Hissiyotlar va tuyg‘ular sezgi, idrok, tasavvur, inson bilishi va faoliyati tashqarida mavjud bo‘lmaydilar. Hissiyotlar va sezgilar ob’ekt va sub’ektning juda murakkab bo‘lgan o‘zaro munosabatlarida yuzaga kelib, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan jismlarning xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladilar. Hissiyotlar va sezgilarning o‘ziga xosligi insonning ehtiyojlari, motivlari, intilishlari, tilaklari, iroda, xarakter xususiyatlari bilan belgilanadi. Hissiyotlar va sezgilar tabiatini tushunish ularni inson hayotiy faoliyatida ko‘rib chiqishni taqazo etadi. Emotsional holatlar paydo bo‘lishining asosini insonning ehtiyojlari va motivlari tashkil etadi. Ularni qondirish maqsadni ko‘zlash, hayotiy masalarni hal etishni taqazo etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |