Jarohatlanish turi
anatomik xarakteriga binoan ko’rsatiladi (shilinish,
qontalash, yara, sinish va boshqalar).
Shakli.
Odatda jarohatlanish shakli chiziqsimon yoki geometrik figura
shakli bilan solishtiriladi (yumaloq, oval, yulduzsimon va boshqalar) va harf
shaklida ko’zga tashlanadi. Yaraning chetlari bir-biriga yaqinlashtirilgunga qadar
va undan keyin uning shakli aniqlaniladi. Bunda to’qima defekti borligi yoki
yo’qligi albatta ko’rsatiladi.
Uzunligi.
Jarohatlanishning umumiy uzunligi ikkita bir-biriga nisbatan
perpendikulyar chiziqda aniqlaniladi. Yulduzsimon va G-simon yara markazdan
nursimon tarqaluvchi yoriqchasimon shakldagi uzunlikka ega bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |