Tsitologik usul bilan sperma borligini aniqlash
amaliyotda uncha keng
qo’llanilmaydi, biroq ayrim sud tibbiyoti tsitologlari spermatozoidlarni faqat
boshiga, uni o’lchamlari, shakli va o’ziga xos tuzilishiga qarab aynan o’xshatish
mumkin deb hisoblaydilar.
16.12. Ashyoviy dalillarning qo’shimcha tibbiy-kriminalistika usullari
603
yordamida sud tibbiyoti ekspertizasi
16.12.1. Tana va kiyimlardagi o’tmas va o’tkir vositalar tomonidan etkazilgan
jarohatlarni aynan o’xshatish hamda guruhlarga aloqadorligini aniqlash
Istagan predmetni xarakterlovchi belgilar guruhli va alohida turlarga
bo’linadi.
Guruhli belgilar predmetning ma’lum turiga xos bo’lib, ular bunday
predmetlarni boshqa predmet turlaridan farqlash imkoniyatini beradi.
Alohida belgilar ushbu predmet turini xuddi shunga o’xshash turlardan
farqlashda ahamiyatga egadir.
Bir biri bilan yoki atrof muhit bilan o’zaro ta’sir qilganda predmetlar har xil
izlar hosil qiladi yoki yuzaga keltiradi.
Izlarni o’rganuvchi fanga
trasologiya
deyiladi. Trasologiyada izlar deb, bitta
predmetni tashqi tuzilishi tasvirini boshqa predmetda izohlanishi natijasidagi
o’zgarishga aytiladi. Iz qoldiruvchi predmetga iz qoldiruvchi, a izi bo’lganiga esa
iz qabul qiluvchi deb ataladi. Uning izdagi belgilariga qarab ob’ektni aynan
o’xshashligi aniqlaniladi. Bunga identifikatsiya (aynan o’xshashlik) deyiladi.
Bunday ekspertizani ekspert-kriminalistlar tomonidan o’tkaziladi.
Biroq o’xshatishning alohida turlari sud tibbiyoti ekspertizasi byurosining
tibbiy-kriminalistika bo’limida o’tkaziladi. Maxsus qoidaga muvofiq tibbiy-
kriminalistika bo’limida ekspertizaning quyidagi turlari o’tkaziladi:
1) odam tanasi va kiyimlarida o’tmas va o’tkir vositalar, o’q otar qurollari,
elektr toki va boshqalarda jarohatlanishlar xarakteri va hosil bo’lish
mexanizmini aniqlash;
2) odam tanasi va qiyimlaridagi jarohatlanishlarga qarab jarohatlovchi
predmetni aniqlash;
3) suyak qoldiqlariga binoan turlarga aloqadorligini, shuningdek ko’milish
vaqtini aniqlash;
4) rentgenologik va antropometrik usullar orqali yoshini aniqlash;
604
5) kiyimda qon dog’ini shakllari va hosil bo’lish mexanizmi, jarohatlovchi
asboblar va boshqa sud tibbiyoti eksperti ob’ektlarini aniqlash.
Bunday ekspertizalar sud tibbiyoti sohasida va boshqa kerakli fanlar
(antropologiya, kriminalistika va boshqalar) bo’yicha etarlicha bilimga ega bo’lgan
mutaxassis vrachlar tomonidan bajariladi.
Yuqorida ko’rsatilgan savollarni echish uchun tibbiy-kriminalistika
bo’limining sud tibbiyoti ekspertlari ko’pgina maxsus tekshiruv usullari, jumladan
o’lchash, mikroskopik, rentgenologik, fotografik, kimyoviy, spektrografik va
boshqalardan foydalanadilar. Ekspertizaning har bir aniq turida tekshiriluvchi
ob’ektning xususiyatlari va echilishi zarur bo’lgan savollarning xarakteriga qarab
tekshiruv usullari to’plami aniqlaniladi.
Jarohatlangan tirik shaxslar va murdalarni sud tibbiyoti ekspertizasini
o’tkazishda vrach doimo qaysi predmet (asbob) bilan jarohatlanish etkazilganligi
to’g’risidagi savolni echadi. Biroq tirik to’qimalarning xususiyatlari (teri, shilliq
parda, ichki organlar) shundaki, ularning jarohatlanishida odatda guruhli
ahamiyatli belgilar, birgina predmetga emas, balki bir xil guruh predmetlar
(o’tmas, o’tkir vositalar, o’q otar qurollari) uchun ham xarakterli bo’ladi. Faqat
kam hollarda, odatda jarohatlangan suyaklar va tog’aylarda alohida belgilar qolishi
hamda bunga qarab jarohat etkazuvchi predmet (asbob) ni aynan o’xshashligi
aniqlanilishi mumkin.
Odam tanasi va kiyimlaridagi jarohatlanishlarga qarab predmet va
asboblarni aynan bir xilligini solishtirma tekshiruv orqali qon izlari, hujayra
qoplamalari va shu predmetlarda bo’lgan tekstil tolalarini yo’qolishiga olib kelishi
ko’rinadi. Shuning uchun ham solishtirma tekshirishgacha bunday ashyoviy
dalillarni topish va tegishli tekshiruv o’tkazishda sud tibbiyoti laboratoriyasida
serologik va tsitologik usullarni o’tkazish tavsiya qilinadi.
Tanasi va kiyimlarida jarohatlanishlarga qarab predmet, asboblarni bir xilligi
va guruhlarga aloqadorligini aniqlash trasologik identifikatsiyalanish usuliga
asoslanadi.
Har bir tirik yoki tirik bo’lmagan tabiatli ob’ekt shunday tashqi tuzilish
605
belgilariga egaki, ular bu ob’ektni o’ziga xos, takrorlanmaydigan, o’ziga o’xshagan
barcha boshqalaridan farqlanish qobiliyatini namoyon qilib identifikatsiyalanish
asosini tashkil qiladi.
Bunday belgilar iz qoldiruvchi predmetlardagi izlarda o’z aksini topadi va
o’zida iz qoldiruvchi predmetlardagi izlarga qarab aynan o’xshatish imkoniyatini
beradi.
Identifikatsiyalash ekspertizasi odatda 2 etapda o’tkaziladi. Birinchi etapda
tekshiriluvchi ob’ektlar, masalan voqea sodir bo’lgan joydagi iz va
tenglashtiruvchi iz yoki predmet, alohida o’rganiladi, biroq keyin umumiy tuzilish
belgilari bilan solishtiriladi. Umumiy belgilar farqlanganda bu belgilar guruhli yoki
individual bo’lishidan kat’iy nazar aynan o’xshashlik yo’qligi to’g’risidagi
xulosaga kelish mumkin. Bunday hollarda shu etapda tekshiruv to’xtatiladi.
Umumiy belgilar bir-biriga to’g’ri kelganda ekspertiza davom ettiriladi.
Ikkinchi etap xususiy belgilar (tafsilot) ga qarab ob’ektni solishtirish va
tekshirishdan iborat. Bir xil ismli tafsilot borligi, ularning nisbatan joylashishi,
tashqi tuzilishining xususiyatlari solishtiriladi.
Solishtirish jarayonida asbob bo’lganda ko’pincha tekshirishda tajriba
o’tkazish zaruriyati tug’iladi. Bunda ma’lum sharoitda asbobning tashqi tuzilishi
xususiyatlarining tasviri tajribada aniqlaniladi. Tajriba izlari keyinchalik
solishtirma tekshirishda foydalaniladi.
Dinamik izlarni tekshirishda (siljish, kesish) tajriba odatda tekshiriluvchi
izlar faqatgina bir xil ob’ektlar bilan solishtirilibgina qolmasdan, balki uni tajriba
izlari bilan ham solishtiriladi. Tajriba o’tkazish sharoiti tekshiriluvchi iz hosil
bo’lish sharoitiga maksimal yaqinlashuvi zarur.
Qator bir biriga o’xshash ob’ektlarni tekshirishda farq topilmasa, faqat
guruhli belgilar to’g’ri kelganda ob’ektni guruhlar (turlar) ga aloqadorligi haqidagi
xulosa uchun asos bo’la oladi. Umumiy va xususiy belgilar to’g’ri kelganda hamda
farq bo’lmaganda, ularning yig’indisi shu aniq ob’ekt uchun individual bo’lsa
o’xshashlik haqidagi xulosaga kelish mumkin.
Asbob izlarini ekspertizasida quyidagi solishtirish tekshiruvini texnik
606
usullari qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |