Tibbiyot instituti talabalari uchun


 rasm. Murda dog’ida joylashgan qontalashning farqlanishi (teri



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/577
Sana14.02.2022
Hajmi6,49 Mb.
#448516
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   577
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

5 rasm. Murda dog’ida joylashgan qontalashning farqlanishi (teri 
tagi kletchatkasida joylashgan qon uyushmasi).
Jarohatlovchi faktorlarga ko’ra yaralarning sud tibbiyoti tasnifi quyidagicha:
I. O’tmas qattiq vositalar tufayli sodir bo’lgan yaralar:
1) lat egan;
2) yirtilgan;
3) lat eb yirtilgan yaralar.
II. O’tkir vositalar bilan chaqirilgan yaralar:
1) kesilgan;
2) sanchilgan;
3) sanchib-kesilgan;
4) chopilgan;
5) arralangan yaralar.
III.O’q otar qurollari yordamida yuzaga kelgan yaralar:
1) o’qqa oid;
2) sochmali;
3) snaryad parchasidan etkazilgan yaralar.
Bu tasnif yaralarga sud tibbiyoti tashxisi qo’yishda belgilovchi omillardan 
biri hisoblanadi. Ba’zan ezilgan, qiyqimlangan yaralar degan tashxislar qo’yiladi. 
Bu o’z navbatida jarohatlovchi predmetning xarakterini belgilamaydi. Shuningdek, 
47


masalan, ezilgan yara ham o’tmas, ham o’q otar qurollar ta’sirida yuzaga kelishi 
mumkin. Qiyqimlangan yara esa o’tmas, o’tkir vositalar yoki o’q otar qurollari 
yordamida sodir bo’ladi. Shuning uchun ham bunday tushunchalar, qo’shimcha 
tushuncha sifatida foydalanilishi mumkin, masalan, yirtilgan-qiyqimlangan yara.
Yaralarning sud tibbiyotida ahamiyati juda katta. Ularga qarab, jarohatlovchi 
asbobning xarakteri va etkazilgan jaroxatlanish mexanizmi haqida yuqori darajali 
ma’lumotga ega bo’lishimiz mumkin.
Har xil qushimcha tekshiruv usullarini qo’llash tufayli yaralarni shakli, 
o’lchamlari va jarohatlovchi predmetning boshqa o’ziga xos xususiyatlarini, ya’ni 
uning ayrim qismlarini odam tanasini jarohatlangan qismiga nisbatan to’g’ridan 
to’g’ri tegib turishini aniqlashga to’g’ri keladi.
Yaraning o’ziga xos xususiyatini o’rganish ekspertga jarohatlanish 
mexanizmini, jaroxatlovchi predmetning harakat yo’nalishini hamda bu predmet 
bilan kam miqdorda urilish yoki harakatlarni aniqlashda yaqindan yordamlashadi. 
Yaraning joylashgan joyi, uning soni, chuqurligi, jarohatlovchi predmetning 
harakat yo’nalishini o’rganish jarohatlanish o’lgan odamning qo’li bilan 
etkazilganligi haqidagi savolni echilishida yordamlashadi.
Yaralarning o’ziga xos doimiy belgisi undan qon ketishidir. Qonni yara 
atrofida teri qoplamasi va kiyimi bo’ylab oqishi jarohatlanuvchining jarohat 
etkazish paytida qanday holatda turganligini echuvchi savolga javob berishda 
ko’maklashadi.
Sud tibbiyoti amaliyotida ba’zan yaralanish vaqti va yara etkazilgan vaqtini 
aniqlashga to’g’ri keladi. Bu asosan yaraning tiklanish darajasiga qarab 
aniqlaniladi. Yaraning tiklanish jarayoni 3 ta asosiy davrga bo’linadi.
Birinchi davrda nekrotik va yallig’lanishga aloqador o’zgarishlar rivojlanadi. 
Morfologik belgilarini yaralanishdan biroz vaqt o’tgandan keyin kuzatish mumkin. 
Mikroskop tagida muskul to’qimasida nekroz hodisasi 6 soatdan, teri va teri tagi 
kletchatkasida 12-15 soatdan so’ng aniqlaniladi. Nekrozga uchragan 
to’qimalarning hajmi yaralar devorida qon aylanishi buzilishi tufayli birinchi 3 soat 
mobaynida odatda ko’paya boshlaydi.
48


Yallig’lanishning birlamchi ko’rinishlaridan biri travmatik shish va 
leykotsitar infiltratsiyaning bo’lishidir. Odatda 1-2 soatdan keyin qon tomirlari 
devorida leykotsitlarning girdobsimon joylashuvi ko’rinadi. Keyinchalik 
leykotsitlar infiltratsiyasi kuchayib, sutkaning oxiriga borib yakkol ko’zga 
tashlanadi. Nekrozga uchragan to’qima atrofida leykotsitlar yig’indisi hosil 
bo’ladi.
Tiklanishning 2-davrida proliferativ jarayonlar rivojlanib, bu yaralanishdan 
2-3 sutka o’tgach, yosh biriktiruvchi to’qima va qoplovchi epiteliyaning 
proliferatsiyalanishi bilan xarakterlanadi. Bu davr yarani epiteliya bilan qoplanishi 
natijasida tugallanadi. Yarani yopilish muddatlari xilma xildir. Ular yaralarning 
xarakteri, o’lchamlari, yaralarda infektsiyalar bor-yo’qligi hamda organizmning 
umumiy holatiga bog’liq bo’ladi.
Yaralar tiklanishining 3-davrida chandiqlar hosil bo’ladi. Toza chandiqlar 
ushlab ko’rilganda nisbatan yumshoq, qizg’ish-ko’kimtir rangli bo’ladi. Vaqt 
o’tishi bilan ular oqara boshlab, qattiq konsistentsiyaga ega bo’ladi. Mikroskop 
tagida tekshirganimizda chandiqli to’qimada asta-sekinlik bilan kapillyarlar to’ri 
va hujayra elementlari yo’qola boshlab, tolali biriktiruvchi to’qima o’sganligini 
ko’ramiz. 4-5 hafta o’tgach, ko’pincha 3-6 oydan keyin chandiqli to’qimada elastik 
tolalar paydo bo’lib, ularning miqdori vaqt o’tishi bilan ko’paya boshlaydi. 
Chandiqda 6 oy muddatda biriktiruvchi to’qima van-Gizon bo’yog’i bilan biroz 
yorug’roq bo’yalib, atrofdagi dermaga qaraganda ajralib turadi. Oradan 8-12 oy 
o’tgach, chandiq kam o’zgaradi va uning sodir bo’lish vaqtini aniqlash imkoniyati 
bo’lmaydi.

Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   577




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish