Jarohatlanishlarning bunday turlarida tananing yuqori va
pastki qismi suyaklari sinishlari, bosh miyaning chayqalishi va lat eyishi, ba’zan
kalla suyaklarining sinishi, ayrim hollarda ichki organlarning yorilishi kuzatiladi.
Tashqi jarohatlanishlar odatda shilinish va qontalashlar bilan chegaralanadi. Lat
egan yara ancha kam uchraydi. Yana bir xarakterli tomoni shundaki, yassi yuzaga
yiqilganda tananing umumiy chayqalishidan jarohatlanish sodir bo’lmaydi. Bu o’z
navbatida balandlikdan yiqilish va transportdan jarohatlanishlarni farqlashda
ko’maklashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |