Tibbiyot instituti talabalari uchun



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/577
Sana14.02.2022
Hajmi6,49 Mb.
#448516
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   577
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

Buralib sinish
– suyaklar sinishining kamdan-kam uchraydigan turiga 
kiradi. Ko’pincha bunday to’g’ridan-to’g’ri bo’lmagan sinishlar son va boldir 
suyaklarida oyoq kafti mahkam o’rnashganda odam tanasining keskin buralishi 
tufayli sodir bo’ladi. Bu ayniqsa chang’ichilarda yaqqol ko’zga tashlanadi. Bunda 
sinish chizig’i vintsimon shaklda bo’ladi.
50


Uzilish 
– sinish mexanizmining kamdan-kam uchraydigan turi bo’lib, bunda 
muskulning kuchli qisqarishi tufayli suyakning pay bilan birikkan turtib chiqqan 
joyi uzilib ketishi mumkin.
Ayrim sinishlar, masalan burun suyagi, bilak suyaklari va boshqalar uncha 
katta bo’lmagan kuch ta’sirida sodir bo’lishi mumkin. Boshka sinishlar (chanok 
suyaklari, son suyaklarning diafizi, katta va kuchli odamlar umurtqa pogonasining 
ko’krak va bel qismi) ancha kuchli tassurot tufayli sodir bo’lishi mumkin.
Sud tibbiyoti nuqtai nazaridan kalla suyaklari sinishlarini o’rganish muhim 
ahamiyatga egaligini hisobga olish maqsadga muvofiqligini ta’kidlash zarur. Kalla 
suyaklarining sinishi to’g’ri yoki noto’g’ri turlarga bo’linadi. Kalla suyag’ining 
to’g’ri sinishi tashqi ta’sir qiluvchi kuchning yo’naltirilgan joyida paydo bo’ladi. 
Bunga kalla suyagi gumbazi va asosiy qismining: suyak plastinkasining ichki 
qavati, bosilishi, darchasimon, zinapoyasimon va parchalanib sinishlar misol bo’la 
oladi.
Suyak to’qimasi bosilishga juda chidamli bo’ladi, ammo bukilib 
cho’zilishga chidamsizligi ko’zga tashlanadi. Agar ta’sir etuvchi kuch uncha katta 
bo’lmasa, urilish joyida bosilish tufayli tashqi suyak plastinkasi butunligini 
o’zgartirmaydi, ammo ichki suyak plastinkasida cho’zilish tufayli sinish kuzatiladi.
Agar urilish juda katta kuch ta’sirida sodir bo’lsa, bunda kalla suyagining 
yumaloq gumbasi yassilashadi, suyakning bosilgan yuzasi bukiladi va natijada 
bosilib sinish kuzatiladi (6 rasm.)
Bosilib sinishda bosuvchi asbobning yuzasi va shakli saqlanadi va bu 
jarohatlovchi asbobni turini aniqlashda yordamlashadi.
Agar ta’sir qiluvchi kuch ancha yuqori bo’lsa, ammo uning yuzasi uncha 
katta bo’lmasa, natijada asbobning kalla suyagiga tekkan joyida tuynuksimon 
sinish kuzatiladi. Kalla suyagining urib sindirilgan joyida ba’zan mayda suyak 
bo’laklari hamda ularning ta’sirida bosh miya moddasi va miya pardasining 
jarohatlanishi ko’rinadi. Ba’zan urib sindirilgan suyak plastinkasi kalla suyagi 
ichiga tushib qattiq miya pardasi yuzasida joylashadi.
Bosilib sinishda ko’pincha yoriqchalar paydo bo’ladi. Yoriqchalarning 
51


joylashish joyiga qarab ta’sir qiluvchi kuchning yo’nalishini aniqlash mumkin. 
Agar kuch yo’nalishi perpendikulyar holda bo’lsa, yoriqchalar bosilish joyidan 
radiusi bo’ylab bir xil yo’nalishda joylashuvi mumkin. Agar ta’sir qiluvchi 
predmet qaysi bir yo’nalish bo’ylab burchak ostida urilganda hosil bo’lgan 
yoriqchalar ham o’sha yo’nalish bo’ylab joylashadi.
Agar yoriqchalar kalla suyagi kompakt moddasining iqkala plastinkasini 
ham egallasa, bunga bir yoqdan ikkinchi yoqqa o’tadigan yoriqchalar deyiladi.
Yoriqchalar hosil bo’lish mexanizmi doimo ham bir xil xarakterga ega 
bo’lavermaydi. O’tmas va o’tkir vositalarning ta’siri tufayli suyaklarning ko’p 
joyidan yorilib ketishi kuzatiladi. Bunda, odatda, yoriqchalarning yo’nalishi ta’sir 
qiluvchi kuchning yo’nalishiga to’g’ri keladi. Ko’pincha yoriqchalar shoxlanib, 
ta’sir qiluvchi kuch qaerdan yo’naltirilishiga qarab o’tkir burchak hosil qiladi.
Kalla suyagining bosilishi yoki urilishi tufayli uning deformatsiyasidan 
suyaklarning uzilishi natijasida yoriqchalar paydo bo’ladi. Bunday yoriqchalar 
ta’sir etuvchi kuch yo’nalishi bo’ylab tarqalib tishsimon, arrasimon shaklga ega 
52

Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   577




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish