1-kurs talabalari uchun darslik
196
ichida eng muhim omillardan boʻlib, uning turli qismlarida suv taq
simotini belgilaydi, uning qiymati doimiydir.
Odam qonida va boshqa biologik suyuqliklarda osmotik bosim
doimiyligi ta‘minlanib turadi. Tana harorati 37°C boʻlganda qonning
osmotik bosim qiymati 740–780 kPa oraligʻida boʻladi. Bosimning
bunday qiymati turli moddalarning qondagi miqdoriga bogʻliqdir.
Biologik suyuqliklar osmotik bosimining qiymatini oʻzgarmasligi
uchun odam va hayvon organizmiga faqat izotonik eritmalarni katta
hajmda quyish mumkin. Gipertonik eritmalar tomir tortishishi va
shamollash jarayonida in’yeksiya holida ishlatiladi, gipotonik erit
malar esa ishlatilmaydi. 0.86% li NaCl eritmasining osmotik bosimi
qonning osmotik bosimiga teng, ya’ni bu eritma izotonik eritma hi
soblanadi. Glukozaning 4,5–5% li eritmasi ham izotonik eritmadir.
Bu eritmalarni odam organizmiga koʻplab (litrlab) quyish mumkin.
Odam organizmidagi osmotik bosimni doimiy saqlanib turishi
izoosmiya deyiladi. Izoosmiyaning buzilishi organizm uchun xav
flidir. Gipertonik eritmalarning organizmga kiritilishi hujayralarn
ing siqilishiga olib keladi, bu yalligʻlangan hujayralar uchun foyda
lidir. Shuning uchun yalligʻlanishga qarshi dorivor preparat sifatida
tomirga glukozaning 40% li eritmasi yuboriladi. Gipertonik eritma
ni organizmga haddan tashqari koʻp yuborilishi plazmoliz hodisasi
ga olib keladi, bunda hujayra siqiladi va halok boʻlishigacha borishi
mumkin (ekzoosmos hodisasi). Oʻz navbatida gipotonik eritmalar
yuborilsa, hujayra boʻrtishi va qobigʻining yorilishiga olib keladi va
gemoliz yuz beradi (endoosmos hodisasi).
Tibbiy kimyo / 1
197
Sitoliz – hayvon va oʻsimlik toʻqimalarining turli tashqi omillar
ta’sirida, koʻpincha hujayraning yarim oʻtkazgich membranasining
2 tomonida osmotik bosimning oʻzgarishi natijasida kelib chiqadi
gan holat.
Gemolizning xavfli oqibatlari yuqoridagi hodisalardan tashqari
hujayra qobigʻining (membrana) oʻtkazuvchanligining susayishiga
ham bogʻliq, bu masalan,organizmga strofantin, novurit, geparinlar
kiritilishi natijasida yuz beradi.
Me’yoridan ortiq shoʻr yoki shirin oziqovqatlar iste’mol qilin
ganda, organizm chanqoqni his etadi, ya’ni hujayralararo suyuq
liklarda osmotik bosim oshayotgani haqida xabar qiladi.
Kimyo va salomatlik
Jarrohlikda yaligʻlanish jarayon
larini davolashda fizik antiseptika
asosiy oʻrin egallaydi. Jarohatlarning
kechish bosqichlariga qarab ochiq
davolash, ya’ni qurituvchi steril tam
ponlar, jarohat suyuqligini tez shimib
oladigan gipertonik eritma shimdiril
gan bogʻlamlar, tamponlar fizik an
tiseptikaning tarkibiy qismlari hisoblanadi. Jarohatdagi yiringlarni
oqizib chiqarish uchun gipertonik eritma shimdirilgan doka (tam
ponlar)dan foydalaniladi. Ular mikro
blarning yashash davomida hosil boʻl
gan zaharli moddalarni, parchalangan
toʻqimalarni (yiringlarni) tashqariga
bogʻlamaga chiqarishga, ya’ni jarohat
ni yiringdan tozalashga yordam bera
di. Osmos hodisasi hisobiga parcha
1-kurs talabalari uchun darslik
198
langan toʻqimalar (yiring) gipertonik eritma shimdirilgan dokaga
(tamponga) ya’ni osmotik bosimi kichik boʻlgan biologik suyuq
likdan gipertonik eritmaga oʻtadi va yara tozalanadi. Shuningdek,
nekrozga uchragan toʻqimalarning tez koʻchishi uchun osmotik
aktiv preparatlar qoʻllaniladi. Bu maqsadda gipertonik eritmalar,
polietilenglikol asosidagi moylar ishlatiladi. Ular jarohatni yiringli
jarayondan tez tozalaydi.
Organizmdagi biosuyuqliklarning osmotik bosim qiymati ular
da erigan quyi molekular va kolloid holatdagi yuqori molekular
moddalar (asosan oqsillar) hisobiga kelib chiqadi. Qon va toʻqima
lar orasidagi suv almashinuvi zardob tarkibidagi oqsil molekulalari
ning miqdori bilan belgilanadigan onkotik bosim (kolloid osmotik
bosim) hisobiga sodir boʻladi va u umumiy bosim qiymatining tax
minan 0,5% ini tashkil qiladi.
Odam qontomir sistemasining onkotik bosimi qiymati taxmi
nan 4 kPa, toʻ qima va limfa suyuqliklariniki esa 1,33 kPa ni tashkil
etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: