“Terratest 5000 Blu” Light Weight Deflectometer qurilmasi texnik
ko‘rsarkichlari va undan foydalanish haqida ma’lumot.
Terratest 5000 BLU qurilmasi avtomobil’ yo‘llari qurulishida asos va yo‘l
poyi gruntining yuk ko‘tara olish qobiliyatini, zichlanganlik darajasini aniqlash
uchun foydalaniladi. Bu kurilmaga zamonaviy mikroelektronikaning yutuqlari
hamda sinov o‘tkaziladigan joyni avtomatik sinxron tarzda belgilab oluvchi GPS
tizimi va Google-Maps interfeysi o‘rnatilgan. Shu bilan birgalikda qurilma
Terratest 2.0 programmasi bilan ta’minlangan [26].
1.9-рasm. Terratest 5000 Blu qurilmasining tashqi ko’rinishi.
Magistrlik_Dissertatsiyasi_Soataliyev R.R.
26
1.10-rasm. Yuklanuvchi disk va yuklantiruvchi qurilmaning umumiy ko‘rinishi.
Magistrlik_Dissertatsiyasi_Soataliyev R.R.
27
1.11-rasm Sinov kompyuterining umumiy ko‘rinishi
Engil turdagi deflektometr orqali dinamik yuklanuvchi plita sinovi bu-
gruntga yuklantiruvchi qurilma bilan ta’sir qilish uslubidir. Bu tasir kuchi,
diametri 30 sm ga teng yuklanuvchi plita ustiga yukni tushishi natijasida, 7.070
KNga teng maksimum (F
max
) kuchni hosil qiladi. Kuchning bu qiymatini
kalibrlash mobaynida, sinash ishlari bajarilayotgandagi, yuklanuvchi plita
ostidagi 0.1 MN/m
2
qqiymatga teng normal zo‘riqish
ga moslangan [27].
Ushbu ta’sir kuchi ostida gruntning deformastiyalanishi quyidagi ifoda orqali
aniqlanadi:
(1.6)
Magistrlik_Dissertatsiyasi_Soataliyev R.R.
28
Bu erda: S
max
-
qiymatlar o‘rta arifmetigi;
r- yuklanuvchi plita radiusi 15 sm
Sinov natijalarini qayta ishlash va baxolashni qulayligi va sifatini oshirish
maqsadida Terretest Gmbx kompaniyasi har bir asbobini dasturiy ta’minot
bilan ta’minlagan. Bu dastur MS Windows XP, MS Windows 2000,MS
Windows Vista, MS Windows 7 MS i Windows 8 operastion sistemadagi
kompyuterlarda foydalanish mumkin. Shu bilan birga dastur Google-Maps-
interfeysiga ega [28].
Zichlanganlikni aniqlash uchun “Chuqurcha” usulida bir marta sinov
o‘tkazish uchun ketadigan vaqt o‘rtacha 20 daqiqani tashkil etadi va sinov
jarayonida qatlamda diametri 25 sm bo‘lgan o‘yiqcha hosil qilinishi sinovlar
sonini oshirishga imkon bermaydi.
“DorNII” urgichi yordamida zichlanganlikni aniqlash usluli asosan bir
jinsli gruntlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, bu usulda bir marta sinov o‘tkazish
uchun o‘rtacha 10 daqiqani tashkil etadi. Ushbu uslulning aniqligi yuqori emas
va sinov natijasini olish uchun qo‘shimcha hissoblash ishlarini bajarish lozim.
“Terratest 5000 Blu Light Weight Deflectometer” mustahkamlikka
asoslangan bo‘lib qatlamda yuk ta’sirida hosil bo‘lgan egilish qiymatlari asosida
qatlam mustahkamligini yuqori aniqlikda baholaydi [10]. Dala sharoitida bir
sinov nuqtasida test o‘tkazish uchun 2 daqiqa vaqt sarflanadi. Qurilish
jarayonida sifatni bunday qisqa vaqt ichida tezkor baholash quruvchi
muhandislarga yotqizilgan qatlam sifati bo‘yicha tez qaror qabul qilish
imkoniyatini beradi. “Terratest 5000 Blu Light Weight Deflectometer”ni
qo‘llash orqali sinov natijalariga tez erishish, sinovlar sonini oshirish va bu bilan
umumiy sifatni yaxshilashga erishiladi.
Magistrlik_Dissertatsiyasi_Soataliyev R.R.
29
1.12 - rasm. Sinov natijalarining Google-Maps xaritasida ko‘rinishi.
Yuqorida ko‘rsatilgan 1.12 - rasmdagi xaritada har bir sinov nuqtasida
aniqlangan natija va sinov o‘tkazilgan vaqt ko‘rsatilgan [29].
“Terratest 5000 Blu Light Weight Deflectometer” qurilmasi yordamida
yo‘l poyining zichlanganlik darajasini aniqlash va qurilish sifatiga baho berish
uslubidan foydalanish yuqorida keltirilgan “Chuqurcha” va “DorNII” urgichi
usullarida nisbatan tezkorligi va aniqligi yuqori ekanligi tufayli ushbu uslubdan
foydalanishning samaradorligi yuqoridir. Shu sabab “Terratest 5000 Blu Light
Weight Deflectometer” qurilmasidan avtomobil yo‘llarining yo‘l poyini
qurishda sifatni baholashda foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Hozirgi kunda dunyoning rivojlangan davlatlari shu jumladan Germaniya,
Angliya va AQSH da yo‘l poyi gruntining zichlanganlik darajasini aniqlash va
baholashda zichlikka asoslangan uslublar o‘rniga elastiklik moduliga
asoslangan uslublardan foydalanish keng qiziqish uyg’otmoqda. Ushbu yangi
usluba zamonaviy (LWD-Light weight deflectometer) yengil vazli yuk
yordamida qatlamda hosil bo‘lgan egilishni aniqlab, qatlamning elastiklik
modulini o‘lchovchi qurilmalardan foydalanib yo‘l poyi sifatiga baho berish
ko‘zda tutiladi.
Magistrlik_Dissertatsiyasi_Soataliyev R.R.
30
Do'stlaringiz bilan baham: |