5-Varyant
Gapni to‘g‘ri to‘ldiring. Moddiy nuqtaning o‘z harakati davomida chizgan chizig'i (qoldirgan izi) ... deb ataladi. 1) ko'chish; 2) traektoriya; 3) yo`l.
A) 2. B) 3. C) 1. D) 1, 2. E) 2, 3.
Ikkita samolyot bir-biriga tomon 1800 km/h va 400 m/s tezlik bilan uchmoqda. Ularning bir-biriga nisbatan tezligi qanday (m/s)?
A) 100. B) 900. C) 1100. D) 1400.
Reaktiv samolyot 340 m/s tezlik bilan tekis va to'g'ri chiziqli uchmoqda, Uning 0,1 soatdagi ko'chishi modulini toping (km).
A) 140. B) 120. C) 220. D) 240.
9 km/h tezlik bilan ketayotgan velosipedchi yonidan 45 km/h tezlik bilan qarshi yo'nalishda kelayotgan 540 m uzunlikdagi avtokolonna qancha vaqtda o'tadi (s)?
A) 54. B) 36. C) 15. D) 10. E) TJY.
To‘g‘ri chiziqli tekis tezlanuvchan harakatda tezlik vektorining.....
A) moduli va yo‘nalishi o'zgarmas saqlanadi.
B) moduli tekis kamayib, yo‘nalishi о`zgarmaydi.
C) moduli tekis oshib, yo‘nalishi o‘zgarmay qoladi.
D) moduli va уo‘nalishi uzluksiz o'zgarib turadi.
72 km/h tezlik bilan harakatlanayotgan avtomobil tormozlanganda 4 s dan so‘ng to‘xtadi. Tormozlanish vo‘lini toping (m).
A) 20. B) 40. C) 80. D) 144.
Harakat tenglamasi x=-20+5t-0,2t2 ko‘rinishga ega. Harakatni tavsiflovchi kattaliklar: boshlang‘ich koordinata boshlang‘ich tezlik υ0, tezlanish a aniqlansin.
A) =0, =-20 m/s, a=5 m/s2 .
B) =0, =-20 m/s, a=5 m/s2 .
C) =20 m, =5 m/s, a=0,4 m/s2 .
D) =-20 m, =5 m/s, a=-0,4 m/s2 .
Berilgan grafikdan foydalanib, tezlikning t1=2 s dan t2=6 s gacha bo‘lgan vaqt intervalidagi o‘zgarishini toping (m/s).
A) 2. B) -2. C) 0. D) 1. E) -l.
Erkin tushayotgan jism 7 m/s boshlang‘ich tezlikka ega bo‘lsa, u 2 s dan keyin qanday tezlikka (m/s) erishadi? g=9,8 m/s2 .
A) 14. B) 28. C) 19,6. D) 26,6.
4 m/s tezlik bilan yuqoriga tik otilgan jismning tezligi necha metr balandlikda 2 marta kamayadi?
A) 8. B) 4. C) 0,4. D) 0,6. E) 2.
Avtomobil yo‘lning birinchi yarmini 20 m/s tezlik bilan, ikkinchi yarmini 30 m/s tezlik bilan o‘tdi. Avtomobilning butun yo`ldagi o‘rtacha tezligi qanday (m/s)?
A) 50. B) 25. C) 10. D) 23. E) 24.
Biror balandlikdan gorizontal otilayotgan jismning otilish tezligi 2 marta oshirilsa, uning harakatlanish vaqti qanday o‘zgaradi?
A) 2 marta ortadi. B) 2 marta kamayadi. C) o'zgarmaydi. D) 4 marta ortadi.
Jism gorizontga 30° burchak ostida 20 m/s boshlang‘ich tezlik bilan otildi. Boshlang‘ich tezlik vektorining gonzontal va vertikal tashkil etuvchilari qanday (m/s)? sin30°= 0,50; cos30°=0,87.
A) 10 va 17,3. B) 10 va 10. C) 17,3 va 17,3. D) 17,3 va 10. E) 10 va 0.
Mototsiklchi zovurning baland qirg`og`idan kelyapti. Zovurdan sakrab o`tishi uchun qirg`oqdan ajralish momentida mototsiklchi qanday minimal tezlikka ega bo`lishi kerak (m/s)? h=2 m, s=3 m, α0=450 .
A) 3 . B) 3 . C) 3. D) 2.
Jism aylana bo‘ylab tekis harakat qilmoqda. Agar aylana radiusi о`zgarmasdan, jism tezligi 3 marta kamaysa, markazga intilma tezlanish qanday о`zgaradi?
A) 9 marta kamayadi.
B) 3 marta ortadi.
C) 3 marta kamayadi.
D) 9 marta ortadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |