ЗАМОНАВИЙ УЗЛУКСИЗ ТАЪЛИМ СИФАТИНИ ОШИРИШ: ИННОВАЦИЯ ВА ИСТИҚБОЛЛАР 479 ХАЛҚАРО МИҚЁСИДАГИ ИЛМИЙ-АМАЛИЙ КОНФЕРЕНЦИЯ МАТЕРИАЛЛАРИ Maktab fan o’qituvchilarining zamonaviy texnologiyalardan unumli foydalanishlari ta’lim
sifatini oshirishda quyidagicha afzalliklarga ega:
-
Individual o’qitish;
-
O’quvchilarning faolligi o’sishi;
-
O’quvchilar mustaqil ishlashining rivojlanishi;
-
Sinfda bajariladigan topshiriqlar sonining ortishi;
-
Dars ma’lumotlarining elektron ko’rinishi bilan ishlash qulayligi;
-
Axborotning multimediali namoyishi;
-
Ma’lumotni ham ko’rish, ham eshitish orqali xotirada uzoq vaqt saqlanib turishi;
-
Internet bilan ishlash ko’nikmasi rivojlanishi;
O’quv jarayonini AKT vositalaridan foydalangan holda tashkil etishda fan o’qituvchilaridan
bir qancha amaliy ko’nikmalar talab etiladi. Ular:
Kompyuter va uning qurilmalaridan foydalanish ko’nikmasi;
Dasturiy ta’minot bilan ishlash ko’nikmasi;
Didaktik materiallarni zamonaviy axborot texnologiya vositalari orqali yaratish va
o’qitishda ular ishtirokini ta’minlash ko’nikmasi;
Internet tarmog’ida ma’lumotlar bilan ishlash;
Yuqorida keltirilgan ko‘nikmalar AKT savodxonligiga erishish uchun zarur bo‘lgan minimal
ko‘nikmalar hisoblanadi. Bugungi kun o‘qituvchisi uchun axborot texnologiyalari uning kasb
faoliyatidagi vazifalarnigina (dars rejasini tuzish, taqdimotlar yaratish, Internet tarmog‘idan o‘z
faniga oid materiallarni to‘plash) bajarish uchun emas, balki o‘qitadigan fani yuzasidan didaktik
materiallar yaratish, o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini tashkil etishda AKT vositalaridan
foydalanish (kompyuter tarmog‘i orqali turli vazifalar berish, Internet resurslarini yaratish va ularda
ta’lim materiallarini joylashtirish) uchun ham xizmat qilishi kerak.
AKT sohasiga oid savodxonlikni tashkil etuvchilarni alohida tavsiflab chiqsak.
I. Kompyuter haqida tushunchaga ega bo‘lish va uning ishlash prinsiplarini bilish:
-
Kompyuter va uning vazifalari
-
Kompyuter texnik tuzilmasi qanday?
-
Kompyuter qanday ishga tushiriladi va ishi to‘xtatiladi.
II. Dasturiy ta’minot haqida bilimlarga ega bo‘lish:
-
Windows operatsion sistemasida amaliy ishlash (fayl va kataloglarni tashkil etish, ular
ustida turli amallarni bajarish);
-
Amaliy va o‘rgatuvchi dasturlarni o‘rnatish va kompyuter xotirasidan o‘chirish;
-
Dasturlar vazifalari va amalda qo’llash.
III. Didaktik materiallar va ishchi hujjatlarni tayyorlashda matn muharrirlari, elektron
jadvallar va boshqa amaliy dasturlar paketidan foydalana olish:
-
Matnli hujjatlarni yaratish, ularni formatlash, jadval, rasm va diagrammalar bilan ishlash,
bosmaga chiqarish va ularni uzatish;
-
Elektron jadval muxarrirlarida jadvallarni tashkil etish, formulalar bilan ishlash, grafika va
diagrammalar yasash;
-
Grafik muharrirlarda rasmlarni tahrirlash.
-
Taqdimot yaratuvchi dasturlar yordamida pedagogik taqdimotlarni yaratish;
-
Multimedia dasturlaridan foydalanib multimediali ilovalarni yaratish;
IV. Internet tarmog‘i imkoniyatlaridan foydalanishni bilish:
-
Internet tarmog‘ida ta’lim jarayoniga oid o’quv materiallari ma’lumotlarini izlash, ularni
yuklab olish va kompyuterga saqlash;
-
Elektron pochta xizmatidan foydalanish;
-
Tarmoq orqali veb-forumlarda va vebinarlarda (Internet tarmog‘i orqali o‘tkaziladigan
seminarlarda) ishtirok etish;
-
Interaktiv davlat xizmatlaridan foydalanish;