Ateroskleroz –
organizmning ko’pgina sistemalari hamda yirik va o’rta
kalibrli tomirlar devoridagi moddalar almashinuvining o’zgarishi, metabolik
o’zgarishlar birinchi o’ringa o’tib qoladigan kasallikdir. Aterosklerozning avj
542
olishida angiospastik o’zgarishlar ham muhim rol o’ynaydi, lekin ular, aftidan,
angioretseptorlarning to’planib qolgan lipidlardan ta’sirlanishiga javoban
ikkilamchi tartibda ro’y beradi.
Gipertoniya kasalligi bilan aterosklerozni bir-biriga yaqinlashtiradigan ba’zi
umumiy belgilar bo’lsa-da, ikkala kasallikning juda aniq ifodalangan turlari ham,
ularning kombinatsiyalari ham klinitsistlar bilan patologoanatomlarga ma’lumdir.
Shu munosabat bilan ana shu ikkala kasallikning hamma variantlarini yagona
angionevrozlarga kiritish mumkin degan ayrim tadqiqotchilarning fikriga qo’shilib
bo’lmaydi. Bunday fikr ateroskleroz xususida ham, gipertoniya kasalligi xususida
ham ilmiy jihatdan asoslangan profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chiqishga imkon
bermaydi, chunki bularning avj olishida angiopastik faktorning ahamiyati bir xil
emas.
Gipertoniya kasalligining asoratlari tomirlardagi o’zgarishlar va organdagi
ikkilamchi o’zgarishlarga bog’liqdir. Uremiyaga olib keladigan buyrak
etishmovchiligi, miya yoki pardalariga qon quyilishi, miokard infarkti, yurakning
o’tkir anevrizmasi va yorilishi, aortaning klapan ustidan yorilishi hammadan
muhim va xatarli asoratlar bo’lib, ko’pincha bular bemorlar to’satdan o’limining
sababchisi bulib hisoblanadi. Shuning uchun ham sud tibbiyoti ekspertlari
gipertoniya kasalligi bilan kasallanib o’lgan bemorlar murdasini kesib ko’rishda
yuqoridagilarga, albatta, ahamiyat berishlari zarur.
Ayrim hollarda ko’z pardalarining tomirlari shikastlanishi munosabati bilan
ko’z xiralashib qolishi, to’r pardasi ko’chishi mumkin, meda-ichak yo’li tomirlari
shikastlanganida ichak, o’t pufagi devorlari nekrozga uchrab yorilishi, peritonit
ro’y berishi mumkin.
Gipertoniya kasalligining navbatdagi krizislari paytida anevrizmalar paydo
bo’lib yorilishi, arteriyalarda (miya, ichak tutqichi, oyoq arteriyalari va
boshqalarda) trombozlar paydo bo’lishi va qon aylanishi jiddiy ravishda izdan
chiqishi mumkin.
Gipertoniya kasalligida bemorlarning o’limiga sabab, odatda, yuqoridagi
aytib o’tilgan asoratlar bo’lishligini barcha sud tibbiyoti ekspertlari va
543
patologoanatomlar unutmasliklari kerak. O’tkir yoki surunkali yurak
etishmovchiligi, uremiya va bosh miyaga qon quyilishi o’limga hammadan ko’ra
ko’proq sabab bo’lishligini alohida ta’kidlashni lozim, deb hisoblaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |