Ayni shu faylasuf ilk bor fikr, dunyoqarash, mulohazalar rang-barangligining tabiiyligi va inkor etib bo‘lmas haqiqiy ekanligini tushuntirgan va asoslab bergan. “Inson barcha narsalarning o‘lchovidir”, degan fikrga tayanib, Protagor: “Har bir narsa haqida ikki, bir-biriga zid fikrni aytish mumkin”,- degan xulosani chiqaradi va aslini olganda barcha narsalarning nisbiyligi haqidagi ta’limotga asos solgan. Bahs san’ati masalalarini Aristotel, Platon va boshqa antik davr mutafakkirlari ham o‘z asarlarida tilga olib o‘tishgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |