inspirator xansirash
deyiladi. Taxminan
bir minutdan keyin inspirator xansirash
ekspirator xansirash
bilan almashinadi.
Bunda nafas chiqarish nafas olishga qaraganda ustunlik qiladi. Bu davrning oxirida
203
kuchli klonik talvasalanish boshlanib o’ziga bog’liq bo’lmagan holda axlati va
siydigi ajraladi. Pauza davrida nafas olish to’xtaydi, reflekslari, og’riqni sezish va
taktil sezuvchanligi yo’qoladi, ammo yurakning qisqarishi saqlanadi. Bundan
keyin terminal nafas olish davri boshlanadi. Bu davrda havo etishmovchiligi
tufayli tez va kalta-kalta nafas olish kuzatiladi. Bu davr tugagach, beshinchi davr
nafas olishning to’liq to’xtashi ko’zga tashlanadi. Bu davrda yurak urishi
tezlashadi va kuchsizlanib, ko’pincha asfiksiya boshlangan davrdan 5-8 minut
o’tgach to’xtaydi, o’lim sodir bo’ladi. Ko’pincha nafas olish to’xtagandan keyin
ham yurak urishi 15-30 minutgacha davom etadi. Yuqorida ko’rsatilgan vaqt
asfiksiyaning turi, rivojlanishining ayrim holati va organizmning individual
xususiyatlariga qarab o’zgarishi mumkin.
Asfiksiyaning rivojlanish jarayonida qon aylanish keskin buzilishi ko’zga
tashlanadi. Yurak muskullariga o’tkir kislorod etishmasligidan yurakning
qisqarishi susayadi hamda arterial bosim kamayadi. O’pkadan qonni oqib ketishi
qiyinlashishi tufayli yurakning o’ng tomoni qon bilan to’lib, g’ovak venalardan
qonni oqib ketishi qiyinlashadi. Buning natijasida venoz sistemasi qon bilan
to’lishib ichki organlar to’laqonli bo’lib qoladi. Ayrim yurak-qon tomiri
kasalliklarida asfiksiyaning o’tishi yurakning to’xtab qolishi nafas olishning
to’xtashiga qadar sodir bo’ladi.
Mexanik asfiksiyada markaziy nerv sistemasi funktsiyasining og’ir buzilishi
bilan birga davom etadi. Asfiksiyaning birinchi minuti oxiri va ikkinchi minutining
boshida xushini yo’qotadi, bo’yin tomirlari siqilganda, ayniqsa osilish paytida
yanada oldinroq xushini yo’qotish kuzatiladi. Agar asfiksiya sekinlik bilan
rivojlansa xushini yo’qotish bilan birgalikda ko’rish, eshitish hamda og’riqni
sezish qobiliyati ham yo’qoladi.
Mexanik asfiksiya uchun barcha mushaklarda qisqarishlar (talvasalar)
tufayli va aktiv harakat qilish qobiliyatini yo’qotilishi ham xarakterli hisoblanadi.
Ichak va siydik pufagi silliq mushaklari qo’zg’aluvchanligi oshishi hamda
sfinktorlarning kuchsizlanishidan odamni o’ziga bog’liq bo’lmagan holatda axlati
va siydigini chiqib ketishi kuzatiladi. Shu sababga ko’ra erkaklar spermasi ham
204
ajralishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |