Tibbiy kimyo 1 qism 22 09 2019. indd



Download 13,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/331
Sana06.08.2021
Hajmi13,81 Mb.
#139696
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   331
Bog'liq
tibbiy kimyo. 1-qism. bioanorganik kimyo

9

BIOSISTEMALARDA  

KISLOTA-ASOS MUVOZANATI. 

BUfER SISTEMALAR

Qorni  ogʻrib,  koʻngli  aynib  turgan  qizaloqning  onasi  xavotirga 

tushib shifokorga murojaat qildi. Shifokor unga surunkali gastrit tashxi­

sini qoʻydi. Surunkali gastrit kasalligi asosan me’da shirasi kislotali­

ligi  oshishi  yoki  kamayishi  bilan  kechadi.  Me’da  shirasi  kuchli  kis­

lotali muhitiga ega boʻlgan rangsiz suyuqlikdir. 

Me’da shirasi tarkibiga suv, oqsillar, fermentlar 

(pepsin),  xlorid  kislota,  nordon  ta’sir  etuvchi 

fosfatlar  va  bir  qator  boshqa  moddalar  kiradi. 

Me’da shirasining kislotali reaksiyasi uning 

tarkibida  xlorid  kislota,  nordon  ta’sir  etuvchi 

fosfatlar borligi natijasida, patologik jarayonlar­

da esa sut kislotasi va uchuvchan yogʻ kislotalar 

borligi natijasida vujudga keladi. Me’da shirasiga nordon ta’sir etuvchi 

moddalar yigʻindisi umumiy kislotalilik deyiladi. Oqsil va uning hazm 

boʻlish  mahsulotlari  bilan  bogʻliq  boʻlgan  xlorid  kislota  bogʻlangan 

xlorid kislota deyiladi, ortib borgan xlorid kislota esa erkin xlorid kis­

lota deyiladi. Turli kasalliklarda ajraladigan me’da shirasining miqdori 

ham, uning tarkibidagi xlorid kislotaning miqdori ham oʻzgarishi mum­

kin.  Me’da  shirasidagi  HCl  konsentratsiyasining  oʻzgarishi  me’da  – 

ichak trakti xastaliklariga sabab boʻladi. Me’da shirasining pH qiymati 

normada pH = 0,9–2 boʻlishi kerak. Kislotaliligining ortishi (pH < 0,9) 

giperxlorgidriya – me’da yalligʻlanishiga olib keladi. Me’da shirasi kis­

lotaliligining kamayishi (pH > 2) gipoxlorgidriyaga olib keladi. Me’da 




1-kurs talabalari uchun darslik

206


shirasining kislotaliligini doimiy saqlab turishda organizmdagi bufer 

sistemalar qatnashadi. Me’da shirasining kislotaliligi oshishi, asosan, 

yoshlarda uchrab, unga ovqatlangandan keyin toʻxtamaydigan ogʻriq, 

jigʻildon qaynashi, qusish kabi belgilar xos. Me’da shirasi kislotalili­

gi kamayishi koʻpincha yoshi kattalarda uchraydi. Bunda bemorning 

koʻngli  ayniydi,  ishtahasi  yoʻqoladi  va  ichi  ketadi.  Surunkali  gastrit 

kasalligiga  chalingan  bemorlar  parhezga  rioya  qilishlari  kerak.  Juda 

achchiq va issiq, qiyin hazm boʻladigan taomlar, qahva, chekishdan ti­

yilishi va ruhiy istiroblarga yoʻl qoʻymasligi lozim. Gastritga chalingan 

bemorlar gazli va spirtli ichimliklar ichishlari mumkin emas. Aks hol­

da, oshqozon shirasi qizil oʻngachga tushib, to‘shostida achishish kabi 

holatni va tilda noxush ta’mni paydo qiladi. Oshqozon kislotaliligi pa­

saysa, ichakning yuqori va quyi qismlari motorikasi susayib, qabziyat 

kelib chiqadi. Bunday holatda ogʻizdan yoqimsiz hid kelishi mumkin. 

Gastritning asoratlaridan biri – oshqozon yarasi. Bundan tashqari, oʻz 

vaqtida davolanmagan gastrit oshqozon saratoniga ham sabab boʻlishi 

mumkin.


Download 13,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   331




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish