ЗАМОНАВИЙ УЗЛУКСИЗ ТАЪЛИМ СИФАТИНИ ОШИРИШ: ИННОВАЦИЯ ВА ИСТИҚБОЛЛАР
522
ХАЛҚАРО МИҚЁСИДАГИ ИЛМИЙ-АМАЛИЙ КОНФЕРЕНЦИЯ МАТЕРИАЛЛАРИ
DIDAKTIK О‘YINLAR VOSITASIDA BOSHLANG‘ICH SINF
О‘QUVCHILARINING IJODIY QOBILIYATLARINI SHAKLLANTIRISH
Kambaraliyeva Z.R. – 31-maktabning 1-toifali boshlang‘ich sinf o‘qituvchsi
Namangan shahar, Uzbekiston.
“Hammamizga juda yaxshi ma’lumki, boshlang‘ich sinflardagi barcha fanlar bola
qalbining oppoq daftari” ga ya’ni bosh miya yarim sharlar pо‘stlog‘iga uchmas iz bо‘lib
yozilib qoladi” ( О‘tkir Hoshimov. ).
«Abdulla Avloniy» Agar pedagogika insonni har tomonlama tarbiyalashni hohlar ekan,
unda insonni har tomonlama о‘rganishi zarur» - deb bejiz aytmagan. Darslarimiz jarayonida
didaktik о‘yinlardan foydalanib darslar о‘tish. «Farzandlarimizning bilimli, zukko, talabchan va
aqlli bо‘lib, erkin fikrlovchi shaxs bо‘lib kamol topishiga yordam beradi».
Boshlang‘ich sinf о‘quvchilarining ijodiy qobiliyatlarini shakllantirishda о‘yinga
asoslangan zamonaviy didaktik о‘yinlarni qо‘llash talim samarasini oshiradi. О‘yindagi
asoslangan texnologiyalarning talimdagi о‘rni, avvalo о‘yin elementlarining funksiyalarini
о‘qituvchi о‘quvchilarga oldindan tushuntirib borishlari kerak. О‘quvchilarining yosh va
psixologik xususiyatlari har bir sinfda bir-biridan keskin farq qiladi. Olti-etti yoshli о‘quvchilarning
diqqati turg‘un bо‘lmasligi bois о‘yinga kо‘proq moyillik bildirishadi. Shu sababli dars davomida
о‘yinlardan kо‘proq foydalanishga tо‘g‘ri keladi.
Keyingi sinflarda о‘quvchilar maktab sharoitiga ancha moslashadi, bilim olishga qiziqishlari
oshadi. Endi ularni ancha jiddiy ishlarga tayyorlay borish mumkin. Ammo bu holat didaktik
о‘yinlardan foydalanishni kamaytirish lozim, degani emas. Agar 1-sinfda о‘quvchilarni о‘yin
kо‘proq qiziqtirsa, keyingi sinflarda о‘yinning mazmuni, natijasini anglashga ehtiyoj tug‘iladi. Ular
о‘z imkoniyatlari va qobiliyatlarini kо‘rsatish imkoni bо‘lgan о‘yinlarda ishtirok etishga intila
boshlaydilar.
Didaktik о‘yinlar quyidagi 2 bosqichda amalga oshiriladi:
1-bosqich: Bu bosqichda о‘qituvchi о‘quvchilarni darsgacha bо‘lgan vaqtda tayyorlaydi.
Tayyorgarlik shundan iboratki, о‘quvchilar darsga kerakli о‘quv qurollarini oldindan tayyorlaydilar,
mavzuga oid materiallar bilan mustaqil tanishadilar, darslik va boshqa nazariy materiallarni kо‘zdan
kechiradilar.
2-bosqich: Bu bosqichda о‘quvchilarga о‘yin mohiyati tushuntiriladi, rollar bо‘lib beriladi,
manbalar bilan tanishtiriladi va о‘yin amalga oshiriladi.
Didaktik о‘yinlarni о‘tkazishda о‘qituvchining о‘rni juda muhim. О‘qituvchi о‘yin va uning
qonun-qoidalarini о‘quvchilarga etkazadi va о‘yinda bevosita ishtirok etib ular bilan hamkorlikda
faoliyat yuritadi, turli talablarni bajarishda namuna bо‘lib xizmat qiladi, qо‘shimcha ma’lumotlar
berib boradi.
О‘qituvchi faoliyatining muhim bosqichi- bu didaktik jarayon yoki о‘quv-bilish tuzilmasini
loyihalash xisoblanadi. Didaktik jarayonining mohiyati-darsning nechog‘li samarali tashkil
qilinganligi bilan belgilanadi.О‘qituvchi tomonidan didaktik jarayonni boshlashda motivatsiyaning
vujudga keltirilishiga alohida e’tibor qaratishi lozim. О‘qituvchining har bir dars maqsadi va
mazmuniga mos keladigan motivatsiya meyorini ishlab chiqishi muhim ahamiyat kasb etadi.
О‘quvchilarni darsga qiziqtirishda didaktik о‘yinlarning ahamiyati beqiyosdir. Har bir didaktik
о‘yinning о‘ziga xos maqsadi bо‘ladi. Namuna sifatida
«О‘qib kо‘rchi». О‘qituvchi о‘quvchilarga yozma va bosma harflar bilan katta-katta qilib
yozilgan sо‘zlarni kо‘rsatadi. О‘quvchilar о‘qiydilar. Tez va tо‘g‘ri о‘qigan о‘quvchilar
rag‘batlantiriladi. Shu xildagi о‘yinlar vositasida о‘quvchilarning о‘qish texnikasi shakllantiriladi.
Bu о‘yinni «Alifbe» davrida ham qо‘llash mumkin. Uni undosh tovushlar hali о‘rganilmagan
davrda faqat tovushlar, keyinroq esa bо‘g‘inlar, sо‘zlar, gaplar vositasida о‘tkazish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |