Tibbiyot instituti talabalari uchun


Homila va chaqaloqlar o’limining sabablari



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet449/577
Sana14.02.2022
Hajmi6,49 Mb.
#448516
1   ...   445   446   447   448   449   450   451   452   ...   577
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

Homila va chaqaloqlar o’limining sabablari.
Homila va chaqaloqlar 
o’limi zo’raki va zo’raki bo’lmagan o’limlarga bo’linadi. Zo’raki bo’lmagan 
o’limga tug’ilguncha, tug’ilish payti va tug’ilgandan keyingi o’limlar kiradi.
Zo’raki o’lim, odatda, bola tug’ilgandan keyin, juda kam hollarda tug’ish 
paytida va tuqqandan keyin kuzatiladi.
Tug’ilgunicha homilaning zo’raki bo’lmagan o’limi homilador 
organizmining kasallik holati tufayli sodir bo’lib, bunga o’tkir yuqumli kasalliklar 
(gripp, pnevmoniya va boshqalar), surunkali kasalliklar (bezgak, zaxm), 
homiladorlik toksikozi, yurakning dekompensatsiyalashgan nuqsonlari va 
shuningdek homila ayrim nuqsonlarining rivojlanishi kiradi. Chaqaloq 
tug’ilgunicha homila zo’raki bo’lmagan o’limining sababchisi yo’ldoshning 
oldinda joylashuvidan ona ichi asfiksiyasi, yo’ldoshning infarkti, uning ko’chishi, 
kindik tizimchasining tugunsimon bog’lanishi, siqilishi yoki bo’yin atrofida o’ralib 
qolishi hisoblanadi. Homilaning asfiksiyadan o’limida ko’pchilik hollarda 
qandaydir xarakterli belgilarni topish imkoniyati bo’lmaydi. Bunda faqat tez 
o’limning belgilari aniqlaniladi. Ba’zan bosh miyada qon aylanishining o’tkir 
buzilishi tufayli kalla suyagi ichiga, asosan miyaning yumshoq pardasiga qon 
quyilish kuzatiladi. Ona ichi asfiksiyasi belgilari, shuningdek homila oldi suvini 
massiv yutilishi va homila pufagi bo’shlig’idan ko’p miqdorda mekoniya chiqishi 
tufayli sodir bo’ladi. Tug’ilish paytida etilgan homila yo’g’on ichagi mekoniya 
bilan to’lgan bo’lib, uning diametri 2-3 sm gacha etadi. Bunda yo’g’on ichakni 
qisman yoki deyarli to’liq mekoniyadan bo’shashi tufayli uning bo’shlig’i 
puchayib qoladi va devorining diametri bir necha mm gacha qisqaradi.
Tug’ish paytida o’lim ko’pincha tug’ma jarohat tufayli yuzaga keladi. 
Chaqaloq boshini tug’ish yo’llarida kuchli siqilishi tufayli kalla suyagida 
yorilishlar va siqilib sinish, ko’pincha tepa suyagida radiar yorilishlar, kamroq 
peshona va tepa suyagida siqilib sinishlar kuzatiladi. Bu sinishlarni tuqqandan 
keyingi jarohatlanishlardan farqi, tug’ish paytidagi jarohatlanishda yara 
topilmaydi. Tug’ish paytidagi jarohatlanishda ko’pincha kalla suyagining sinishlari 
tufayli uning ichida qon quyilishlar ko’zga tashlanadi. Biroq miya pardasi va miya 
515


ichiga massiv o’limga olib keluvchi qon quyilishlar miyacha chodiri yorilishi yoki 
miyani qattiq pardasi katta o’roqsimon o’simtasini yirtilishi tufayli sodir bo’ladi.
Tug’iluvchi homila onasining o’zini yordamida ham jarohatlanishi mumkin. 
Bunday hollarda yuzi, bo’ynida shilinishlar, og’zini burchagida yorilishlar va 
boshqalar ko’rinadi. Ularning paydo bo’lishi bola tug’ilishini tezlashtirishga 
urinish bilan bog’liq.
Chaqaloqni zo’raki bo’lmagan o’limi tug’ilgandan keyin chuqur chalalik 
tufayli, hayotga to’g’ri kelmaydigan tug’ma nuqsonlar borligi, tug’ma 
toksoplazmoz va chaqaloqning gemolitik kasalligidan rivojlanishi mumkin.
Homila tug’ilgunicha va tuqqandan keyingi zo’raki o’lim juda kam 
uchraydi. Odatda u mexanik jarohatlanishlar natijasida paydo bo’ladi. Biroq 
zaharlanishdan o’lim hollari, masalan, homilador ayollarning tuqquniga qadar etil 
spirtini ichgan hollari ham yozilgan (Kuznetsov L.E., 1981).
Chaqaloqlarni zo’raki o’limi bola o’ldirish, chaqaloqni o’ldirish yoki baxtsiz 
hodisalar bilan bog’liq. Ekspert o’zining xulosasida topilgan jarohatlanishlarning 
hosil bo’lish mexanizmini yozishi va tug’ish paytidagi sodir bo’ladigan 
jarohatlanishlar bilan farqlash yoki ona tomonidan bolani tug’ilgandan keyingi 
yordam tufayli jarohatlanish bilan solishtirish to’g’risidagi ma’lumotlarni 
ko’rsatishi zarur.
Bola o’ldirish 2 turga bo’linadi:
1) aktiv bola o’ldirish;
2) passiv bola o’ldirish.
Aktiv bola o’ldirish deganda chaqaloqlarga nisbatan qandaydir kuch 
ishlatilishi tushuniladi va bu har xil usullar bilan amalga oshiriladi. Bunda 
ko’pincha chaqaloqning o’limi mexanik asfiksiyadan, jumladan burun va og’iz 
bo’shlig’ini yopilishi (qo’l va yumshoq predmetlar), nafas yo’llariga yot jismlar 
tiqilishi (latta, qog’oz va boshqalar) bo’ynini qo’l, sirtmoq bilan bo’g’ilishi, 
ko’kragi va qornini siqilishi (bosilishi) va cho’kishi tufayli kuzatiladi.
O’tkir va o’tmas vositalar bilan etkaziluvchi mexanik jarohatlanishlar 
nisbatan kam uchraydi. Agar chaqaloq murdasi kalla suyagi va bosh miya 
516


jarohatlanishi topilganda uni tug’ma jarohatlanish va jadallashtiruvchi tug’ish 
paytidagi jarohatlanish bilan solishtirilishi zarur.
Ba’zan yuqorida keltirilgan harakatlar o’lik tug’ilgan yoki tiriklik 
qobiliyatiga ega bo’lmagan chaqaloqlarga nisbatan ham amalga oshirilishi 
mumkin.

Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   445   446   447   448   449   450   451   452   ...   577




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish