1-kurs talabalari uchun darslik
456
Oqsillar, nuklein kislotalar, polisaxaridlar organizmning tuzi
lish birliklari bо‘lib, yuqorimolekular moddalarning barcha xusu
siyatlariga ega bо‘ladi. Shuning uchun ularni о‘rganishda YuMB
larning barcha xossalariga asoslanish zarur. Bu ularning eritma ho
sil qilishda bо‘kishi, eritmalarining qovushqoqligi, tuzlanishi, jele
hosil qilishi, koatservantlar hosil qilishi va boshqalardir.
YuMM eritmalarining qovushqoqligi. Eritmalarning qovushqo-
qligi – bu eritma molekulalarining ichki ishqalanish kuchini baho-
lovchi kattalikdir. Bu kattalik eritma tarkibini tashkil qiluvchi mod
dalar bir biriga nisbatan qaysi darajada erkin harakatlanayotganini
kо‘rsatadi.
Agregativ barqarorlikka ega suyultirilgan dispers sistemalarda
(chin eritmalarda) zarrachalar harakati mutlaqo erkin bо‘ladi, bu
degani ular ma’lum strukturaga ega bо‘lmaydi. Umuman qovush
qoqlikka ega bо‘lmagan sistemalar bо‘lmaydi. Barcha eritmalar
qanchadir darajada bо‘lsa ham qovushqoqlikka egaligini I.Nyuton
о‘rgangan va bunday sistemalar Nyuton sistemalari deyiladi. Ular
ning qovushqoqligi Eynshteyn qonuni bilan tushintiriladi: Dispers
sistemaning (zol, suspenziya) qovushqoqligi dispers faza miqdori
oshishi bilan ortadi. Strukturalashgan kolloid sistemalar Eynshteyn
qonuniga bо‘ysinmaydi. Ularning qovushqoqligi Eynshteyn qon
uniga bо‘ysinmasdan, dispers faza zarrachalari ortishidan ilgarilab
ketadi. YuMM eritmalari ham Nyuton suyuqliklari qatoriga kirmay
di. Qon ham kolloid eritma boʻlganlligi uchun Nyuton suyuqliklari
qatoriga kirmaydi.
Qonning yana bir asosiy kо‘rsatkichlaridan biri – bu uning
suyuqlik (oquvchanlik) darajasidir. Suyuqliklarning oquvchanligi
bilan bog‘liq xossalarini fizikaning reologiya degan sohasi о‘rga
nadi.
Reologiya – (grekcha rheos oqim va logos – о‘rganish) ya’ni
moddalar eritmalarida deformatsiyalanish va qovushqoqlikni, shu
qatorda ularning elastikligi, plastikligini о‘rganishdir.
Tibbiy kimyo / 1
457
Dispers sistemaning tuzilishi va reologik xossalarini о‘rganish
dagi asosiy omillar – bu dispers faza zarrachalari konsentratsiyasi
va zarrachalar ta’sirlashuvi energiyasi.
Qon – Nyuton suyuqligi emas deb ta’kidladik. U shakliy el
ementlarning suyuqlikda ya’ni plazmadagi strukturalashtirilgan
eritmasi. Shakliy elementlarning asosiy qismi eritrotsitlar bо‘lgani
uchun, qon – bu eritrotsitlarning fiziologik eritmadagi suspenzi
yasidir. Eritrotsitlarning asosiy xususiyatlaridan biri – bu ularning
agregatlar hosil qilishga intilishi. Shuning uchun qonning qovush
qoqligi ancha yuqori qiymatlarga ega. Yо‘g‘on tomirlarda qonning
qovushqoqligi oddiy holatda η
qon
= (4.26) ∙ η
suv
; anemiyada η
anem
=
(23) ∙ η
suv
; politsitemiyada η
pol
= (1520) ∙ η
suv
. Plazmada η
pl
=1.2 ∙
η
suv
. Suv uchun η
suv
= 0,01Puaz (1 Puaz = 0,1 Pa ∙ s). Harorat pasay
ishi bilan har qanday suyuqlikning qovushqoqligi oshadi. Qonning
qovushqoqligi harorat 37
o
dan 17
o
gacha pasayganda 10% ga oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: