Buyrak va sun’iy buyrak apparati (gemodializ)
Dializ membranalari (dializator) organizmda qonni filtrlaydi,
ortiqcha shlaklarni va suvni chiqarib yuboradi. Kattalarning har bir
buyragi 1,5–2mln. nefronlarlardan tashkil topgan. Har bir nefron
ning tepa qismida “koptokchalar” deb nomlanadigan arterial kapil
lar zanjiri mavjud. Qon “koptokchalar“dan oqayotganida aminokis
lotalar, glukoza, mochevina, suv va ayrim ionlarga oʻxshash mayda
zarrachalar kapillarli membrana va nefronlardan oʻtadi. Nefrondan
oʻtayotgan bu eritma aminokislotalar, glyukoza, turli ionlar va 99%
suvdan iborat boʻlib, u organizm uchun oʻz qiymatini yoʻqotmagan.
Organizmdagi ortiqcha moddalar mochevina bilan organizmdan pe
shob orqali chiqarib yuboriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |