D) toʻqnаshuvlаrning sоni kаmаyishi hisоbigа.
Tibbiy kimyo / 1
377
17
ELEKTROKIMYO
ASOSLARI
Klinikada davolanayotgan bemorga dorivor moddani organizm
ga teri orqali elekrodlar yordamida yuborishni maslahat berishdi. Bu
muolaja turi davolosh elektroforezi deb nomlanadi. Vrachfiziotera
pevt bu elektrokimyoviy usul mohiyatini о‘zi yaxshi tushinib turib,
bemorga dorini organizmga yuborishning bu usulini havfsizligini
va samarali taraflarini sodda qilib tushintirib berishi zarur bо‘ladi.
Elektroforez usuli bilan dori moddalar organizmga yuborilishida,
ularni dissotsiatsiyalanishi natijasida hosil bо‘ladigan ionlar zaryadi
hisobga olinadi. Anoddan kationlar, masalan, metall ionlari, alkaloid
lar, katoddan esa anionlar (kislota radikallari, tuzlar, ba’zi organik
birikmalar (sulfidin, penitsillin, kokain va b.) ionlari yuboriladi. Elek
trodlar tagidagi salfetkalar tegishli dori modda eritmasi bilan hо‘lla
nadi va organizmga yuborilgan ionlar chuqur singib ketmasdan, terida
va teri osti kletchatkasida elektrodlar yonida tо‘planib qolib,“teri os
tidagi depo” ni hosil qiladi. Dori modda uzoq vaqt davomida diffuzi
yalanib qon oqimiga о‘tib borib, butun organizm bо‘ylab tashiladi.
Davolash elektroforezining о‘zi
ga xosligi shundaki, organizmga
dorilar elektr faol holatda tushib ke
lishi bilan birgalikda о‘zgarmas tok
ta’sirida bо‘ladi. Bu esa kiritilayot
gan dori preparatlar ta’sirining sama
rasini oshiradi.
1-kurs talabalari uchun darslik
378
Elektrokimyo – kimyoning elektr energiyani kimyoviy energi
yaga, kimyoviy energiyani elektr energiyaga aylanishini о‘rganu
vchi sohasi. U kimyoviy jarayonda elektr toki hosil bо‘lishi yoki
elektr toki ta’sirida yuz beradigan kimyoviy jarayonlarni о‘rganadi.
Kimyoviy energiyani elektr energiyaga о‘tishiga galvanik element
ishini misol qilsak, elektr toki ta’sirida kimyoviy jarayon yuz ber
ishiga elektrolizni misol qilamiz.
Elektrokimyo qonuniyatlari zaryadlangan zarrachalarning kim
yoviy xossalariga asoslanadi. О‘tkazgichdagi elektr toki – bu elek
tr maydoni ta’siridagi erkin zaryadlarning tartibli harakatidir. Bu
zaryad larning turiga kо‘ra, о‘tkazuvchanlik elektronli va ionli bо‘li
shi mumkin. Shu munosabat bilan о‘tkazgichilar birinchi va ikkinchi
turga bо‘linadi. Elektr tokini eng yaxshi о‘tkazuvchilar – bu metal
lardir. Ularda elektr toki faqat “erkin” elektronlar hisobiga о‘tadi.
Ular birinchi tur о‘tkazgichlar qatoriga kiradi.
Bulardan tashqari, birinchi tur о‘tkazgichlar qatoriga metall qo
tishmalari, kо‘mir, grafit va boshqalar kiradi. Bu turdagi о‘tkazgichlar
elektr toki ta’sirida qizib, ularda kimyoviy о‘zgarishlar sodir bо‘lmay
di. Moddadan elektr toki о‘tishi natijasida kimyoviy о‘zgarishlar so
dir bо‘lsa, bunday о‘tkazgichlar ikkinchi tur о‘tkazgichlar deyiladi.
Ular qatoriga elektrolitlar – tuzlar, kislotalar, asoslar kabi moddalar
ning eritmalari kiradi. Elektrolitlardan elektr toki zaryadlangan ionlar
hisobiga о‘tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: