Tayanch soʻzlar:
dasturiy yechim toʻgʻriligini avtomatik testlovchi tizim, elektron ta’lim,
onlayn ta’lim, masofaviy ta’lim, foydalanuvchi interfeysi, Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi,
testlar toʻplami, Yechimni tekshirish bloki.
ЗАМОНАВИЙ УЗЛУКСИЗ ТАЪЛИМ СИФАТИНИ ОШИРИШ: ИННОВАЦИЯ ВА ИСТИҚБОЛЛАР
36
ХАЛҚАРО МИҚЁСИДАГИ ИЛМИЙ-АМАЛИЙ КОНФЕРЕНЦИЯ МАТЕРИАЛЛАРИ
Аннотация.
В этой статье описывается, что студенты узнают в результате изучения
основ программирования. Кроме того, упоминаются концепция дистанционного обучения и
достижения в организации практических занятий по программным дисциплинам,
преподаваемым в высших учебных заведениях с использованием онлайн-системы.
Ключевые слова:
Тестирующей системы правильности программных решений,
электронное обучение, онлайн-обучение, дистанционное обучение, пользовательский
интерфейс, система управления базой данных, набор тестов, блок проверки решения.
Annatation:
This article describes what students will learn by learning the basics of
programming. In addition, the concept of distance learning and achievements in organizing practical
classes in the program disciplines taught in higher education institutions using the online system are
mentioned.
Keywords:
Testing system for the correctness of software solutions, e-learning, online
training, distance learning, user interface, database management system, test suite, solution
verification unit.
Kompyuterlashtirishning rivojlanishi va axborot kommunikatsion texnologiyalarining
qoʻllanilishi Oʻzbekiston uchun ustuvor yoʻnalishdir. Bugungi kunda axborotlashtirishning milliy
tizimini shakllantirish, jamiyat iqtisodiyoti va hayotining barcha sohalarida zamonaviy axborot
texnologiyalarini ommaviy ravishda qoʻllash, jahon axborot jamiyatiga kirish va jahon axborot
resurslaridan foydalanish uchun shart-sharoitlarini yaratish zaruratga aylandi. Davlat rivojlanishida
axborot kommunikatsion texnologiyalari hamda masofaviy ta’limning ahamiyatini anglagan holda
Respublika hukumati jamiyatning barcha sohalarida axborot texnologiyalarini keng qoʻllash va
axborot jamiyatiga qarab rivojlanishni aktivlashtirish boʻyicha tegishli qarorlar qabul qilinmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020-yilgi Oliy Majlisning Senati
va Qonunchilik palatasiga Murojaatnomasida quyidagi fikrlarni bildirdi: “Toshkentda IT-park
tashkil qildik. U bir yildayoq oʻz samarasini koʻrsata boshladi. IT-parklar Nukus, Buxoro,
Namangan, Samarqand, Guliston va Urganch shaharlarida ham tashkil etiladi. Bilimli
yoshlarimizga sharoit yaratib bermasak, ular xorijga chiqib ketadi. Biz «Bir million dasturchi»
loyihasini amalga oshirishni boshladik. Bu katta marra. Lekin biz hamkorlar bilan kelishib oldik,
dastur ham, pul ham bor. Shuni amalga oshirsak, yaqin 3-4 yil ichida juda koʻp narsa oʻzgaradi.
Tasavvur qiling, bir million dasturchi barcha sohaga kirib boradi va raqamli iqtisodiyotning
rivojlanishiga katta hissa qoʻshadi. Bu katta drayver boʻladi mamlakat rivojlanishiga. Biz hech
qachon bunday katta marra olmaganmiz” [1].
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va informatikaga oid
ta’lim yoʻnalishlari mavjud Oliy ta’lim muassasalarida “Dasturlash asoslari” fani mutaxassislik
fanlari sifatida oʻqitilib kelinmoqda. Ushbu fanni barcha universitetda turli pedagogik
texnologiyalar orqali bilim beriladi va talabalarning bilimi baholanadi.
Dasturlash asoslari fanini oʻqishdan maqsad axborotni yigʻish, saqlash va qayta ishlash,
uzatishning asosiy tamoyillarini dasturlash tili orqali oʻrganish. Shuningdek, zamonaviy axborot
tizimlarini yaratish va ularni yaratish usul va texnologiyalarini oʻrganish. Turli texnik bilimlarga oid
masalalarni shaxsiy dasturlash tillari yordamida hal etish va ularning usullarini oʻrganishdan iborat
[2].
Talabalar dasturlash asoslari fanini oʻqish natijasida quyidagi bilimlarga ega boʻlishlari talab
qilinadi [2].
-
Dasturlash tilining tuzilmasi;
-
Tarmoqlanish operatorlari;
-
Takrorlanish operatorlari;
-
Bir oʻlchovli massivlar;
-
Koʻp oʻlchovli massivlar;
-
Satrlar va ular ustida amallar;
Do'stlaringiz bilan baham: |