Tibbiy kimyo 1 qism 22 09 2019. indd


Dispers sistemalar va ularning turlari



Download 13,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet295/331
Sana06.08.2021
Hajmi13,81 Mb.
#139696
1   ...   291   292   293   294   295   296   297   298   ...   331
Bog'liq
tibbiy kimyo. 1-qism. bioanorganik kimyo

19.1. Dispers sistemalar va ularning turlari

Oʻz  tarkibida  muallaq  holatda  mayda  zarrachalar  saqlagan 

sistemalar dispers sistemalar deyiladi. Dispers sistemalar geterogen 

boʻlib, ular ikki fazadan iboratdir. Bu fazalardan biri dispers faza 

deb ataladi va u ma’lum oʻlcham qiymatiga ega boʻlgan zarracha­

lardan tashkil topadi. Dispers faza taqsimlangan muhit esa dispers 



muhit deyiladi.

Har qanday dispers sistemaning xossasi ularning disperslik da­

rajasi bilan belgilanadigan umumsirt yuzalarining qiymatiga bog‘liq 

boʻladi. Dispers faza sirt yuzasi qancha katta boʻlsa, sirt yuzasidagi 

Gibs energiyasi shunchalik yuqori boʻladi. Oqibatda bunday siste­

ma (Gibs energiyasi qiymatini kamaytirish sari intilishi hisobiga) 

termodinamik jihatidan beqaror va reaksion qobiliyati yuqori boʻla­



Tibbiy kimyo / 1  

433


di. Natijada bunday sistemalarda koagulatsiya (dispers zarrachalar 

oʻzaro birikishi) jarayoni mahsuloti boʻlgan makrostrukturalarning 

hosil boʻlishi va boshqa qator jarayonlar bilan amalga oshadi.

Dispers sistemalar quyidagi xususiyatlari boʻyichasinflanadi:

• Dispers faza oʻlcham qiymati boʻyicha;

• Fazalar agregat holatlari boʻyicha;

• Dispers faza va dispers muhit zarrachalari ta’sirlashuvi boʻyi­

cha;

Dispers sistemalar dispers faza oʻlcham qiymatiga koʻra quyi­

dagicha sinflanadi:

• Dagʻal dispers sistemalar – zarrachalar oʻlchami 100 nm va un­

dan yuqori (10

­4

­10


­7

m) (suspenziya, emulsiya, kukun va boshqalar.) 

• Kolloid – dispers sistemalar ­ zarrachalar oʻlchami 1 nm dan 

100 nm gacha (10

­7

­10


­9

m) (oqsil, kraxmal eritmalari). 

•  Molekular  ­  ion  dispers  sistemalar  (elektrolit  va  noelektro­

litlarning chin eritmalari) – zarrachalar oʻlchami 1mkm dan kichik 

(10

­9

mdan kichik) boʻlgan sistemalar. 



Chin eritmalar – gomogen sistemalar boʻlib, mayda zarracha­

lar, ya’ni atom, ion yoki uncha katta boʻlmagan molekulalar suyuq 

erituvchida erishida hosil boʻladi. Erigan modda zarrachalari choʻk­

maydi va filtr yoki yarim oʻtkazgich membranalarda ushlanib qol­

maydi. 

Kolloid eritmalarda  zarrachalar  oʻlchami  сhin  eritmadagi 

zarrachalarga nisbatan taxminan 10–100 barobar yirik boʻladi. Kol­

loid eritmalar zarrachalari filtrdan oʻtadi, lekin yarim oʻtkazuvchan 

membranadan oʻtmaydi va ushlanib qoladi. Kolloid zarrachalarga, 

masalan, oqsil  molekulalari yoki metall zollari va  b.  misol qilish 

mumkin.


Dag‘al dispers sistemalar (suspenziya, emulsiya, aerozollar va 

boshqalar) geterogen sistemalar boʻlib, kolloid va chin eritmalardan 

juda kuchli farq qiladi. Suspenziya zarrachalari shu qadar yirikki, 

oddiy koʻz bilan ham koʻrish mumkin. Ular filtr va yarim oʻtkazuv­

chi membranadan oʻta olmaydi.



1-kurs talabalari uchun darslik

434


Suspenziyalarga tuproqni suv bilan aralashtirilganda hosil boʻl­

gan sistemani misol qilib keltirish mumkin. Suspenziyalar beqaror 

boʻlib, zarrachalar choʻkadi, shaffof suyuqlik suv yuziga chiqadi. 

Suspenziya  holatidagi  dori  moddalarga  kolaminli  losyon,  suyuq 

penitsillinlarni  misol  qilib  keltirish  mumkin.  Ushbu  dorilarning 

yoʻriqnomasiga amal qilgan holda, ularni ishlatishdan oldin “yax­

shilab chayqatish kerak”, shunda zarrachalar suspenziya hosil qila­

di.  Kimyoviy moddalar, masalan, aluminiy sulfat, temir sulfat 

ishlov berilmagan suvga qoʻshilsa, ular yirik suspenziya zarra­

chalarini hosil qiladi. Suv tozalovchi inshootlarda filtrlash tizimi 

suspenziya  zarrachalarini  ushlab  qoladi,  toza  suv  esa  boshqa 

bosqichga oʻtadi.



Dispers sistemalar agregat holatlari boʻyicha ham turlanadi.

Dispers faza va dispers muhit uch xil agregat (gaz, suyuq, qattiq) 

holatda boʻladi. Shu sababli dispers sistema tarkibidagi tarkibiy 

qismlarining  agregat  holati  boʻyicha  sinflanishi  19.1­jadvalda 

keltrilgan.

19.1-jadval


Download 13,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   291   292   293   294   295   296   297   298   ...   331




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish