barqaror kompleks birikma hosil boʻlish tomonga yoʻnaladi.
ion bilan reaksiyaga kirishib, uchinchi kompleks ionni hosil qiladi.
1-kurs talabalari uchun darslik
250
temirning kompleks birikmasi, B
12
vitamini – kobaltning kompleks
birikmasi, xlorofill – magniyning kompleks birikmasi, va boshqalar.
Metallofermentlar ham kompleks birikmalardir. Masalan, si
toxrom oksidaza va seruloplazmin – misning, karboksipeptidaza
va karboangidraza fermentlari – ruxning kompleks birikmalari.
Tirik organizmda fermentativ jarayonlarning faollanishi (soʻnishi)
metallarning kompleks hosil qilishi oqibatida amalga oshadi. Ma
salan, magniy organizmda boradigan muhim biokimyoviy jaray
onlarning biri boʻlgan ATF gidrolizini katalizlaydi (kuchaytiradi).
Berilliy magniy saqlovchi fermentlarni, kadmiy esa rux saqlovchi
fermentlarni barqarorroq kompleks hosil boʻlishi va biometallarni
siqib chiqarishi hisobiga ingibirlaydi.
Kompleks hosil boʻlish jarayonlarini dorivor vositalarni qoʻl
lashda ham e‘tiborga olinadi, chunki, dorivor preparatlarning koʻp
chiligi biometallar uchun yaxshi ligand vazifasini oʻtashi mumkin.
Shuningdek, tarkibida metall saqlagani holda organizmdagi bioli
gandlar bilan barqaror koordinatsion birikmalar hosil qilishi mum
kin. Metallarning, xususan, ogʻir metallarning, masalan, simob,
qoʻrgʻoshin, vismut, margimush va boshqalarning ortiqcha miqdor
da organizmga tushishi zaharli ta’sir koʻrsatadi. Bu ularning orga
nizmdagi kislorod, azot, oltingugurt va boshqa elementlar saqlovchi
biomolekulalar bilan kompleks birikmalar hosil qilishi oqibatidir.
Bunday zaharlanishni davolash organizmga yanada barqarorroq, su
vda yaxshi eriydigan kompleks birikmalar hosil qiluvchi ligandlar
kompleksonlar kiritish yoʻli bilan amalgam oshiriladi. Komplek
sonlar toksik elementlar bilan koordinatsion birikmalar xelatlar
hosil qiladi. Ular mustahkam boʻlib, suvda yaxshi eriydi va orga
nizmdan oson chiqib ketadi. Bunday davolash jarayoni xelatotera
piya deyiladi. Bu jarayonda kompleksonlardan unitiol, dimerkaprol,
penitsilamin va boshqa preparatlar (antidotlar) samarali vosita his
oblanadi.
Organizmda bioelementlar taqchilligida odatda, ularni koʻpin
cha odam organizmi uchun zaharli boʻlgan anorganik tuzlari emas,
Tibbiy kimyo / 1
251
balki bioligandlar bilan hosil qilgan koordinatsion birikmalar holida
kiritiladi. Masalan, tarkibida kobalt saqlovchi B
12
vitamini, temir
saqlovchi ferrotseron, gemostimulin va boshqalar shular jumlasi
dandir. Kompleks birikmalar tibbiyotda qator kasalliklarni davo
lashda ishlatiladi.
Masalan, platina birikmalari rakka qarshi preparatlar boʻlib,
havfli shishlarning oʻsishini sekinlashtiradi. Kupir CuCl
2
·2B
6
sil va
gepatit kasalligini davolashda, ferramid – temirning nikotin kislota
amidi bilan kompleksi boʻlib, kamqonlikning hamma turida qoʻl
lanadi, koamid – kobaltning nikotin kislota amidi bilan kompleksi
boʻlib, yopiq suyak sinishlarining bitishiga yaxshi ta’sir koʻrsatadi,
kobavit – kobaltning U vitamini bilan kompleksi gepatit, kamqonlik
kasalliklarini davolashda qoʻllanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: