Tibbiyot instituti pediatriya kafedrasi «tasdiqlayman»


Neofetal yoki embriofetal davri



Download 2,14 Mb.
bet34/80
Sana04.04.2023
Hajmi2,14 Mb.
#924718
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   80
Bog'liq
Maжмуа 3 курс ТПИ 2021 Ахмедова lotin

Neofetal yoki embriofetal davri. Bu davr 2 hafta davom etib, bunda yo’ldosh shakllanib o’z formasini oladi. Bu davrning muhim ahamiyati shundaki, bunda homilaning ko’p ichki a’zolari (bosh miya va endokrin sistemasi) shakllangan bo’lib, yo’ldoshning va yo’ldosh orqali qon aylanishning to’g’ri shakllanishi, homilaning yaxshi o’sishiga zamin yaratadi.
Fetal yoki yo’ldosh davri - Bu davr 9 haftalikdan toki bola tug’ilguncha davom etadi. Bu davr uchun homilaning juda ham tez o’sishi, hamda uning ona organizmi hisobidan, ya’ni yo’ldosh orqali gemotrofik yo’l bilan ovqatlanishi hosdir. Yo’ldosh davrini 2 davrchaga, erta va kechki yo’ldosh davrlariga bo’lgan maqsadga muvofikdir.
Erta yo’ldosh davri - 9 haftadan 28 haftagacha davom etib, bunda homila juda tez o’sib organ to’qimalari takomillashib boradi. Endilikda turli teratogen ta’sirotlar, homila organizmi a’zolarida turli nuqsonlar paydo bo’lishiga olib kelmaydi, ammo ularni o’sishdan orqada kolishiga (gipoplaziya) yoki takomillashishini buzilishiga (displaziya) olib kelishi mumkin. Bu davrda homila organizmida immunitet endi shakllana boshlagani sababli, infektsiya ta’sirotga qo’shuvchi to’kimalar proliferativ reaktsiyasi bilan javob berishi tufayli, jarohatlanish tsirroz yoki fibroz bilan tugashi mumkin. Ammo bola yetilmagan, chala tug’ilishi ham mumkin. Homilada ro’y beradigan bu davrdagi o’zgarish va kasallanishga - «erta fetopatiya» deyiladi.
Kechki fetal davrchasi-28haftadan toki tugash boshlanib, homila atrofidagi suv keta boshlaguncha davom etadi. Homilani bu davrda kasallanishi, bolani vaqtidan ilgari yetilmay, chala tugilishiga homilani vazni va bo’yiga o’sishi orqada qolib, bola vaqtida tug’ilsa ham ozg’in bo’lib tug’ilishiga (tug’ma gipotrofiya) olib kelishi mumkin. Bu davrda homilaga ta’sir etgan infektsiya, shu mikrob ta’sirida kuzatiladigan kasallikka xos bo’lgan morfologik va klinik o’zgarishlarni keltirib chiqaradi. Bundan tashqari organizmida ona sutida yetarli bo’lmasligi mumkin bo’lgan har xil ovqat ingradientlarini zapas holda yig’ila boshlash jarayoni kechadi. Jumladan kaltsiy, temir, mis, vitamin V- 12 larning zapas holda yig’ilishi bir necha oy mobaynida bolaning ovqat balansini yetarlik darajada o’shlab turish imqonini beradi. Bundan tashqari homilalikning ohirgi 10-12 haftalarida homilaning hayot uchun zarur organlarini yuqori darajada morfologik yetilishi va har xil salbiy ta’sirotlarga muhofaza vazifasini takomillashishi, yo’ldosh orqali ona organizmidan immunoglobulinlar xomilaga o’tib, yuqori darajada passiv immunoglobulinlarning yig’ilishi kuzatiladi. Homilalikning ohirgi haftalarida surfaktantni yetilishi kuzatilib, bu o’pkaning hamda nafas yo’llari, hazm a’zo tizimini .epiteliy hujayralarining vazifasini normal darajada bajarilishini ta’minlaydi. Shu sababli biroz bo’lsa ham bolalarning vaqtidan ilgari tugilishi, ularning tashki muxit ta’siriga moslashishiga, har xil kassaliklarga chalinib qolishiga juda ham ta’sir etadi.
Kechki fetal davrachasi, tabiiy, intranatal etapiga o’tib, bu bir me’yorda muntazam dard tuta boshlagan muddatidan, bolani kindigini kesish yoki bog’lash vaqtigacha hisoblanib, 2-4 dan 15-18 soatgacha davom etadi. Bu davrda ba’zan tug’ilish vaqtidagi jarohatlanish tufayli markaziy yoki periferik asab tizimini, suyak tizimini shikastlanishi, hamda kindik orqali qon aylanishni, nafas olishni qiyinlashuvi, homila boshini tug’ish yo’llariga noto’g’ri (kundalang, dumba bilan) joylashishi, homila hayotiga havf solib, shoshilinch akusherlik yordamini ko’rsatishni taqozo qiladi. Ba’zan bunday havf katta bo’lsa kesereva usulida operatsiya qilib bolani olinadi.
Homila ona qornida embrion va yo’ldosh rivojlanish davrlarida yomon (teratogen) ta’sirotga juda sezuvchan bo’ladi. Hozirgi vaqtda teratogen ta’sirotlar 3 guruhga bo’linadi:
1. Tashqi ekzogen ta’sirotlar: radiatsiya, qator virusli infektsiyalar, formakologik dorilar (tsitostatiklar, steroidlar, salitsilatlar va boshqalar), zaharli moddalar (pestitsid, gerbitsit-lar), buzilib zaharli bo’lgan ovqatlar.

  1. Genetik - nasldai o’tuvchi ta’sirotlar.

  2. Ekzogen va genetik ta’sirotlarni birlashma ta’siroti.


Download 2,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish