1-kurs talabalari uchun darslik
368
• Qiyin eriydigan moddalar hosil boʻlishi bilan boradigan reak
siylar:
AgNO
3
+NaCl=AgCl↔+NaNO
3
• Gazsimon moddalar hosil boʻlishi bilan boradigan reaksiy
lar:
Na
2
CO
3
+2HCl= 2NaCl + CO
2
↑ + H
2
O
• Koʻp miqdorda energiya ajralishi bilan boradigan reaksiylar:
C +O
2
→ CO
2
∆H
• Kuchsiz elektrolit hosil boʻlishi bilan boradigan reaksiylar:
NH
4
Cl + H
2
O ↔ NH
4
OH + HCl
Aksariyat kimyoviy jarayonlar qaytar reaksiyalardir. Reaksi
yaga kirishuvchi moddalarning bir qismi reaksiya mahsulotlariga
aylanib, ayni vaqtda reaksiya mahsulotlari qaytadan dastlabki mod
dalarga aylanib turadigan kimyoviy jarayonlar qaytar reaksiyalar
deyiladi. Qaytar reaksiyalar ikkita oʻzaro qaramaqarshi yoʻnalish
da boradi.
Masalan, berk idishda ekvivalent miqdorda vodorod bilan yod
reaksiyaga kirishadi:
H
2
+ J
2
↔ 2HJ
Vodorod bilan yodning konsentratsiyasi yuqori, vodorod yodid
konsentratsiyasi nolga teng. Ma’lum miqdorda vodorod yodid hosil
boʻla borishi bilan teskari reaksiya boshlanadi, yani vodorod yodid
vodorod bilan yodga ajralala boshlaydi.
2HJ ↔ H
2
+ J
2
Tibbiy kimyo / 1
369
Avval chapdan o‘ngga borayotgan reaksiya tezligi katta boʻla
di, bir ozdan keyin o‘ngdan chapga borayotgan reaksiya tezligi or
tadi. Nihoyat toʻg‘ri va teskari reaksiyalar tezligi tenglashadi.
Bu vaqtda idishda uchala komponentning miqdoriy nisbatlari
ma’lum qiymatga erishadi va ayni sharoitda bu nisbat oʻzgarmasdan
saqlanadi.
Muozanat holatda toʻg‘ri va teskari reaksiyalar toʻxtamaydi,
shuning uchun bunday holat kimyoviy dinamik muvozanat holati
deyiladi.
Berk idishda 500°C harorat va 300 atm bosimda 1 mol N
2
gazi
va 3 mol H
2
gazi aralashtirilsa bu moddalar oʻzaro ta’sirlashib, am
miak hosil boʻla boshlaydi (toʻgʻri reaksiya):
N
2
+ 3H
2
↔ 2NH
3
(I)
υ
toʻgʻ
= K1 ∙ [N
2
] ∙ [H
2
]
3
boʻladi.
1-kurs talabalari uchun darslik
370
Vaqt oʻtishi bilan I reaksiya tezligi kamayib boradi. Chunki,
massalar ta’siri qonuniga koʻra N
2
va H
2
konsentratsiyalari kamayib
borishi bilan υ
toʻgʻ
ning qimati kamaya boshlaydi. II reaksiya tezligi
esa, aksincha, orta boshlaydi. Chunki, vaqt oʻtishi bilan ammialn
ing konsrntratsiyasi ortib boradi va υ
tes
qiymatining ortishiga olib
keladi.
Sistemada shunday holat yuzaga keladiki, bu paytda I va II
reaksiyalarning tezliklari oʻzaro teng boʻlib qoladi:
υ
toʻgʻri
= υ
teskari
Bunda toʻgʻri va teskari reaksialarning tezliklari teng boʻlib
qoladi va ushbu holat sistemaning kimyoviy muvozanat holati
deyiladi.
Kimyoviy muvozonat paytida kimyoviy reaksiyalar toʻxtab
qolmaydi, reaksiya davom etaveradi. Lekin qaramaqarshi reaksi
yalarning tezliklarigina teng boʻlib turaveradi. Shu sababli buni din
amik (harakatchan) muvozanat deyiladi. Kimyoviy muvozanatning
miqdoriy tavsifnomasi sifatida muvozanat doimiysi – K
muv
qabul
qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: