Sochga taxmin qilingan ob’ektlarning topilishi.
Ko’pchilik hollarda odam
o’ldirish, o’g’irlik, avtomobil halokatlari paytidagi jinoiy qidiruv ishlarida
sochlarni aniqlash masalasi turadi.
Ko’pchilik hollarda sochni topishda uncha qiyinchilik tug’ilmaydi, biroq
buning uchun katta ehtiyotkorlik va aniq bir maqsadga yo’naltirilganlik talab
qilinadi. Sochni izlash uchun yaxshi yorug’lik zarur. Barcha shubhali ob’ektlar
barmoqlar yoki rezina qoplangan pintset yordamida olinadi va qog’ozli paketlarga
solinadi. Xar xil joyda topilgan sochlar, albatta, har xil paketlarga joylashtirilib
ularning ustiga yoziladi hamda uni qaerdan olinganligi ko’rsatiladi. Har bir joydan
ko’proq soch yig’ilgani ma’qul.
Do'stlaringiz bilan baham: |