Noma’lum murdani va suyak qoldiqlarini shaxsga aloqadorligini aniqlashda
kattagina qiyinchiliklar tug’iladi. No’malum shaxs murdasi o’likxonaga
keltirilgandan keyin uni suratga olinadi.
Murdani kiyimidagi va kiyimsiz holatidagi umumiy ko’rinishi oldidan va
yonboshidan alohida holda yuzi tasvirlangan holda suratga olinadi.
Kerakli
hollarda suratga olishdan oldin murda tozalanadi. Alohida alomatlari (chandiqlar,
tug’ma xollar, tatuirovka va boshqalar) umumiy ko’rinishda rasmga tushiriladi.
Yuzidan gipsli niqob tayyorlanadi. Tanish uchun xarakterli murdani bo’laklangan
ayrim qismidagi belgilar konservatsiya qilinadi va saqlanadi.
Murda boshi (yuzi) ni tashqi qoplamalari chirigan, qurigan,
alanga va
boshqalar ta’sirida jarohatlangan hollarda ularni qayta tiklash zarur. Bunda ayniqsa
quloq suprasi qayta tiklanadi. Murdani holatiga qarab qayta tiklashning usullari
xilma xildir.
Bundan tashqari, bunday hollarda maxsus «tanilmagan murdani kartasi»
tuziladi va murda topilgan joyi, vaqti hamda o’lim sodir bo’lish vaqti (sud tibbiyoti
ekspertizasi ma’lumotlari bo’yicha), shuningdek shaxsni
xarakterlovchi barcha
belgilar to’lig’icha ifodalanadi. Tanilmagan shaxslarning murdalaridan, albatta,
barmoq izlari daktiloskopiya uchun olinadi.
Odatda, o’lgan odamni shaxsini aniqlashda uning tiriklik vaqtidagi surati
bilan o’lgandan keyingisi solishtiriladi. Tekshirish natijasida bu suratlarda bir xil
yoki har xil odam tasvirlanganligi to’g’risidagi savolni echishga to’g’ri keladi.
Tiriklik vaqtida olingan suratda suratga olingan yili va vaqti ko’rsatilgan bo’lishi
kerak. Agar aniq vaqtini belgilash imkoniyati bo’lmasa uni taxminan aniqlaniladi.
Murdani boshini fotosuratini va bedarak yo’qolgan
odamni fotosurati bilan
solishtirma tekshiruvni kriminalist-ekspertlar o’tkazadilar. Biroq, fotosuratlarda
odam shaxsi xossalarini ifodalovchi solishtirma belgilarni to’lig’icha aniqlashda
tibbiy bilimlar talab qilinadi.
Shuni
unutmaslik kerakki, yuzini birgina va xuddi shu qismida har xil
vaqtda olingan bir xil odamning fotosuratini tasvirida ham farqni kuzatish mumkin.
Ular har xil sabablarga, jumladan, yoshini o’zgarishiga, bosh kiyimini kiyish usuli
614
yoki yuz mushaklarining harakati; teatr grimi tufayli qasddan o’zgartirishlar bilan
bog’liq bo’ladi. Bundan tashqari, kasallik yoki organizmning
alohida fiziologik
holati (yuz nervining falajlanishi, homiladorlik va boshqalar),
jarohatlanish va
operatsiyadan keyingi o’zgarishlar bilan ham bog’langan bo’ladi. Shuning uchun
ham ba’zan shaxsni fotosuratlarini bir-biriga tenglashtirishda ancha qiyinchiliklar
tug’ilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: