15.7.5. Zo’raki o’limning alohida turi to’g’risidagi masalani echishda sud
tibbiyoti ekspertining o’rni
Sud tibbiyoti ekspertizasini o’tkazuvchi vrach tibbiyot bilimlari bilan
chegaralangan holda o’z huquqidan tashqariga chiqmasligi kerak. Shuning uchun,
ham zo’raki o’limning alohida turi (odam o’ldirish, o’z o’zini o’ldirish va baxtsiz
hodisa) haqidagi savolni echa olmaydi. Vrach bu masalani echishda sud va tergov
organlariga yordam ko’rsatib, faqat jabrlanuvchi o’z qo’li bilan o’ziga jarohat
etkazish mumkinligi va mumkin emasligini aniqlaydi. Ayrim hollarda
jabrlanuvchini o’ziga o’zi jarohat etkazishi mumkin emasligi to’g’risidagi qat’iy
qarorga kelish imkoniyati tug’iladi. Biroq har qanday o’z qo’li bilan o’ziga
etkazilgan jarohatning bo’lishi, boshqa kishi tomonidan etkazilishi ham mumkin.
Bu masala quyidagi ma’lumotlar yig’indisiga, xususan yaraning joylashuvi, yara
kanalining yo’nalishi, jarohatlanishning xarakteri va og’irligi, ko’pligi, kattaligi va
boshqalarga qarab echiladi.
485
O’z qo’li bilan etkazilgan jarohatlanish uchun xarakterli jarohatlanishni
hammabop joyda joylashuvi va etkazilishida qandaydir texnik moslamalarning
qo’llanilmasligi xarakterlidir.
Bunda yaraning o’lchamlari va shakliga e’tibor berilishi zarur. Shuningdek
bo’yindagi kesilgan yaralarni kim tomonidan etkazilganligi to’g’risida juda qiyin
tasavvurlanadi, chunki o’zini o’zi o’ldirish hollarida ba’zan umurtqa
pog’onasigacha etib boradigan kesilish tufayli keng jarohatlanish kuzatiladi.
Bilagining pastki qismi oldingi yuzasida kesilgan yaraning bo’lishi yoki tirsak
chuqurchasidagi kesilgan yara odatda ularni o’z qo’li bilan etkazilganligini
ko’rsatadi.
O’zini o’zi o’q otar qurollari bilan jarohatlaganda odatda kirish teshigi
boshining o’ng chekka sohasida yoki ko’kragi oldingi yuzasining chap tomonida
bo’lishi yoki tirab otish hamda yaqin masofadan otish belgilari ko’zga tashlanadi.
Biroq bunday jarohatlanishlar odam o’ldirishni niqoblash maqsadida boshqa kishi
tomonidan etkazilgan bo’lishi ham mumkin. Shunday holatlar ma’lumki, qurol o’z
o’zini o’ldirgan odamdan uzoqroqda topilgan, ammo uzoq masofadan har xil
moslamalar tomonidan otilganligi aniqlanilgan.
Ko’pincha murdada kurashish va himoyalanish izlarini topish masalasi ham
ancha murakkabdir. Bunday jarohatlanishlarni aniqlashda uning xarakteri,
joylashuvi, yara kanalining yo’nalishi va boshqalar nazarda tutiladi. Qo’l kafti va
barmoqlarning kaft yuzasidagi kesilgan yaralar kesuvchi vositalardan
himoyalanish maqsadida mahkam ushlash tufayli sodir bo’ladi. Jarohatlanishlarni
kurashish belgilariga tishlab olish, shilinishlar, qontalashlar, tananing oldingi qismi
va yuzidagi yaralar misol bo’la oladi. Kurashish to’g’risidagi ayrim ma’lumotlarni
kiyimini tekshirishda (tugmalari uzilganligi, kiyimlarining oldingi yuzasidagi
to’qimalarning yirtilishi) ham kuzatish mumkin. Qonning joylashuvi, shakli, oqish
yo’nalishi va boshqa izlari jabrlanuvchining jarohatlanish paytidagi holati haqida
ma’lumot berib, bu ham qisman kurashish sodir bo’lganligidan darak beradi.
Biroq shuni unutmaslik zarurki, jarohatlanish faqat kurashish va
himoyalanish uchungina xarakterli emas. Shuning uchun ham ekspert bunday
486
savolga qat’iy shaklda javob bermasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |